8-modul. Bolalarda vaqt tasavvurlarni shakllantirish. 8-mavzu:Vaqt haqida tushuncha. Vaqt va uning o'ziga xos xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan vaqtni idrok qilish. Bolalarni vaqt haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish. Bolalarni o'z vaqtida yo'naltirishga o'rgatish vazifalari. Katta maktab yoshidagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish. Kalendar, soat bilan tanishish. Bolalarda vaqt tasavvurlarni rivojlantirishga qartilgan ta`limiy o'yinlarni tashkil etish.
9-modul. Olti yoshli bolalar bilan matematikaga oid ishlarning mazmuni va metodikasi 9-mavzu:Arifmetik misollarni echish boshlang'ich maktabda matematika fanini o'rganishga tayyorlash Arifmetik masalalarni echishga o'rgatishning ketma-ket bosqichlari va metodik usullar. Arifmetik misollar va masalalarni echishga qartilgan mantiqiy o'yinlarni tanlash va tashkil etish. Mental arifmetika vositasida 6-7 yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish. Abakus, uning moslamasi va unda ishlash qoidalari bilan tanishtirish. Mayda qo'l motorikasi va o'zaro miyaning o'ng va chap yarim sharlarining aloqalarni rivojlantirish. Xotirani, diqqatni, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
10-modul. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari. 10-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy va matematik rivojlantirish va o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlatirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishida ta'limiy va rivojlantiruvchi kompyuter dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari. Kompyuter o'yinlarini tashkil etish metodikasi.
Modellashtirish-modellarni yaratish va ular yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish, namish, mustaqil topshiriqlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berish, tushuntirishlar, savollar, tahlil qilish va umumlashtirish, o'z-o'zini baholash.
STEAM - texnologiyasini qo'llash. Koreya, Germaniya, Belgiya, Amerika davlati misolida. F. Frebelning didaktik tizimi. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda Lego-qurililarning matematik rivojlanishidagi robototexnika.