Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Rangirtasvir kompozitsiyalari zamonaviy yo‘nalishlar muamo va echimlari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə30/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

3.3.Rangirtasvir kompozitsiyalari zamonaviy yo‘nalishlar muamo va echimlari
O‘zbekiston yangi tasviriy san’ati tarixi ma’naviy tasvir g‘oyasini turli xildagi oqimlar yo‘nalishlarning shakllanishi, o‘z navbatida zamonaviy san’atning barcha sohalariga ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaymoqda.
Tasviriy san’at badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirib yubordi., yangicha dunyoqarash vujudga keldi. Bu o‘z navbatida tasviriy san’atning alohida va o‘ziga xos betakror talqini ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib bordi. Badiiy tafakkurning milliy motivdagi tasviriy echimalari butunlay kutilmagan, noan’anaviyir, qalamtasvir,rangtasvir kompozitsiyalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Me’morlik va haykaltaroshlik, dastgohli rangtasvir, grafika, amaliy bezak san’ati, miniatyura san’atida yangicha yondashuv, ijodiy erkinlik tarkib topa boshladi. O‘tgan davrlar san’atiga xos an’analarini davom ettirish bilan birgalikda yangilangan ijtimoiy-siyosiy va estetik muhit yangi ijodiy g‘oyalar, mavzular va badiiy echimlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. Rassomlar tariximizning dramatik sahifalarini, obrazli anglab, falsafiy-analitik yondashish printsiplarini yorqin, ijodiy ravishda rivojlantirib kelmoqdalar. Hozir tasviriy san’atda zamonamiz hodisalarini yanada teran aks ettirish tendentsiyasi sezilarli tus oldi. Madhiyalar o‘rnini asta-sekin sinchkov va mulohazakor falsafiy qarashlar, hayotimizni realliklarni ma’suliyat sezgan holda baholash egallab kelmoqda.
Hayotni zamonaviy yangicha anglab, o‘z ijodida uning falsafiy talqinini ifoda etib kelayotgan rassomlardan biri Sergey Alibekovdir. Uning rang tasvir asarlari an’anaviy xalq urf-odat va tasavvurlari bilan yo‘g‘rilgan holda, motivlarni romantik-allegorik talqin qilishga moyilligi bilan ajralib turadi.
A.Turdievning asarlari nafaqat plastik tafakkur madaniyati bilan, balki sotsial jihatdan chuqur mulohozakorligi bilan ham ajralib turadi. Rassom o‘z asarlarida olamning borlig‘i, inson va tabiatning o‘zaro chambarchas uzviy aloqadorligi haqida fikr yuritadi. Uning “Orol” asarida ushbu mavzu qayg‘uli. G‘oyat ta’sirchan hal qilingan. “Adashgan bulutlar” asarida rassom ongli ravishda tabiat, zamin, bulutlarni ko‘tarinki ruhda tasvirlab, inson hayoti bilan olamning o‘zaro bog‘liqligi, tug‘ilish va o‘limning tuganmas darajada o‘rin olib turishi xususidagi falsafiy fikrini yana bir bor ta’kidlaydi. Tasviriy san’at ustalari tanlagan holati, g‘aroyib uslublaridan foydalanib, shaklan va mazmunan hech kutilmagan echimlarni ishlab topish yo‘lidan bormoqdalar. Masalan, umumiy jihatlarni birlashtirib turuvchi Lekim Ibrohimov va Vyacheslav Oxunov ijodi kuchli motivga asoslanganligining shohidi bo‘lamiz. Bu ijodkorlar Sharq ruhini payqash, anglash va ichdan his qilish zaruriyatidan kelib chiqib turli adabiyotlar, tarixiy tafsilotlar bilan qiziqadilar. Dunyo tasviriy san’ati, unda kechayotgan jarayonlar, yangiliklar, oqimlarga oid bilimlar darajasida turib badiiy mushohada qilgan holda yangicha ruh va g‘oyani o‘ziga xos ravishda oqilona ifoda etishga harakat qiladilar. Lekin Ibrohimov qiziqishlari doirasiga qadimiy Kushon imperiyasi davrida xalq ruxiyatida buddiylar dini tutgan o‘rinni, Afrosiyobning Panjikent, Varaxshaning antiqa yodgorliklarini o‘rganish, tinimsiz izlanish, qadimgi Turon tarixi, badiiy, ijodiy iqlimiga xayolan safar qilish, ularni qalbiga, vujudiga singdirib olishga intiladi. Rassom shu ruhiy holatni qo‘zg‘atgach, hayajonga solgan xususiyatlarni, xislatlarni o‘z qalb ko‘ridan o‘tkazib, siqiq vosita, ayrim chiziq, belgi, ramziy ma’no ifodasi orqali yuzaga chiqarishga harakat qiladi. Jumladan, Lekim Ibrohimov “Osiyo dengizi” kompozitsiyasida oddiy xalqni dinamikaga to‘lib-toshgan xatti-harakatlar tug‘yonida aks ettiradi.
Rassomlar farqlab turuvchi jihatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, xususan, Vyacheslav Oxunov Markaziy Osiyo xalqlari hayotini, Sharq an’anaviy madaniyatining nozik jixatlarini, ajdodlarimizning xayot olamini anglab, u bilan qalban uyg‘unlashishga intiladi. Zikr tushish koinot, olam bilan bog‘lanishdir. Ana shu holatga kirib ijod qilarkan, hissiyotlarini ranglar, kompozitsion qurilmalar, ifodaviy uslublar orqali tasvirlashga intiladi. Yaratuvchilik, ijod qilish bu rassom uchun o‘z ichki erkinligini, daxlsizligini himoya qilish, namoyish etishdir. U 1987 yilda bo‘shliqda, kenglikda “Osmonga narvon” asarini yaratib, bu asardan so‘ng keng uslubiga tomon yo‘naldi. Bu ham kontseptual, postmodernizm yo‘nalishining bir turidir. Xepping esa aktsyunizm (biror maqsadga erishi uchun qilingan harakat) ning bir turidir. Biror intilish, istak, maqsadni amalga oshirish uchun qilingan harakat bu 60-yillarda avangard san’atda paydo bo‘lgan turli shakllarni o‘zida umumlashtiruvchi xolatdir. Bu san’at shunday jarayonki unda eng voqelik bilan san’at o‘rtasidagi chegara yoyilib, o‘zaro kirishib ketishi, birining vulqon kabi otilib chiqqan hayotiy ko‘rinishi, holat bilan qo‘shilib ketishi muhimdir. V.Oxunov xuddi shu san’at, ya’ni kontseptual san’at bilan 80 yillar oxirlarida jiddiy shug‘ullana boshladi.
90 yillarning o‘rtalaridan boshlab V.Oxunov o‘zining bu izlanishlarini umumlashtirib, ko‘z oldiga ma’lum maqsadga erishgan yaxlit holatini keltirib, qum-loy monifestini yozadi. Bu monifest yangi g‘oyalar, fikrlar ko‘lamini targ‘ib etib, kishilar ongini, ko‘ngil tubidagi tuyg‘ularini qo‘zg‘ash, harakatga keltirish, intelektual ichki dunyosini jonlantirish, ruhiyatini yangilash, barcha moddiy dunyodan o‘zini forig‘ qilgan so‘fiyona ruhiy olamning eng cho‘qqisiga ko‘tarishga bo‘lgan intilishning davomi. Shuning uchun V.Oxunovning “Osmonga narvon” (1987) asari ilk bor bu yo‘nalishdagi dasturli asar, bosh mezon deyish mumkin. Rassomning bu asarini fazoviy kompozitsiyaga o‘tish davri deyish mumkin. “Yonayotgan uy”, “Qushlar” seriyasi bilan O‘zbekistonda sehrli realizm, fojeali realizm yo‘nalishlarini boshlagan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bo‘shliq, yangi makon kompozitsion izlanishlari bilan yangi yo‘l ochdi. Sehrli realizm tasvirda so‘fizm, fazoviy kompazitsiya tasvirida V.Oxunov iqtidorli rassom sifatida tanildi. Uning ijodiy yutuqlarini izlarini L.Ibrohimov, A.Turdiev, A.Nur, J.Usmonov kabi rassomlarning ijodida ko‘rishimiz mumkin.
XIX asar oxiri XX asr boshlarida Evropa tasviriy san’atiga modern san’ati kirib keldi va tasvirda etakchi o‘rinni egalladi. Modern atamasi Evropada o‘ngga yaqin davlatda keng tarqalgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos talqin qilinadi. XX asar boshlarida V.Kandinskiy Evropa tasviriy san’atining asosini, negizini harakatga keltirib, tamoman boshqa oqim, yangi bir yo‘nalishga asos soldi. 1910 yilning o‘zidayoq V.Kandinskiy yana tasviriy san’at asosida yotgan printsiplar-nuqta, chiziq va dog‘ni kashf qildi. Nuqta, chiziq va dog‘ orqali inson ruhiyatiga, sezgisiga ta’sir o‘tkazish obstraktsiya san’atidir. Muhim xususiyatlar orqali kishining ichki dunyosi, sezgisiga ta’sir qilishga erishildi.
Pikasso o‘z izlanishlarida kenglik, bo‘shlig‘dan voz kechdi. Evropadagi sistemalarni buzib chiziqlar, turli geometrik shakllar yordamida fazoviy rang tasvir-olamini ostin-ustun qildi. A.Matiss bu yo‘nalishni yanada chuqurlashtirdi. V.Kandinskiyni mashxur “Qora kvadrat”, Pikassoni “Arlekina”, “Uchta muzo‘kant” (1921), A.Matissning “Ko‘k qo‘ylakdagi dexqon” (1937) asarlari shu tariqa yaratilgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan XX asrning progressiv rassomlarning xususiyatlarini qalbiga chuqur singdirib, tasviriy san’atda yangi voqelikni yaratib, o‘ziga xos uslubda ijod qilib kelayotgan rassomlardan biri Vladimir Burmakindir. U aslida monumental rassom bo‘lsa-da, portret janrida, shuningdek, zamonaviy avangard yo‘nalishida ijod qilib kelmoqda. Shakl tabiati cheksiz, u faqat oq yoki qora kvadrat ichida joy ololmaydi. U ana shu barcha qora, qizil, ko‘k bo‘shliqni to‘ldirib, uning chekkalaridan oshib tushadi. Nur go‘zalligi qizil va ko‘k, sariq va pushti. Oq va qora ranglar birgalikda va alohida aralashib, o‘zaro bir-birini to‘ldirib, yuzlab mayda tomchi bo‘yoqlarga bo‘linib sharshara kabi ushbu mo‘’jizani tomosha qilayotgan insonni davolash, tiriltirish, lazzatlanish, jonlantirish kuchiga ega. Rassomning “Samarqand osmondagi yulduzlar” (2005) asari yuqoridagi fikrimizning yorqin isboti bo‘la oladi.
Akmal Nur (Nuritdinov Akmal Vahobjonovich) noan’anaviy plastik uslub yo‘nalishiga mansub, aql va vazminlik bilan ijod qilayotgan shijoatli tug‘ma talant sohibidir. U tasviriy san’atga 1988-1989 yillarda o‘zining ajoyib asarlari bilan gurkirab kirib keldi. Uning falsafiy dunyoqarashi, Sharqning poetik klassik san’atidan G‘arbiy avangard san’atining an’analarigacha uning ijodida o‘z aksini topgan. Uning daslabki grizayl texnikasida yaratgan “Oxirgi qor”, “Ko‘chat” va “Eski shahar-mening beshigim”, “Keksalik”, “Ostona oldida” kabi manzara turkumlarida to‘la natijali bo‘lmagan falsafiy talqin qilishga harakat qilganini ko‘ramiz. 90-yillar rassom ijodida plastik echimning muhim rivojlanishiga asos soldi. Falsafiy inqiroz o‘rnini hayot mazmunli g‘oya egalladi. Yorqin ranglar politra, dekorativ hajmsiz tasvir, rassomda yangi ijodiy ifodani shakllantirdi. Shu bilan birga dekorativlik yo‘nalish, tekislikdagi plastik uslub fakturali predmet bilan muvofiqlashdi. Rassom amaliy san’at nusxalari gilam, so‘zana, qurakning shakl elementlaridan o‘z ijodida foydalandi. Rassomning shaxsiy xayotidagi quvonchlari, ichki xissiyotlari dekorativlik va yangi stilistik uslubda “Anor”, “Oila”, “Qizigan tandir” asarlarida tarannum etadi. Sevgi, muxabbat mavzusi rassom ijodida asosiy va muhim ahamiyatga ega bo‘la boshladi. “Sevgi olmasi”, “Sevgi daryosi” (1995), “Sevgi oroli” (1998) asarlarida xar xil allegorik-simvolik obrazlar, oy, baliq, buqa shoxikabi obrazlarda tasvirlaydi. Umumiy plastik echimida kesilgan katta olma pallasiga sevishganlar yoki osmondan uchib tushayotgan urug‘ni eslatuvchi tasvirlar ifodalangan. Oxirgi “Sevgi oroli” (1998) asari avvalgilaridan obrazlarning nozik did, katta mahorati bilan ishlanganligi ajralib turadi. Dekorativ yo‘nalishga yaqin uslubda yaratgan “Doira chalayotgan buva”, “Visol”, “Rishton natyurmorti”, “Muza” kabi asarlarida noaniq plastik tasvirning yangi yo‘nalishini belgilab berdi.
1990 yillarda yaratilgan musulmon mavzusidagi “Farishta”, “Sajda qilish”, “Makkaga yo‘l” asarlarida musulmon dunyosining pardasi ochilmagan bo‘lsada, rassom o‘z maqsadini asosiy asarning plastik echimini ranglarda tasvirlash orqali ifodalay olgan. Yangi plastik echim rassomning keyingi ijodida o‘z rivojini topdi. Qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi “Masxarabozlar” an’anaviy obrazlarga murojati rassom ijodida yangilik bo‘ldi. “Marionetki”, “Uxlayotgan qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi asarlari rassomning falsafiy hayotini o‘zgartirib yubordi. Rassomning ijtimoiy falsafiy g‘oyalarini pantamimik (o‘xshatish, taqlid qilish) plastik xarakterlarda obrazli ifoda etadi.
Xindiston safari natijasida yaratilgan “Tojmahal”, “Hindiston”, “Sevgi bog‘i”, “Kushon oroli”, “Yulduzli ibodatxona” asarlarida sharqiy afsona va rivoyatlarning ilohiy muhri tasvirlangan. Tasvirlardagi o‘ziga xos zargarlik “Tojmaxal” kartinasida o‘z aksini topgan. Ana shu allegoriya-simvolik yo‘nalishda rassomning tarixiy-madaniy meros mavzusidagi “Xumson yaltiroq toshlari”, “Xumsonning kumush tongi”, “Kuz fasliga yurish” asarlarida tabiat dunyosining ichki tuzilishini plastik eksperiment shaklida tasvirlashga harakat qiladi. Rassom asarlarida tabiat dunyosining falsafiy obrazlarida poklik va muxabbat tuyg‘ularini tarannum etadi. Akmal Nur o‘zining “Malika”, “Kuy”, “Buxorolik kelin” asarlarida Sharq falsafasini ko‘p kirrali simvolik shakllarda postmodern va (obstraktiv) noaniq yo‘nalishda ifodalashga oshiqadi. Hayotdan zavqlanib sharqona klassik san’atga mansub “Baxt qushi”, “Oq kechadagi sevgi” kabi to‘laqonli asarlarni yaratdi.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining asosiy omillaridan biri, yosh iqtidorli yoshlarni topish, ularning ijodini qo‘llab-quvvatlab, moddiy yordam berish rag‘batlantirishdan iboratdir. Ana shu iqtidorli yosh rassomlardan biri.
Bobir Ismoilov hayotda realistik san’atning yangi qirralarini abstrakt mavzuda, assotsiativ tuyg‘ularda ijod qilayotgan yoshlar sulolasidan biridir. U kundalik xalqning milliy an’analarini, urf-odatlarini yaxshi bilgan ko‘z ilg‘amaydigan xususiyatlarini falsafiy va komik usulda talqin etadi. Rangtasvir bilan birga grafika yo‘nalishida ham ijod qiladi. Osiyo, Meksika, Hind xalq ertaklari, motivlari asosida rangli va grafik asarlarini maqomiga etkazib tasvirlagan.Asardagi qaxramon obrazi, badiiy plastik kompozitsion echimidagi tasvir mahorati tomoshabinni o‘ziga jalb etadi. Rassom qalbidagi to‘lib-toshgan tuyg‘ularini keng qamrovli asarlarida namoyon qiladi. Uning “O‘g‘il to‘y”, “Qanotli qush”, “Masxaraboz”, “Teatr”, “Kuy”, “Odam qushlar” kabi ko‘plab asarlari kontrast va iliq, mayin ranglarda jozibali tasvirlangan.Tasviriy san’at falsafiy talqinining yana bir namoyandasi g‘ofir Qodirov. U o‘z ijodida tabiatdan, hayotdan ko‘rgan kechirganlaridan, naturadan nusxa ko‘chirmaydi, balki voqealarning unga ko‘rsatgan ta’siri, ko‘ngildagi hayajon va his-tuyg‘ularni ranglar orqali ifodalashga intiladi. Rassom hach qachon ranglarni betartib ishlatmaydi. Har bir asardagi mavzu va obrazlilik, rangning ta’sir nuqtasini topa olgan. Natijada ranglar uyg‘unligi ifodalilikni oshirishga, tomoshabinni fikrlashga dav’at etadi. Uning dastlabki “Ramazon” (1986 y) asari Xorazm, Xiva, Ko‘hna Urganch me’moriy obidalari, xalq rivoyatlari orqali ayon bo‘lgan poyonsiz xayolot, hamda cheksiz fikrlash asosida yaratilgan. Rassomning xotira (1988 y) asarida poklik, ezgulik, insoniylik mehru-oqibat tarannum etilgan. Ayol zotining pokligi, uning hayotda oladigan va qoldiradigan yagona boyligi – farzand. Farzand elatning, millatning davomi. Uning “Ko‘hna Urganch” (1988 y) asarida qumtepaliklarning ostida yotgan tarix, halq o‘tmishi, kelajagi, vaqt va hayot sharpalari yuragingizga titroq soladi. Hiqmat shundaki, ajdodlarimiz qabrlariga munosabatimiz, insoniylik, ularni ruhini shod etish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Rassom Fayzullahon Ahmadalievning keyingi yillarda installyatsiya yo‘nalishida yaratgan “Sardoba” va “Darveshning yuragi” kompozitsiyalari Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilib, tanlov tashkilotchilarning mahsus sovriniga sazovor bo‘lgan. Installyatsiya janri tasviriy san’atda uyg‘otuvchi ramzlar vositasida odamzod hayotidagi sezgilar cheksizligini ilg‘ab, hosil bo‘lgan tuyg‘ular to‘lqinini tasvirda jonlantirishdir. F.Ahmadalievning “Sardoba” kompozitsiyasi mazkur janrdagi eng sara asarlardan biridir. Rassom bu asarida insoniyatning kundalik tumushidan tortib, samoviy voqea va hodisalar oralig‘idagi turli intuttiv ruhiy olamni o‘tov timsolida namoyish etadi. “Sardoba”da bir tomchi suv qadri, ya’ni xayot qadri ifoda etilgan. Hovuz tepasida osilib turgan turli qadimiy do‘ppilar va darveshlar esa o‘ziga xos badiiy topilma bo‘lib, ularning aksi hovuz tubida jilvalanib turadi. Bu ramz orqali ko‘z o‘ngingizga ulug‘ zotlar siymosi, ularning xayolot olami namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda mazkur asar Sharq ko‘chmanchi xalqlarining turmush tarzini, hayotini to‘laligicha o‘zida mujassam etgan noyob kompozitsiya deyish mumkin. Gumbazsimon shakl hayot maskani, yulduzlar yanglig‘ cheksizlik hoyasini ilg‘or surish vositasi, ifodaviy yo‘nalish sifatida rassomga qo‘l kelgan. Musavvirning ushbu yo‘nalishdagi “Darveshning yuragi” asari yana bir muhim kashfiyotdir. Shamning darvesh qalbida yonib turishi tasviri ilk bir installyatsiyadagi ifodaviy vosita ko‘lami deyish mumkin. Bu g‘oya tagida buyuk Yassaviy hayoti, umuman darveshlar ruhiyat olami talqin qilinadi. Insoniyat taqdiri, so‘fiyonahayot tarzini rassom o‘zining mazkur asari orqali tasvirlab berishga harakat qiladi. Naqshbandiy kabi buyuk so‘fiylar qismati, ularning ichki dunyosi, fikrlash tarzi rassomga tinchlik bermaydi. Installyatsiya bu yo‘sindagi fikrlarni talqin qilish uchun qulay yo‘nalish bo‘lib, musavvir uning imkoniyatlaridan keng foydalanadi. Har bir millat o‘tmishdagi ilohiy madaniy merosining sir asrorlarini qalb tubida saqlab keladi. Bu rivoyatlar asrlar davomida folklor tizimi bilan birlashib shoir va baxshilarning ijodida, san’atida o‘z aksini topadi. 90-yillarda o‘zbek madaniyatining falsafiy va diniy merosini rassomlar o‘z ijodlarida aks ettira boshladilar. Ruhiy holatlarni aks ettirishga intilgan rassomlardan biri Jamlo Usmonovdir.
Jamol Usmonov asarlarida so‘fizm falsafasiga qiziqish o‘rta asr Sharq shoirlari imom al G‘azaliiy. Attor, A.Navoi, Rumiy asarlarini o‘rganish natijasida shakllandi. Rassomning tushunchasida shoirlar ijodidagi diniy, falsafiy g‘oyalar poeziya bilan xamoxangdir. Rassom o‘zining ijodida shular orqali o‘z fikrini asarga singdirishga harakat qildi. Uning dastlabki asarlarida tabiatdagi ilohiy kuchni, sof ichki hissiyotlarni o‘ta lirik ohanglarda aks ettirgan. Rassom “Yolg‘izlik makoni”, “Ulg‘ayish makoni”, “O‘zini anglash makoni”, “Sevishganlar” turkum asarlarida qushning simvolik obrazini yaratadi.
Jamol Usmonovda A.Navoiy poeziyasiga ham juda qiziqish bilan qaraydi. Jamol Usmonovda A.Navoiy poeziyasiga ham juda qiziqish bilan qaraydi. Yangi asarning g‘oyalarini murakkab diniy poetik simvollar bilan boyitishga A.Navoiyning “Qush tili” asari asos bo‘ldi. Rassom an’anaviy dastgohli rangtasvir kartinadan kontseptual tajriba proektiga o‘tishi birinchi yangilik edi. Masofadagi ob’ektda ko‘k maysa, kuz barglari, ko‘mir, kul kabi vositalarda inson xayoti va tabiatini aks etirgan. “Sarob”, “Tashnalik” proektlarida an’anaviy rangtasvir shaklidan so‘fiy falsafa shakliga o‘tganini anglaymiz. Bu hoyani, ayniqsa, “Ruhiy anglash” proektida ko‘ramiz. Xona burchagida ko‘rqinch, quvonch, ishonsizlik kabi alomatlarni his etib g‘ayritabiiy qiziq holatda turgan ko‘zi ojizlarni ko‘rsatgan. Shunday qilib rassom yangi yo‘nalishdagi g‘oyalarini rivojlantirib, tamoshabinni yangicha anglashga undaydi. 90-yillar boshlarida ijodiy jarayonga kirib kelgan yosh rassom Ortiqali Qozoqovning izlanishlari ijodiy-ruhiy parvozi to‘la ravishda mustaqillik, erkinlikka xamoxang. U qalbidagi barcha his tuyg‘ulari, o‘y-fikrlarini to‘la ma’noda hayotda yuz berayotgan jarayonlarga mutanosib ranglar bilan jilolaydi, kutilmagan kompozitsion uslublar va rangtasvir yo‘nalishlari harakatida ularni ifoda etadi. Rassom ijodining eng muhim yo‘nalishi. Butun ijodiy va ruhiy kuchlariniro‘yobga chiqarish imkonini beradi.
Rassom turmushda, ayniqsa ijodda halaqit beradigan mulohazalardan chetlab o‘tishga xarakat qildi. Go‘zallikning hayotiy, xayoliy kashfiyotlarini ochishga, anglashga intiladi. Rassom unutilgan qadriyatlarimiz, avlodlar ruhi yashirinib yotgan an’analarimizni qayta tiklash borasida qilinayotgan ishlar “Unitilgan hovli”. “Eski tegirmon” kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda san’atkor ajdodlarimiz ruhini shod etmay, kelajakka toza qalb, ruhiy soflanish bilan boqa olmaydi. “Uch baxshi”, “Shoira va gado”, “Opa-singillar”, “Hilol” turkum asarlarida bu yo‘nalish yaxshi ifodalangan. Rassom sharqona xususiyat va xislatlarni qalban teran anglaydi. Rassom kompozitsiya tanlashda, uni echishda erkin harakat qilib, akademik qonun- qoidalari ta’siridan tamoman qutilib to‘la ravishda ijodiy jarayonga kiradi. Ranglarning takrorlanmas jihatlarini kashf etadi. Bu xususiyatlar “Navro‘z natyurmorti”, “Ezgulikka yo‘l”, “Nastarin”, “Nastarin og‘ushida”, “Zebu ziynatlararo” va boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Rassom o‘tmishimizning an’anaviy qadriyatlarini qalbiga singdirib, shu kunda xayotimizda yuz berayotgan yangiliklarni ifoda etishga intiladi. Ortiqali Qozoqov “Sharq va G‘arb”, “Xayolot osmoni”, “Sharqona oila”, “Shodlik sayli”, asarlarida qalbida tug‘ilgan his-tuyg‘ularini jozibali ranglar ohangida kuylaydi.
O‘rta asr faylasuflari zamin go‘zalligining aksi, deb ta’riflagan dunyodagi eng qadimiy shahar Samarqandda yashab ijod qilayotgan rassomlardan biri Asliddin Isaevdir. Uning noan’anaviy yo‘nalishda yaratgan asari “Navro‘z” chet mamlakatlarda bo‘lgan paytlarda safarda yaratilgan. Vatan sog‘inchi, uning mehri, o‘ziga xos tabiati aks ettirilgan. Ona shahar tarixi, an’analari, qadriyatlari va urf-odatlari, qadimiy me’morlik obidalari uyg‘unlikda tasvirlangan. Samarqandning o‘ziga xos fazilatlari kompozitsion milliy urf-odatlarning takrorlanmas lahzalar tasviriy ifoda unsurlari orqali jonli hamda hayotiy talqin etilgan. “Navro‘z” asarida ma’naviyatimizga yaqin bo‘lgan ona-Vatan, uning tabiatni mufassal tarannum etilib, umuminsoniy qadriyatlar ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Inson tasavvuri fazo kabi poyonsiz. Tasavvur insonni voqelikning tosh asridan zamonaviy taraqqiyot pog‘onalariga etaklaydi. Tasavvur muayyan shaklga kirgandagina haqiqatga aylanadi.Ilk musavvirlardan to Kandinskiy, Malevich, Tansiqboev, Volkovlarga qadar tasavvur kuchi bilan yaratilgan shakl yangi voqelik yaratadi. Bunyodkor xalqiga sidqidildan xizmat qilishga bel bog‘lagan har bir mo‘yqalam ustasi ijodining yuqori pog‘onalariga osonlikcha ko‘tarila olmaydi. U mazmundor hayotimizni san’atkor ko‘zi bilan kuzatib o‘rgangach, ijodxonasida kunni tunga, tunni kunga ulab ijod qiladi.
Buyuk nemis shoiri Gyote ta’biri bilan aytganda idealga erishmoqchilik uchun rassom teran asosli, tirishqoq hamda olijanob aql sohibi bo‘lmog‘i darkor. Asari elga manzur bo‘lsa, ilhomi jo‘sh urib, kelgusi mavzularga ko‘l uradi. Har bir qadam tebratayotgan rassomning o‘ziga xos uslub, salohiyat darajasi mavjud. Iste’dod egasi boshqa birovlarni, ular qay darajada buyuk bo‘lishidan qat’iy nazar takror qilmaydi, ustozlarni esda tutgan holda o‘ziga xos yo‘l izlaydi va Vatan kuychisiga aylanadi. Ona sayyoraga uning bir vakili sifatida yuksak minbardan qaraydi. Hayot, bu cheksiz kurashlar, rivojlanishlardan iborat. Tabiat qalblarni cho‘ktirmay madad beradi, ruhlarga ilhom bag‘ishlaydi. To‘la qonli ifodalangan realistik tasviriy san’at asarlarni yaratish mo‘yqalam ustalarining oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Insoniyatga og‘ir damlarda ham, quvonchli lahzalarda ham tasviriy san’at asari juda zarurdir. Negaki, san’at asari har nafasda zarur ekan, u mangulikka dahldordir.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin