Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


MANZARA JANRLARDA FON VAZIFASINI BAJARADI



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə21/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

MANZARA JANRLARDA FON VAZIFASINI BAJARADI:



MANZARANI BIR NEChA TURLARI MAVJUD:

ShAXAR QIShLOQ


arxitektura tog‘



SANOAT
Zavod fabrika inshoat qurilish

TARIXIY
Ramantik lirik panarama ko‘rinishlari

Manzara (peyzaj) – ma’lum bir joyning tasviri. Manzarada tabiat tasviri - dengizning ko‘rinishi, daraxtzorlar, qir-adirlar, shahar va qishloqlarning qiyofasi, umuman turli joylarning tasviri orqali kishining xis-tuyg‘ulari badiiy obrazlarda ifodalanadi. Manzara O‘rta asrlarda Xitoy, Yaponiya uyg‘onish davrida esa Evropada rivoj topdi. O‘zbekistonda U.Tansiqboev manzara janridagi jozibador asarlari balin mashxur.


Qadimgi sharqda manzara janri tekkislikda qat’iy ma’lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatining qonunlariga bo‘ysundirilgan holda tasvirlangan. Qadimgi Misr san’atida manzara kompozitsiyasi yana ham o‘zgacha uslublarda qo‘llanila boshlandi. Chiziqli o‘lcham, rang va tus munosabatlari yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi.
Qadimgi dunyo rassomlari tabiat manzarasida o‘simlik bargi va gullarini, yil fasllarini ketma-ket kelishida kompozitsiya qonunlari va uslublarini simmetriya va ritm tushunchalarini anglab, o‘z asarlarida qo‘llay boshlaydilar.
Bu davrda san’atga e’tibor kuchli bo‘lgan. O‘sha davr kishisini estetik – g‘oyaviy qarashlarini ham namoyon etgan.
Shu davrda qurilgan xashamatli qasr va ibodatxonalar, ularning devorlariga ishlangan suratlarda olib borilgan hayotiy lavhalar davr ideologiyasini ifoda etgan mamlakat hayotini ko‘rinarli obrazlarda aks ettirgan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Xitoylik tarixchining Samarqand va Buxoro o‘rtasida qurilgan xashamatli bino xayratlantirganligi, binoning shimoliy devori bo‘yoqlar bilan Xitoy imperiyasining tasviri, sharqiy devorda Turk xonlari va Hindiston hukmdorlari, g‘arbiy devorda esa eron va Rim podsholari tasviri tushurilganligi xaqida yozib qoldirgan fikrlari diqqatga sazovordir. Xalq amaliy san’ati ganchkorlik, naqshlar, yog‘och o‘ymakorligi,bo‘rtma tasvirlar hamda devoriy suratlar binoga alohida fayz kiritgan.
Bizgacha vayrona holda etib kelgan bu saroylar hozir ham o‘zining ulug‘vorligi bilan kishini hayajonga soladi.
Panjikentdagi zodagonlarning uylari ayniqsa, mehmonxona va uyga olib boradigan yo‘lakchalar juda bezakdor bo‘lgan. Devoriy suratlar rang-barang bo‘lib, afsonaviy voqealar, diniy marosimlar, so‘g‘d feodallarini aks ettiradi. Afsonaviy Rustam Jasurligiga bag‘ishlangan suratlar ham uchraydi.
1965 yili Samarqand yaqinidan afsonaviy podsho Afrosiyob saroyi qoldiqlarining topilishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu saroy qoldiqlarining devorlariga ishlangan tematik surat va naqsh kompozitsiyalari yuksak maxorat bilan ishlanganligi bilan kishini xayratlantiradi.
O‘rta Osiyoning ilk feodolizm asridagi monumental dekorativ rangtasvir to‘g‘risidagi fikr yuritganda, Vaxsh voxasidan topilgan O‘zbekiston va Tojikistonning janubi “Ajina tepa” devoriy suratlarini, Termiz yaqinidan topilgan “Yumaloq tepa” unga yaqin joylashgan “Bolalik tepa” devoriy suratlarini eslay bo‘lmaydi.
Ilk feodalizm asrida amaliy san’at, buyumlar, qurollar, buyurtma tasvirlar, devoriy suratlarda obrazli voqealar o‘z ifodasini topgan.
Arablarning O‘rta Osiyo erlariga kirib kelishi (VII-VIII) asrlarda madaniyat va san’at asarlari yodgorliklarni haroba holda etib kelganligini va lekin xalq ijodini to‘xtata olmadi. IX-X asrlarda O‘rta Osiyo yana mustaqillika erisha boshladi. Tasviriy va amaliy san’atda jonlanish bo‘lib, me’morchilikda esa nodir yodgorliklar vujudga kela boshladi.
Bu davrga kelib, O‘rta Osiyo jahon ilm-fan taraqqiyotida muhim markazlardan biriga aylandi.
Bu davrda jahonga qator allomalarni etkazib berdiki, ular o‘z mehnat va aql-zakovatlari bilan jahon ilm-fani taraqqiyotiga yangi yo‘nalish berdilar. Uning yangi qirralarni ixtiro etib, ularga jon baxsh etdilar.
Abu Ali ibn Sinoning o‘lmas asarlari ko‘pgina mamlakat o‘quv yurtlarida bir necha asr mobaynida darslik vazifasini o‘tab kelgan.
Al-Beruniy, Al-Farobiy, Al-Farg‘oniy kabi qator mutafakkirlar ijodidagi materialistik dunyoqarash xalq ongiga ta’sir qildi.
Bu davrga kelib, me’morchilikda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qurilishda g‘ishtning keng qo‘llanishi me’morlikning murakkab kompozitsiyalarining yaratish imkoniyatlaring berdi. Bu davrda egri ravoqli tomlar, gumbazli binolar qurilishi, g‘ishtlarni turlicha terish, bino devorining o‘ziga xos bezagini yaratish tendentsiyasi ortdi. Shu davrda islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan gumbazli machitlar bo‘lganligi aytib o‘tilgan.
Bu davrning eng nodir yodgorligi Somoniylar maqbarasidir.
Bu maqbara jahon me’morchilik san’atining nodir yodgorligi xisoblanadi. Binoning tashqi devor yuzasi pishiq g‘ishtning turlicha taxlanishi xisobiga badiiylashtirilgan.
Biroz mungli ko‘ringan bino abadiy uyqudagilar uchun nihoyatda sokin va va mungli sukut saqlayotgan ko‘rinadi.
Ijtimoiy hayotda rang va o‘yma naqqoshlik sana’ti keng o‘rinni egallay boshlagan.
Naqqoshlar o‘z ijodlarida turli geometrik shakllardan tashqari, o‘simliklar, hayvon va qushlar tasviri bo‘lgan naqqshlar tasviri bo‘lgan naqqshlardan foydalanganlar.
Bu davrda rassomlik va miniatyura san’ati, yozuv manbalarida xukmdorlarning qasr va uylari, mehmonxonalar devori suratlar bilan bezatilgan.
Bu davrda tasviriy san’atning bo‘lganiligi haqidagi ma’lumotni sharqning buyuk allomasi Abu Ali Ibn Sino portretini chizish to‘g‘risidagi voqea ham harakterlaydi.
Abu Ali Ibn Sino shu davrning shohi Maxmud G‘aznaviy injiqliklarini ko‘tara olmay, uni saroyidan qochib ketadi. Bundan xabar topgan shoh Abu Nasr–bin Afonga uning portretini ishlash va boshqa rassomlarga esa shu portretlardan nusha ko‘chirib qo‘shni davlatlarga yuborishni buyurgan.
XI-XII asrlarda me’morchilik madaniyati o‘sdi. Somoniylar sulolasi o‘rnini turkiylar bo‘lgan Qoraxoniylar hamda Saljuqiylar sulolasi egalladi.
Bu davrda minora qurilishi ham keng odat tusiga kira boshladi.O‘rta Osiyoda eng baland minora Jarqo‘rg‘on minorasi, u o‘zini baland va ko‘rkamligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘rta Osiyo tasviriy san’at xaqidagi ma’lumotlar XIII asr oxiri va XIV-XV asrlarga kelib rassomlik san’ati rivojlandi.
Bu davrdan bizgacha ayrim original qo‘lyozma, devoriy surat qoldiqlari va miniatyuralar etib kelgan.
Temur va Temuriylar davrida “rasm chizish” san’ati ravnaq topganligini ta’kidlanadi. Temur qurdirgan Samarqand yaqinidagi saroy devorlariga uning jangdagi jasoratini aks ettiruvchi batal kompozitsiyalar chizilganligi xaqida, Ulug‘bek qurdirgan rasadxonaning devorlari tabiat manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar bilan bezatilganligi xaqida ma’lumot berilgan.
O‘rta Osiyo, O‘rta Sharq madaniyati kitobni bezash, xattotlik va miniatyura san’ati tarixda o‘ziga xos qaytarilmas jozibasi bilan ajralib turadi.
O‘rta Sharq miniatyura san’atining yirik vakili Kamoliddin Bexzoddir.
U Xirotda tug‘ilgan (tax. 1455-1535 yy).
Shu erda o‘zining tasviriyotdagi iste’dodi bilan Alisher Navoiy diqqatini o‘ziga tortdi.
Keyinchalik uning homiyligida buyuk san’atkor darajasiga ko‘tarildi. Uning ijodini rivojlanish davrida mashxur asarlaridan biri Shayboniyxon portretidir.
XVII asr o‘rtalarida O‘rta Osiyolik Davlat Muhammad, Nodir Muhammad, Samarqandiy kabi bir qator rassomlar Hindistonning Boburiylar saroyida ijod qildilar.
XVII-XIX asrlardan buyon miniatyura va devoriy suratlar chizib kelinmoqda.
50-70 yillarda O‘zbekistonda manzara janrida ijod etgan rassomlar U.Tansiqbaev “Issiq ko‘l”, “Ona o‘lka” Qayraqum suv ombori, N.Qoraxon “Nanay yo‘li” Sijjakda bahor, R.Temurov Samarqand arxitektura manzalari turkumini yaratdilar.
70-80 yillarda G.Abdurahmonov, F.Toxirov. R.Choriev, K.Bogoduxov, M.Esin, Pudovkin kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar. Hozirgi vaqtda ko‘plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, A.Nuritdinov, O.Qozoqov, 3.Islomshikov, A. Mo‘minov, A.Mirsoatov kabilar mustaqil O‘zbekiston go‘zal tabiatini madh etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kelmoqdalar.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin