Natyurmort asarlari qadimdan ma’lum. Uning paydo bo‘lishi tasviriy san’atda realistik uslubning barpo topishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq.
Natyurmort namunalari qadimgi Misrda devorga ishlangan freskalarda Ellinizm davri mozaikalarida uchraydi. Ayniqsa XVII-asr Xitoy san’atida natyurmort mustaqil janr sifatida qaror topdi va taraqqiy etdi.
X-XI-asrlarda yashagan Chjan Tsyan, Tsoy Bo kabi Xitoy rassomlari natyurmort asarlarining nozik namunalarini yaratgan.
XVII-asrgacha Evropa san’atida natyurmort mustaqil janr sifatida qaror topmagan, lekin rassomlarning iloxiy va maishiy mavzulariga bag‘ishlangan asarlarida natyurmort ham ko‘zga tashlanadi.
XVII-asrdan boshlab natyurmort asarlari realistik tasvirlash san’atda insonni o‘rab olgan «Tilsiz tabiat».
Shuningdek, kishilardagi oddiy narsalarga va buyumlarga estetik ko‘rsatish bilan diqqatini jalb etadi.
XVII-asr italyan rassomi M.Karovojaning «Meva solingan sabzavot» asar bu janrga qiziqish xavasini kuchaytiradi.
Natyurmort sohasida J.B.S.Sherdan (XVIII-asr) inson mehnatini va ijodini ulug‘lovchi «san’at atributalari» degan mashxur natyumortni yaratdi. XIX-asrga kelib natyurmort biroz inqirozga yuz tutdi. Rus rassomlarida natyurmort XVIII-arslarda yuzaga kelgan bo‘lsada, bu janrga uncha e’tibor berilmagan edi. Lekin XX-asr boshlarida rus rassomlari yuqori pog‘onaga ko‘tardilar. K.A.Karovin, M.E.Grabr, A.Ya.Galovyan va boshqalar demokrativni va impressionizm ruhidagi natyurmortlar yaratishdi. Realizm san’atida natyurmort munosib qadrlandi va taraqqiy etdi. P.P.Kanchalovskiy, I.I.Malikov, A.I.Gerasimov, M.S.Saryan to‘kin mevalar, gullar va boshqalarni mohirona tasvirladilar.
O‘zbekistonda natyurmort janirida ijot etgan rassomlar V.Ufimets, M.Kurzin, Z.Kavalevskaya, Yu.Elizarov, Kashina, R.Axmedov, Yu.Toldikin kabi o‘nlab natyurmort ustalari etishdi.
Natyurmort - jonsiz tabiat, lekin natyurmortda jonli hayot nafasini sezamiz. Natyurmort kompozitsiyasini ta’circhan chiqishi uchun yagona mavzudagi bir-biriga munosib va mos narsalar tabiiy bog‘lanishda qo‘yilishi kerak.
Natyurmort tarkibiga kiradigan narsalar estetik ta’sirchanlik talablariga javob beradigan, shakli, hajmi, materiali, sirti (fakturasi) rang va och-to‘qligi (tus) bilan bir-biridan farq qilish kerak.
O‘quv natyurmortning kompozitsiyasi bir tomondan estetik talablariga, ikkinchi tomondan ta’limning didaktik talablariga javob berish kerak.
Natyurmort qo‘yilmasi puxta va uzoq vaqt o‘ylab, mulohaza qilib tashkil etiladi. Unga ko‘p narsa kirtilmasada predmetlarning shakl va ranglari har-xil bo‘lishiga e’tibor berish kerak.
Ko‘pincha rassomlar asosiy predmetni ataylab markazdan sal siljitib qo‘yadilarda muvozanatni saqlash uchun qarama - qarshi tomonda rang va och to‘qligi unga zid bo‘lgan pedmet oladilar.
Atoqli natyurmort janri ustalari Sezan, Sharden, Xrutsskiylar bu usuldan unumli foydalanganlar.
Natyurmort janrida O‘zbekistonlik rassomlardan V.Ufimtsev, S.Kolibanov, Yu.Elizarov, R.Axmedov kabilar o‘z asarlarida tabiatni beqiyos boyligini milliy ruhda jozibali tarannum etdilar.
O‘quv natyurmortining muhim tomonlaridan yana biri shundaki tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy joylashishidir. Quyilmaga kiradigan narsalardan kattasi orqaroqda, maydalari oldinroqda, biri ikkinchisining va asosiy narsani bir oz berkitib turadigan qilib quyiladi.
Natyurmortdagi narsalarni mazmunan bir biriga bog‘lash maqsadida unga cho‘ziqroq shaklidagi narsa kiritiladi. Surat tekisligining asosidan kompozitsiya markaziga qaratib qo‘yilgan pichoq, qoshiq, qog‘oz, o‘rami, mo‘yqalam va hokazolar surat mazmunini ochishga yordam beradigan «kalit» bo‘lib, tomoshabin nigohini kompozitsiya markaziga yo‘naltiradi. Natryumortning fazoviy holatini yaqqolroq tasvirlash uchun birinchi planda unga katta bo‘lmagan, ammo yorqin narsa qo‘yiladi.
Yuqorida aytganimizdan ma’lum bo‘ladiki, natyurmort postanovkasini qo‘yish jiddiy va ma’suliyatli ishdir. Yaxshi quyilgan natyurmortda ortiqcha tasodifiy narsalar bo‘lmaydi, uni old yoki yon tomonidagi qarash nuqtalaridan kuzatilganda, mazmunli yaxlit guruh bo‘lib ko‘zga yakqol tashlanib turadi.
O‘quv natyurmortdan ijodiy natyurmortni farqi shundaki, u hayotga yaqin bo‘ladi hamda ko‘p ma’noni anglatadi. G‘.Abdurahmonovning «Samovarli natyurmorti»ni olamiz. «Samovarli natyurmort»da esa mavzu kompozitsiya tuzilishiga monand olingan. Yorug‘ milliy so‘zana fonida qo‘yilgan katta hajmda samovar va stol ustidagi laganda qo‘yilgan qovun-tarvuzlar, non, olma-anorlar hamda, ularning tekislikda kompozitsiya jihatidan badiiy ifodali joylashishi tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Mehmondo‘st o‘zbek xalqining insonlarga sahiyligi tushunchasi tabiat inomlari orqali o‘z aksini topgan. A. Ikromjonov milliy buyumlar asosidagi natyurmortlari realistik yo‘nalishida moxirlik bilan tasvirlangan. J.Umarbekov “Quyoshli” natyurmotrtda samovor, anorlarni shirinligi va yorug‘ qizil ranglar mutanosibligida zamonaviy kubizim yo‘nalishida o‘zbek milliy naqshlar uyg‘inligi insonga estetik kayfiyatni va madaniy ko‘tarinki tasurotni beradi. A.Nur XX asrni eng taniqli mussavirlaridandir. “Rishton natyurmorti” milliy buyumlarni zamonaviy abstrakt mavhum tasvirlarda o‘zgacha falsafiy ramziy timsollarni janrlarda milliy ruh an’analarni ranglar mutanosibligida tasvirlagan. Asarlarida zamonaviy g‘oya balki botiniy go‘zallikni xis etishga o‘zini ichki xis tuyg‘ulari dunyosi orqali obrazli lirik falsafiy ma’noda tomoshabinga ta’sir etadi.