Jild: 02 Nashr:07 2023 yil
9
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
Zamonaviy Tibbiyotda Sterilizatsiyaning Oʻrni
Roziqova Y. T.
TVKTBTM, MSB boʻlimi
hodimi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot juda ham kuchayib har qanday kassalliklarga chora
topilayotgan bir vaqtda koʻrinmas infeksiya va viruslarni yoʻq qilishning anʻanaviy va doimo unumli
usulidan boʻlgan sterilizatsiya turlari haqida maʻluotlar berilgan.
Kalit so’zlar
:
sterilizatsiya, tibbiyot, avtiklav,
kimyoviy, dezinfeksiya, temperatura.
Barchamizga maʻlumki kundan kunga rivojlanib borayotgan dunyoda nafaqat gadjetlar balki ularni
boshqaruvchilar ham oʻz oʻrnida
rivojlanmoqda, bu esa ularga tegishli boʻlgan manbaalarning
zararlashiga olib keladi. Bilasizmi hali hamon sayyoramizdan tark etmagan koronavirus balosi va
koʻplab infeksiyalarga boyib bormoqda. Zamonaviy tibbiyot juda
ham kuchayib har qanday
kassalliklarga chora topilayotgan bir vaqtda koʻrinmas infeksiya va viruslarni yoʻq qilishning
anʻanaviy va doimo unumli usulidan boʻlgan sterilizatsiya har bir tibbiyot muassasasining poydevori
hisoblanadi. Sterilizatsiya jarayoni turli hil boʻlib, zararlangan narsalarning turiga qarab turlicha
boʻladi. Sterilizatsiya qanday boʻlishida qatiiy nazar uning maqsadi
inson organizmi uchun zarar
beruvchi mikroorganizmlarni yoʻq qilishdir. Sterilizatsiya turli moddalar, xirurgiya asboblari, bogʻlov
materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni mikroorganizmlardan va viruslardan butunlay
tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usullaridan. Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar
yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan sterilizatsiya qilish kiradi.
Kimyoviy sterilizatsiya sovuq sterilizatsiya deb ham yuritiladi, bunda sunʻiy materiallar yoki issiqlikka
chidamsiz asboblar mikroblarni oʻddirish taʻsiriga ega boʻlgan
kimyoviy moddalar yordamida
sterilizatsiya qilinadi. Issiq sterilizatsiya suv bugʻi va quruq issiq yordamida amalga oshiriladi. Suv
bugi bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlarda 110 dan 140 °C gacha haroratda 2—4 atm bosim ostida
oʻtkaziladi. Bogʻlov materiallari, matolar,
jarroxlik asboblari, suyuqliklar, suyuq dorilar,
rezina
buyumlar suv bugi yordamida sterilizatsiya qilinadi. Quruq issiq sterilizatsiya maxsus quritkich
shkaflarda 160—200 °C quruq issiq havo yordamida bajariladi. Bu usul shisha,
chinni va metall
asboblarni sterilizatsiya qilishda qoʻllanadi. Nur bilan sterilizatsiya qilish ionlovchi nurlar yordamida
bajariladi. Amaliyotda