Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Siluet - bir rangda, hajmsiz qilib ishlangan rasm. Uni soyali tasvir desa ham bo‘ladi. Simmetriya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə15/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Siluet - bir rangda, hajmsiz qilib ishlangan rasm. Uni soyali tasvir desa ham bo‘ladi.
Simmetriya - ushbu atama yunon tilidan olingan bo‘lib, "o‘lchamdosh" degan ma’noni anglatadi. Tasviriy sanatda tasvirlangan obraz, ob’ekt yoki narsaning o‘rtasidan tik (vertikal) o‘q chiziq o‘tkazilganda, uning chap va o‘ng tomonlari o‘lcham jihatidan bir-biriga teng bo‘lsa, u simmetrik shakl hisoblanadi. Shuningdek, suratning chap va o‘ng yoki yuqori va pastki qismlaridagi o‘zaro tenglik yoki o‘xshashlik ham simmetriyani bildiradi. Masalan, kapalak simmetrik shaklga ega. Simmetriya o‘qli va markaziy turlarga bo‘linadi. O‘qli simmetriyada simmetriya o‘qi bitta bo‘lsa, markaziy simmetriyada u bir nechta bo‘lishi mumkin.
Assimetriya - yunon tilidan olingan bo‘lib, "simmetrik emas" degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atda asardagi detallarni, suratni chap va o‘ng yoki yuqori va pastki tomonlaridagi tenglik, o‘xshashlik alomatlarining yo‘qligi assimetriya hisoblanadi.
Statik (harakatsiz)
Dinamik (harakat)
Ritm hayotda va san’atda mavjudligi rassom uchun yaxshi belgi, vositadir. U bir elementni oraliqda galma-gal qaytarilishidir. Asar g‘oyasini kompozitsiya tuzilishini idrok etishda ritm estetik obrazli tasavvur rolini o‘ynaydi va kontrast rang, ton qonunlariga suyanadi.
Uzoq kenglikni ochiq manzarada gorizontal holatda
tasvirlansa, kenglik bepoyon, katta bo‘lib tuyuladi. V. Meshkovning «Ural xaqida o‘ylar» manzarasi judda gorizontal uzun formatda joylashtirib tasvirlangan.
Ko‘p planli manzarani orqasida o‘rmonzor tasvirlangan. Oldingi va orqa plandagi kontrast yorqin ranglar, engil ufq chizig‘i masofani, bepoyon kenglikni aks ettiradi: Kompozitsiyani gorizontal usulda ifodalashda tinch, osoishtalik holatini sezamiz. Kompozitsiyani paralel, vertikal yo‘nalishda bo‘lishi tantanali ulug‘vor, ko‘tarinki ruh holatini anglatadi. Bunga L.Abdullaevaning «Qo‘riq er ochuvchilar», kartinasi misol bo‘lishi mumkin. Dioganal yo‘nalishi esa harakat holatini kuchayishi yoki susayishini ko‘rsatadi. V. Surikovning «Boyar ayoli Morozova» kartinasida chananing harakatdagi yo‘nalishi, chopib borayotgan bola, hayajon bilan kuzatib turgan turli libosdagi haloyiq omma pastki o‘ng burchakdan, yuqori chapburchakka dioganal yo‘nalishida tasvirlangan.
Asarda harakat yo‘nalishshga o‘ngdan chapga susaygan holati masofani chuqurligini ifodalashga imkoniyat beradi.
Chiziq, shtrix, rangli va tusli dog‘ (surtma) soya - yorug‘, rang, chiziqli, havo va rang perespektivalari kompozitsiyaning vositalaridir.
Chiziqni esa tasviriy san’atning asosiy vositalaridan biri deyish mumkin. Undan uzoq muddatli, qisqa muddatli kompozitsiya eskizlarida foydalaniladi. Rassom qog‘oz yuzasida predmet shaklini ochroq, to‘qroq chiziqlar orqali ifodalashi mumkin.
Kompozitsiya amalda dastlab qalamtasvirda bajariladi. Keyingi bosqichda shtrix chiziqlarni qalinligi orqali predmetlarni soya, yorug‘ joylariga shakl berib, chuqurlik, masofani ifodalab beradi.
Rang va tus kompozitsiya tuzishda muhim rol o‘ynaydi. Asarda plastik hajm, chiziqli, havoyi, rangli persektvalarni roli kattadir. Yuqorida biz kompozitsiyaning asosiy vositalarni qayd qilib o‘tdik. Kompozitsiya kursining asosiy vazifasi talabalarda ijodiy fikrlash, san’atni idrok etishni va tahlil qilishni, hayotni kuzatish va obrazli tasavvur etish, badiiy estetik did va madaniyatni shakllantirish, ularni badiiy-pedagogik faoliyatiga tadbiq qilishdir. Kompozitsiya amaliy hamda nazariy qismdan iborat. Nazariy ma’ruzalar auditoriyadagi amaliy mashg‘ulotlarni, uy vazifalarini ongli ravishda bajarishni talab etadi. Tasviriy san’atni janr turlaridagi kompozitsiyani o‘ziga xos muamolarini, san’at asarida mavjud qonun talablarini ifodalaydi.
Kompozitsiya nazariyasidagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirishda, maxsus seminarlarni ahamiyati katta. Bulardan tashqari talabalar mavzular asosida referat yozib ma’ruzalar bilan chiqishlari, ularni muhokama qilish yaxshi natija beradi. Amaliy qismida asosiy maqsad talabalarada ijodiy qobiliyatni shakllanishiga, hayotiy kuzatish, uni tasviriy vositalar bilan aks ettirish, bosqichma-bosqich eksizini oxirigacha etkazishdan iboratdir.
Amaliy mashg‘o‘lotlarda kompozitsiya eskizini mazmun g‘oyasini maqsad va vazifalarini ongli ravishda idrok etish muhimdir. Bajarilgan amaliy vazifalarni kamchilik va sabablarini muhokama qilib tushuntirib ijodiy fikrlashni shakllantirish lozim. San’at muzeylari, badiiy ko‘rgazma zallariga, ekskursiya, etuk rassomlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan suhbatlar o‘tkazish, talabalarda badiiy didni boyitadi. Berilgan mavzu bo‘yicha eng «yaxshi kompozitsiya eskizi uchun» talabalar urtasida konkurs e’lon qilib yaxshi eskizlardan ko‘rgazmalar tashkil qilish, g‘oliblarni rag‘batlantirish ijodiy samara beradi.
Bu yuqorida sanab utilgan tasviriy san’at turlarining har biri ijodkor tanlagan voqeylikni, mavzuni uziga xos vositalarda, badiiy tilda tasvirlaydi. Bu san’at turlari ichida eng keng tarqalgani nafis tasvir san’atidir. Nafis tasviriy san’at - tasviriy san’atning bir turidir. Rassom buyooqlar va maxsus usullar yordamida hajmni tasvirlaydi. Nafis tasviriy san’at beshta elementlardan iboratdir. Bu elementlar buyum shaklini, rangini tushayotgan yorug‘ni yasalgan materialini, tasvirlanayotgan insonni va predmetni qanday sharoitda va muhitda ekanini tasvirlashda namoyon bo‘ladi.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin