Yozuv: • maxsus rasmiy va norasmiy noma /xatlar;
• shaklan va mazmunan to’g’ri tashkillashtirilgan insho va ma’ruzalar;
• yetarli darajada grammatik, mazmun jihatidan to’g’ri tuzilgan va mos uslubdagi ilmiy maqolalar;
• takliflar , xulosalar, annotatsiyalar va tezislar;
TN6
Til kompetentsiyasi: Leksik:
• A2 – B1 darajasidagi leksikani egallash;
• so’z yasalishi (qo’shma so’zlar va affiksatsiya), o’zlashma (baynalmilal) va o’zakdosh so’zlar;
• antonimlar, sinonimlar va boshqa umumleksik munosabatlarni qo’llay olish.
TN7
Grammatik:
• o’tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, predloglar va hokazo) ni kundalik, ilmiy va sohaviy kontekstlarda to’g’ri qo’llay olish.
TN8
Sotsiolingvistik kompetentsiya
• O’zbekiston va tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlari misolida (ijtimoiy va ta’lim doiralarida) madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish va uning muloqot bilan bog’liq xususiyatlari, jumladan, salomlashish, murojaat shakllari, xushmuomalalik va hokazo;
• turli madaniyatlardagi kommunikatsiyaning noverbal elementlari;
• xatti harakatlar, imo-ishoralar ustida ishlashni davom ettirish;
• elektron muloqotlarning chet tilida yozish hususiyatlarini bilish va amaliyotda qo’llay olish;
TN9
• Tanish yoki o‘zini qiziqtirgan mavzularda soddaroq gaplar vositasida yuzma-yuz muloqotga erkin kirisha olishi, muloqotni samarali davom ettira oladi va tugallay oladi
TN10
• O‘rganilayotgan chet tilida to‘g‘ri va aniq talaffuzda gapira oladi
TN11
• Tanish mavzulardagi, jumladan kasbga oid mavzulardagi aniq va ravon tuzilgan ma’ruza yoki nutqni tushuna olishi va unga doir savollarga javob bera oladi