Manzara janrda ijod etayotgan evropa rus, o‘zbek rassomlari ijodi Manzara tasviriy san’atning qadimiy janrlaridan bo‘lib, tarixiy maishiy asarlarda ham vosita fon sifatida muhim rol o‘ynaydi. Qadimiy Xitoy san’atida rassomlar tabiatii aks ettiruvchi asarlar yaratganlar. Evropada manzara janri tarixi XVI-XVII asrlarda taraqqiy etdi. Gollandiya manzarachi rassomlari tabiatni o‘xshatib haqqoniy tasvirlashda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar.
Rossiyada manzara janrining rivojlanishi XVIII asrga to‘g‘ri keladi. Moskva, Peterburg arxitektura yodgorliklari F.E. Alekseev tomonidan mahorat bilan tasvirlangan. Manzara san’ati tashqi dunyoning go‘zalligani aks etirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. Shuning uchun rassom tabiat olamini eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabiatga nisbatan bo‘lgan estetik munosabatini bildiradi.
Manzara asarida inson shaxsi, aql zakovatini, ichki tuyg‘ularini tasvir orqali qushiq qilib kuylanadi va tabiat obrazi yaratiladi. Misol tariqasida I.Levitanning «Oltin kuz», «Abadiy sokinlik uzra», I.Shishkinning, «O‘rmon yiroqliklari», V.Meshkovning «Ural haqida o‘ylar» asarlarini keltirish mumkin.
Tasviriy san’atda manzara janriga oid asarlari insonda tabiatga muxabbat va go‘zallik fazilatlarini shakllantiradi. Rassomlar tarixiy va maishiy mavzudagi asarlarda bevosita manzaraga ham murojat qiladilar, etyud, eskizlar yozadilar. Bu holda manzara kartinada qo‘shimcha fon vazifasini o‘taydi.
E. Vasnetsovning «Alyonushka» asari bunga misol bo‘la oladi. Tabiiy go‘zaligini, zamonasiga xos yangilik o‘zgarishlarni K.Yuon, G.Nisskiy kabi rassomlar ham o‘z asarlarida tasvirlab namoyish etdilar.
50-70 yillarda O‘zbekistonda manzara janrida ijod etgan rassomlar U.Tansiqboev «Issiq ko‘l», «Ona o‘lka», Qayroqqum suv ombori, N.Qoraxon «Nanay yo‘li» Sijjakda bahor, R.Temurov Samarqand arxitektura manzaralari turkumini yaratdilar. 70-80 yillarda G.Abdurahmonov, F.Toxirov. R.Choriev, K.Bogoduxov, M.Esin, kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar. Hozirgi vaqtda ko‘plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, A.Nuritdinov, O.Qozoqov, Islomshikov, A. Mo‘minov, A.Mirsoatov kabilar mustaqil O‘zbekiston go‘zal tabiatini madh etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kelmoqdalar.
Manzaraning bir necha turlari mavjud. Shahar (Arxitektura), qishloq (tog‘) manzara, sanoat (zavod, fabrika, inshoat qurilish), tarixiy, romantik, lirik, panorama (ko‘rinishida) manzaralari shular jumlasidandir.
Bularni har biri negizida ifodalovchi mazmun, g‘oya yotadi. Shahar manzarasida shahar hayoti bilan bog‘liq, arxitektura, transport vositalari, odamlar, oromgoh bog‘lar hamda er osti o‘tish joylari kompozitsiya tasviri uchun misol bo‘la oladi.
Qishloq manzarasi, bepoyon kenglik, tog‘ manzarasi, yaylovlar, qoya tosh, o‘simliklar, vodiydagi jilvakor suvlar tasviri kompozitsiya negizini tashkil etadi. San’at manzarasi katta zavod hovlisi, suv ombori, ko‘prik, metro qurilishi, texnika qurilish vositalari bilan bog‘langan.
Lirik manzarada tabiatni «Erta tong», «Bahor» kabi mavzudagi tabiatni nozik, sokin go‘zalligini, uning uyg‘onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam - olam quvonch baxsh etuvchi asarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Manzaraning kompozitsiya vositalari (belgilari); joyni tanlash, ko‘rish nuqtasi, ko‘rish chizig‘i, fazoviy masofa, format, perespektiva, ritm, kolorit, yorug‘, refleks, kompozitsiya markazi shular jumlasidandir.
Bu janrda kompozitsiya yaratish uchun qalamtasvir rangtasvir sohalarida mukammal bilimga ega bo‘lish kerak. Naturadan dastlabki chizilgan chizgi rang erta tong manzara kompozitsiyasini tuzishda asosiy mavzu bo‘lishi mumkin. Qishloq manzarasini kompozitsiyasini tasvirlamoqchi bo‘lsak avval tabiatda quyoshli, bulutli kunlar, peshin, oqshom holatini harakterli xususiyatlarni sinchiklab kuzatish lozim.
Formatni aniqlab, ufq chizig‘i, ko‘rish nuqtasini belgilab olish kerak. So‘ngra havo va erni tekislikda nisbatlarni belgilab, oldingi, keyingi orqa planni va predmetlar masshtabini topish darkor. Kompozitsiyani bir necha variantlarini sangana, ko‘mir kabi yumshoq materiallarda bajarish tavsiya etiladi.
Bajarilgan xomaki eskiz variantini rangda tasvirlash asar koloritni aniqlashga yordam beradi.
Sifatli bajarilgan eskiz asosida manzara kompozitsiyani yakuniy nushasini amalda bajarish kerak. Uni qog‘oz, karton, xolst, akvarel, guash, moybo‘yoq orqali amalga oshiriladi. Bo‘lajak rassom uchun hayotni kuzatish, mavzu yuzasidan kundalik qalamchizgi va etyudlarni bajarish mashqlarni qilishga kirishsa maqsadga muvofiq ish bo‘ladi. Manzara janridagi asarlar inson uchun ma’naviy oziqa beradi, uni ruhlantiradi, hayotga shodlik va quvonch bag‘ishlaydi.