Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


-yil Doktorlik dissertasiyasi mavzu:“O‘zbekiston mustaqillik yillarida qalamtasvir taraqqiyoti” ilmiy rahbar A.Madraimov



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə32/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

2016-yil Doktorlik dissertasiyasi mavzu:“O‘zbekiston mustaqillik yillarida qalamtasvir taraqqiyoti” ilmiy rahbar A.Madraimov.
Mavzuga asosan “Qalamtasvir” o‘quv qo‘llanmama, (2009),“Akademik qalamtasvir asoslari» o‘quv qo‘llanma (1918-2023yillar), darslik yil 2023 tayorlanildi vazirlikka taqdim etildi.


R Djalilova tasviriy san’at tur va janr asarlari dunyo miqyosi galereya va shaxsiy kolleksiya, muzeylardan joy olgan.

  1. 2022-yil Yevropa tasviriy san’at xalqaro tanlov, festivallari faol ishtirokchisi. “Sunny coast of Sreeco”,“Vodil manzarasi” ga 1- darajali Diplom bilan taqdirlandi.

  2. Oltinchi Rossiya xalqaro tanlovi FMDK “Rossiya iste’dodlari”, “Eng yaxshi taqdimot” “San’atdan ilhomlanib” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi nominatsiyasi Kubok medal bilan taqdirlandi.

  3. San-Peterburg, Berlin, Germaniya “O‘zbekiston yangi san’at tarixidan ilhomlanib” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi loyiha taqdimoti monografiyasi, Grand priz oltin medal bilan taqdirlanildi.

4 Fransiya “Yordon” rangtasvir asar, Grand priz kubok orden bilan taqdirlandi. 5.Turkiya, Amerika, Koreya Samarqand, Farg‘ona Xalqaro respublika tanlov konfretsiya, pedagogik loyihalar faol ishtirokchisi.
6.Farg‘ona viloyat ijodiy uyushma a’zolari xamkorlikda kuplab shaxsiy va umumiy kurgazmalarga muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.120ta

O‘zbekiston yangi tarix san'atidan ilxomlanib” Ijodiy shaxsiy kurgazmasi


2019-2023yillar Toshkent, Farg‘ona ijodiy uyushmalarida utkazildi.

2003-2022 yillar bayram davlat dasturiga asosan ko‘plab shaxsiy va yoshlar ko‘rgazmalari o‘tkazidi. “O‘zbekiston yangi tarix san'atidan ilxomlanib” nomli shahsiy ko‘rgazma yangi tarix kompozitsiyasi janrlarni turli hayotiy voqiyalar, maьum tassurot, turfa zamon obrazlar, borliqni ko‘rinarli shakil va kenglik olami asosi tasvirlangan. Kompozitsiya so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, «kompositio», ya'ni predmetlar bo‘laklarini solishtirib, ma'lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish bayon qilish, kompozitsiya tuzish demakdir[7.257].


Kompozitsiya san'atning hamma turlarida mavjud: adabiyot, teatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san'at, arxitektura va hokazo. Tasviriy sanьat janrlari: Natyurmort- frantsuz tilidan olingan bo‘lib nature-morte jonsiz tabiat degan maononi bildiradi. Gul, meva, qushlar, ro‘zg‘or buyumlari, ayrim mehnat qurollari, dasturxon tasvirlanadi. Natyurmort tasvirlashda perespektiva, soya yorug‘liklar, mavzuga asosan tusli, chiziqli tasvirlash milliy kuyilmani quyishga ahamiyat berish kerak [ 3.19.20.21.24].
Natyurmort asarlari qadimdan ma'lum. Uning paydo bo‘lishi tasviriy san'atda realistik uslubning barpo topishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq.
Natyurmort namunalari qadimgi Misrda devorga ishlangan freskalarda Ellinizm davri mozaikalarida uchraydi. Ayniqsa XVII-asr Xitoy san'atida natyurmort mustaqil janr sifatida qaror topdi va taraqqiy etdi.
X-XI-asrlarda yashagan Chjan Syan, Soy Bo kabi Xitoy rassomlari natyurmort asarlarining nozik namunalarini yaratgan.XVII-asrgacha Yevropa san'atida natyurmort mustaqil janr sifatida qaror topmagan, lekin rassomlarning iloxiy va maishiy mavzulariga bag‘ishlangan asarlarida natyurmort ham ko‘zga tashlanadi. XVII-asrdan boshlab natyurmort asarlari realistik tasvirlash san'atda insonni o‘rab olgan «Tilsiz tabiat». Shuningdek, kishilardagi oddiy narsalarga va buyumlarga estetik ko‘rsatish bilan diqqatini jalb etadi. XVII-asr italyan rassomi M.Karovojaning «Meva solingan sabzavot» asar bu janrga qiziqish xavasini kuchaytiradi. Natyurmort sohasida J.B.S.Sherdan (XVIII-asr) inson mehnatini va ijodini ulug‘lovchi «san'at atributalari» degan mashxur natyumortni yaratdi. XIX-asrga kelib natyurmort biroz inqirozga yuz tutdi. Rus rassomlarida natyurmort XVIII-arslarda yuzaga kelgan bo‘lsada, bu janrga uncha e'tibor berilmagan edi. Lekin XX-asr boshlarida rus rassomlari yuqori pog‘onaga ko‘tardilar. K.A.Karovin, M.E.Grabr, A.Ya.Galovyan va boshqalar demokrativni va impressionizm ruhidagi natyurmortlar yaratishdi. Realizm san'atida natyurmort munosib qadrlandi va taraqqiy etdi. P.P.Kanchalovskiy, I.I.Malikov, A.I.Gerasimov, M.S.Saryan to‘kin mevalar, gullar va boshqalarni mohirona tasvirladilar. O‘zbekistonda natyurmort janirida ijot etgan rassomlar V.Ufimets, M.Kurzin, Z.Kavalevskaya, Yu.Elizarov, Kashina, R.Axmedov, Yu.Toldikin kabi o‘nlab natyurmort ustalari yetishdi[8.18.19.] Natyurmort - jonsiz tabiat, lekin natyurmortda jonli hayot nafasini sezamiz. Natyurmort kompozitsiyasini ta'circhan chiqishi uchun yagona mavzudagi bir-biriga munosib va mos narsalar tabiiy bog‘lanishda qo‘yilishi kerak. Natyurmort tarkibiga kiradigan narsalar estetik ta'sirchanlik talablariga javob beradigan, shakli, hajmi, materiali, sirti (fakturasi) rang va och-to‘qligi (tus) bilan bir-biridan farq qilish kerak. R Djlilova ijodi O‘zbekiston rang barang mevalari gullari, milliy buyumlari uning ijodini asosi xisoblanadi. “Kuz mevalar”, “Kuz gul va mevalar”,“Anorlar”,“Ashqavoq va milliy qumg‘on”,“Baliq”,“Gullar”, «Buton va karzinka» tabiat inom etgan O‘zbekistonni tukin sochin mevalari dasturxon tukin sochin rang-barang ko‘rinishi orqali o‘z aksini topgan. Portret “Avtoportret” obrazi oila, ona-ota,opa-singil, aka-uka, jiyanlar kelajakka farovon xayot, guzalik ramzlari sadoqtli baxt. “Ona oshga tayyorgarlik”, “Ona va qizaloq”, “Sumalak” opa-singillar, “Avtoprtret shogirtlar davrasida “Ona ug‘il”, Quchqorchi xovli”, “Avtoportret anorlar”, “Quchqorchi xovli kelin va ota”, “Ota-ona kartoshka terimi” kuz manzarasi kompozitsiyalari turli kurinish va xolatlarni rangtasvir aks etirgan. Tarixiy janr utmish voqialari “Minyatura saxroda”, A.Navoiy A Temur, Z.Bobir, M Ulug‘bek, “Sherali Jurayev”,“Vrach”,“Sanjar” Inson predmetlar shaklini faqat soya va yorug‘ kontrastik orqali sezadi va o‘z ongiga singdiradi. Realistik san'at haqiqatni to‘g‘ri ifoda etib qolmay, rassom his tuyg‘ularini, estetik go‘zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi. Rangtasvir kontrast qarama-qarshi issiq va sovuq ranglar mavjud. Qarama-qarshi ranglar bir-biriga yonma-yon tursa, ranglar kuchi ko‘yadi. Qizil-yashil, ko‘k zargaldoq, oq-qora va hakozo. Kompozitsiyaning tuzilishida «Psixologik kontrastlar» ham mavjud. Badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiya yechimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.
Portret kompozitsiyalari obrazlari rassom ijodining kompozitsiya fikr his-tuyg‘u shodlik kechinmalari tevarak atrofni kuzatishga undaydi. FarDU professor “Turg‘unoy Egamberdiyeva poxta terimi” xayot voqiyalarini karab, kuzatib tasvirlanilgan.
TSMGyo‘nalishi talaba va o‘qituvchilari terim jarayonlari kartinasi nihoyatda ko‘p sonli talabalar paxtani Marg‘ilon Yozovon dalalari Fermer birgadirlar tomonidan paxtani tortib olish tasvirlangan bo‘lib, har bir kishi xarakteri, ijobiy obrazlar orqali qarama - qarshiliklar, O‘zbekistonda “Oq oltini nobud qilmasdan terib olishga barchani jalb etilganligi. TEgamberdiyeva kamissiya a'zolari bilan paxtani namligini teshiryapti. Xar bir soxa vakillari ixtiyoriy o‘zini xisasini qushishi ona vataniga bo‘lgan muhabbatni mehnat faolyatida o‘z ifodasini topgan. Talabalarni paxtani tozalik, namligi sifat foizi yuuqori darajasiga bog‘liqligi xaqida suhbat jarayonlari aks etirildi. Kompozitsiyada yaxlitlik belgisi qonuniga rioya qilinganligi sababli, san'at asari bo‘linmas bir butun bo‘lib ko‘rinadi. Kompozitsiya haqiqat qonuni- asosan uchta belgi bilan ifodalanadi. Birinchi belgi bu badiiy asarda sodir bo‘layotgan voqeaning o‘ziga xoslig markazidir. Kartina insoni kuzatishga, paxta terimi oq oltinga xurmati vatanini sevishga, dala toza xovo manzarasi talaba yoshlar va murabbiy pedagoglar xayoti aks etgan. Davir talabi obrazi orqali insonni dunyoqarashi xarakterini tabiat kurinishini urganib tasvirlagan “Shoxi –zinda”“Toshkent eski shaxar”, “Zamonaviy “Xalqlar dustligi” madaniyat saroyi, Toshkent “Eski shahar va yangi” qurilishlar “Halqlar dustligi” madaniyat saroyi 1980y Arxitektor Yevgeniy Razanova loyxasi asosida qurilgan.O‘zbekistoning eng chiroyli Toshkeni shaxrining markazida joylashgan. 1990 yillar Xalqimiz turli millatlar dustlik, anьalari bayramlar, turli kontsertlar uchrashuvlar, festivallar tadbirlar shu binoda o‘tkaziladi. Rassom manzarasi shahar va me'moriy obidalarni kuplab rangtasvir ustida izlangan.“Vodil”,“Chimiyon anxor “Quchqorchi xovli kuz”, “Shahmardon” , “Yordon” manzaralaridir.
Nafis tasviriy san'at 5ta asosiy elementlardan iboratdir. Bu elementlar buyum shaklini, rangini, yoritilishini, yasalgan materialni tasvirlayotgan narsaning qanday sharoit va muhitda ekanini tasvirlashda namoyon buladi. Nafis tasviriy san'at manzara asarlarida kolorit-nafis ranglarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvi ritm, proportsiya, rang havo perspektivasi va hokazolar katta ahaimiyatga ega. Shahsiy kurgazmadagi kompozitsiya rangtasvir asarlari insonni, rassom ilxomi guzallikka shunchaki qaramay, undan butun olam rang olami orqali badiiy tasviriy qiralari mujasam ettirilgan. Rassom borliqni obrazli yangi tarix g‘oyasi orqali kuzatib aks etirilgan asar g‘oyasi xozirgi va kelajak avlod tasavvuri uchun xizmat vazifasini utaydi. “O‘zbekiston yangi tarix san'atidan ilxomlanib” kurgazma musavvira pedagog murabbiy shahsiy ko‘rgazmasi va “Tas'viriy san'at”tugarak a'zolari ijodi o‘ziga xosdur. Ko‘rgazmaga ishtirok etgan talabalar: Shokiraliyev Aslidin, “Buyuk simolar”, “Farhod va Shirin”, “Xorazim Ichan qala” portret va manzaralari ijodiy kompozitsiya talabaning tasviriy san'at kompozitsiyasi tarixiy davir va xozirgi kun qahramon va buyuk simolar xayoti va ijodiga qiziqishi ranglarni qullashi, ijodiy bayram tadbirlar plakat tasvirlashi bilan talabalar ichida faol ishtirokchilardandir.
Fozilova K “Amir Temur” portretni aniq rang va qalamtasvir metodlarini aniq realistik yunalish asosida moxirlik bilan tasvirlagan, Aripova M “Gullar”, Abdunazarov S manzara natyurmort, A Novoiy portret, “Natyurmort”, Sobirova N “Natyurmort kuz ”, Karimov I “Natyurmort kuz” “Natyurmort”,Toshboyeva T Natyurmor “Kuz va mevalar gular” is'tedodli talabalar rangtasvir va qalamtasvir nomoish ettishdi. Yoshlar o‘z asarlarini yangi tarix qarashi, yangi g‘oyalar ustoz-shogirt an'analarini ijod va mustaqil ta'lim faolyati usishida ustozlarni xisasi kattadir. Yoshlarni olijanob inson, mehribon insonparvar odamiylik. Inson o‘zini ahloqiy burchini anglamay turib o‘zini anglay olmaydi, deydi. Inson o‘zini o‘zidan topadi. Konfutsiy 1chi taьlimoti
Maftunkor tabassum go‘zal naqadar,
Shahlo shu ko‘zlar chaqnoq naqadar
Husinga husun qo‘shilar, magar,
Tabiy yuzga sal berilsa ranggar”
“Bu avval oddiy mato so‘ngra esa unga tushirilgan tasvirdir” [9. 32.33]
Xulosa qilib: Tasviriy sanьat janrlari: “O‘zbekiston yangi tarix san'atidan ilxomlanib” nomli shahsiy ko‘rgazma yangi tarix kompozitsiyasi janrlarni turli hayotiy voqiyalar, maьlum tassurot, turfa zamon obrazlar, borliqni ko‘rinarli shakil va kenglik olami asosi tasvirlangan. Yangi tarix g‘oyasi, naturani kurish, rangni tug‘ri tasvirlashni qullash,perespektiva, inson portret qomati pisixalogiyasi, anatomiyasi ijodiy tatqiqotlar asosi maqsudidir. Xar bir asarda rassom pedagogni dunyoviy qarashi, rangtasvirda aks ettgan. Mutafakur Konfutsiy suhbat va mulohazalar. O‘zlikni anglash taьlimoti beshta xislatga amal etishgan. “O‘zingga ravo ko‘rmaganni o‘zgaga ham ravo ko‘rma” shiori g‘oyalarining markazida turadi[9.8.9]. Ijodkorlik insondan mexnatni talab qiladi. O‘z mualiflik asari ustida izlanish, xar bir asarni o‘z qarashlarda aks etirsagina u haqiqiy ijodkor xisoblanadi. Taniqli O‘zbekiston, Yevropa buyuk rassomlari ijodi bunga misol buladi.Yoshlarni ma'naviy shakillanishida ijodkor shaxsiy ko‘rgazmasi namunalari natura, fikir, rang, qalamtasvir rassom, pedagog, tadqiqoti, mahorati ilxomlantiradi.
R Djalilova O‘z bek ayoli obrazini “Uvaysiy” kompozitsiyasi tamoillari, insonga diniy va falsafiy pok tuyg‘udagi ayol obrazi gavdalanadi. Tasvirlangan kompozitsiya asarni g‘oyasi xotin-qizlar xayotini kuylayotgan shoira Uvaysiy, anorni ichini o‘z she’riyati va qarashlari bilan qo‘rqmay kurashga chorlovchi obraz misolida yoritildi. Albatta oilada xotin- qizlarimizni o‘rni judda kottaligi, ikki ayolni boshidagi savati orqali tasvirlanib, xayotdagi qiyinchiliklarni, og‘irlikni boshida kutarib, engayotgan obrazlar, o‘z aksini tobdi. Fasillar bilan xamnafasligi, inson xayotidagi o‘zgarishlar bir xil emas. Xar doim qiyinchiliklar, tusiqlarga nisbatan kurashab yashaydi. “Xayot quvonchlari va tashvishlari” deb bejiz aytilmagan: G‘oyada xam quvonch xam tashvishlarni engan, kurashgan qizlarimiz, ayollarimiz obrazida o‘z aksini topdi. Uvaysiy nazmida ayol muhabbati, ayol sevinchu iztiroblari, ayol zaifligi va nazokati ayollarcha nafosat bilan tasvirlangan. O‘zbek adabiyoti tarixida anorning salomoqdor ijtimoiy mazmun bilan yo‘g‘irilgan ilk hayratomiz talqinini otashqalb shoira Uvaysiy ijodida ko‘ramiz. Uvaysiy va uning zamondoshlari qismati shoira anor to‘g‘risida manzara she’r yaratish bilan cheklanishga imkon bermas edi. Uvaysiy qalbidan har bir misra tabiiy ravishda dard, alam bilan omuxta quyilardi. Shu boisidan, uning anor haqidagi mashhur chistoni obrazli tasvir tasvirlaildi :
Bu na gumbazdir: eshigi , tuynugidan yuq nishon,
Necha gulgunpo‘sh qizla manzil alabdur makon .
Sindirib gumbazni, qizlar holidan olsam xabar,
Yuuzlrida parda tortiliq, tururlar bag‘ri qon.
Oddiy bir meva timsolida butun bir boshli zamona, ijtimoiy muhit va zamondoshlar dardini tasavvur qilish hamda uni shundaiin ixcham she’rda ifodalay olish ulkan salohiyat va ju’ratdan dalolat beradi.U anorning shaklini gumba, anor donalarini gulgo‘n po‘sh qizlar,anor donalari ustidagi nozik pardani o‘tmish o‘zbek xotin- qizlari yuuziga tutilgan yopinchiq, anor donalari qontalashligini xotin -qizlar yuurak- bag‘ri qontalashganligini xotin qizlar yurak bag‘ri qonligi kabi obrazli ifodalarda ramziylashtirildi. Anor shoirani gohida xotin qizlarni asriy tengsizlik va tutqinlik iskanjasida saqlangan mubhim gumbazda aylanadi. Feodal muhitning fe’li tori sathi keng bu gumbazga sig‘magan shoira uni anorning ushoqqina jussasiga sig‘dirga. Anornin shaffof donalari Uvaysiy xayolida zamonnaning gulgo‘n-po‘shti ayollarni gavdalantiradi. Shoira shuni ham tuyadiki, bu nochor qizlarni yorug‘ dunyoga chiqarish, ularning dardlariga malham qo‘yish, hech bo‘lmasa, hol ahvoldan ogoh bo‘lishning hech bir imkoni yo‘q. Chunki bu gumbazning na eshigi, na to‘ynigi bor. “Yuzlarida parda tortig‘liq”, bag‘ri qon bu qizlar holiga chora topishning biridan bir yo‘li jaholat gumbazini sindirishdir. Gumbazga nisbatan sindirmoq fe’lining qo‘llanilishi oddiy yoki tasodifiy hodisa emas. Shoira bu bilan o‘z va zamondoshlarining norozilik hamda intiqom tuyg‘ularini, feadal mhit gumbazi singdirishga, emirilishga mahkum ekanligini ifodalashga erishgan. Uvaysiy she’riyatida ilohiy muhabbat tasviri, tasavvufiy ramziy timsollarga keng o‘rin berilgan.
Tarixiy janr o‘tmishdagi voqea hodisalar buyuk siymolar hayoti asosida badiiy kitoblardan ilmiy nazariy o‘rganilib amaliy izlanishlar asosida kompozitsiya yaratiladi. Tarixda yuz bergan voqealarni o‘zida aks ettiruvchi asarlar ko‘pincha tarixiy kartina deb ataladi. U mustaqil janr sifatida «Uyg‘onish davrida vujudga kelib, XIX asrda yanada keng rivojlandi. Qaysi mavzuda asar yaratishdan qatiy nazar, avvalo chuqur fikrlash lozim shu bilan birga qobiliyat, mahorat, go‘zallik hissiyotini ishga solish ham zarur.
Rassom ommaning go‘zallik, estetik talablarini aks etgiruvchi va unga badiiy madaniyatni olib kiruvchi shaxsdir.
R.K.Djalilova ijodi o‘zgacha milliy g‘oya O‘zbekistonning go‘zal tabiatni natyurmort janirini zamonaviy yo‘nalishlar tamoyillarida falsafiy estetik mushoxada etib, yorqin milliy rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ijodida gul, mevalar, sabzavotlar, milliy buyumlar xalq amaliy san’atini asarlarida tasvirlash etakchi o‘rinni egallaydi. “Kuz ne’matlari”, “Samovarli natyurmort”, Mehmondo‘st o‘zbek xalqining go‘zal boy noz ne’matlari “Dasturxon”,”Milliy o‘y ruzg‘or buyumlari”, “Rassom ustaxonasi”, “Samavarli natyurmort”, “Intererda natyurmot” O‘zbekistonni serquyoshligi tabiat in’om etgan mevalarni rang-barangligi insonni hayotidagi go‘zal kayfiyat tamoyillarida o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi. Ranglarda ko‘tarinki nozik yorug‘ qizil, ko‘k, yashil, sariq, oq poklik beg‘ubor hayot falsafasini go‘zalikka qiyosiy ramziy timsollarda uni avaylash, asrash, kabi g‘oyani o‘z oldimdagi maqsad deb biladi.
Natyurmortida tabiat inomlari orqali o‘z aksini topgan. Milliy taqinchoqlar”, Bahordagi gullarni natyurmort janrida tasvirlanishi ramziy-mijoziy manolarni: yangilanish, yasharish, guzallik, latofat,ko‘ngil va tabiatning mushtarakligini namoyon etilgan. “Ayol qalbi”, o‘zbek ayollarini gulday nozik qalb egasi ekanligini ramziy tamoyillar g‘oyasida, Nastarin, kuz, quyosh, milliy naqsh elementlari, soch turmaklari natyurmort janrda Abstrakt yo‘nalishida falsafiy va estetik tamoyillar kategoryasida o‘z aksini topib dunyodagi go‘zal xissiyotlardan emotsional ta’sirlanib kompozitsiya uslublarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashdan iboratdir. Hozirgi kun talabidagi badiiy - estetik turkumidagi fanlardan kompozitsiya fanini natyurmort janrini ilmiy nazariy va amaliy o‘rganish ta’lim standartining yaratilishi oliygoh va kollejlarda, littsey, maktablarda tasviriy san’atni yanada rivojlantirish va talabalar o‘rtasidagi bolalar ijodini rivojlantirish milliy o‘zbek san’atini jahoning hozirgi zamon ilg‘or san’atni, tarixini madaniyatini kengroq o‘rganib ularda shaxsni estetik, axloqiy mehnati tarbiyasini rivojlantirishdan iboratdir.
Asar taxlili. “Ayol qalbi” asarida tabiyatga munosabatning aks etishi.Ayol qalbi charog‘on chiroqqa o‘xshar. Ollox ayol kishini har tomonlama mukammal va go‘zal etib yaratgan. Tarix sahifalarni varaqlaganimizda ayollarimiz milliy madaniyatimiz rivojida o‘zining aqli va donoligi bilan jahonga mashxur Soxibquron Amir Temirning rafiqasi Saroy Mulk xonim- Bibixonim zamonasining yuuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aqil-zakovat sohibasi, xusun-latofat bobida ham benazir edi. Saroy Mulk xonim insonparvar, vatanni sevuvchi, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslaxatlari bilan qatnashib turgan. Ayniqsa ilim -ma’rifatga alohida e’tibor ila qarar, tolibi ilimlarga xomiylik qilardi. Gulbadanbegim, Uvaysiy, Nodira, Zebinsobegimlar o‘z zamonasining oqila va zo‘kko ayollari, o‘sha muhitning barkamol ziyoliylari edilar. Sh’eriyat qo‘shiqlarda o‘z yoriga, vatanga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini ko‘ylaydilar. Shunday ekan, o‘zbek milliy madaniyatimiz tarixida ularning hissasi kotta bo‘lgan.
Men bir san’at shaydosi, rassom sifatida hozirgi kun ayollarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rnini estetik-falsafiy mo‘shohada etib “Ayol qalbi” nomli asarini tasvirladim. Unda yuuksak dunyoqarashga ega ayol obrazini yaratishga harakat qilib, uning tabiiy guzalligini, eng muhimi, ayol va tabiat muammosini yoritishga tasvirlashga harakat qildim.
Hayot boqiy va cheksiz, unda go‘zallik bilan bilan birga noxush voqea va hodisalar, qarama-qarshiliklar, salbiy va ijobiy tasavvur uyg‘otuvchi narsalar qizga tashlanib turadi. Asarda mana shu murakkab voqelik ranglar uyg‘unligi, shakillar va uslubiy rang baranglikda tasvirlangan. Asar mazuni asosan kompozitson usullarni qo‘llashdan kelib chiqadi va baxor, suv, nastarin guli, quyosh, kuz qorachig‘i, naqqsh ranglarning sovuq issiq mutanosibligida ishlangan.
Har bir hodisa hayotda o‘z o‘rniga ega va muayyan vazifani ramziy belgilar orqali yoritilib berish bilan asar mazmunini yoritishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, men asarda hayotning abadiyligi haqidagi ko‘tarinki ruhni tasvirlashga harakat qildim. Asar fondida yorqin quyosh nuri barq urib yashayotgan hayot ramzi sifatida tasvirlangan. Asarda bugungi ayollar va yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, san’atdagi yuutiqlari rassomlik ko‘zi bilan tasvirlandi.
Asar bekorga “Ayol qalbi” deb nomlanmagan, uning g‘oyasi o‘tmish- hozirgi kun -porloq kelajakning o‘zaro aloqadorligini umumlashtirib, yoshlarni bu g‘oyalarga umid va ishonch bilan yondoshishga davat etadi. Kompozitsiya markazida bahor fasli tasviri turadi, tabiyatdagi o‘zgarish va go‘zallik inson hayotini tabiyat bilan bog‘lovchi muhabbat hissi bilan to‘lib- toshgandir. O‘ylaymanki, “Ayol qalbi” nomli rassomlik asarim yoshlarning tabiyatga ma’naviy-estetik munosabatini shakillantirishda muhim tarbiya rolini o‘taydi.
___________________________________________________________________________
I. Islom Karimov.O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li.Toshkent O‘zbekiston. NMIU2007.
II.Islom Karimov “Yuuksak ma'naviyat yengilmas kuch”.T “Ma'navyat” 2008
III. Boymetov B, Abdurasulov S.“Chizmatasvir” o‘quv qo‘llanma. G‘ofur G‘ulom tomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2004
IV.Rahim Hasanov. «Tasviriy san'at asoslari”. G‘ofur G‘ulom tomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2004
V. G‘.Abdurahmonov “Kompozitsiya ”. Toshkent 2009.
VI.T.Maxmudov.Abdulxak Abdullayev. G‘ofur G‘ulom tomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-1982.
VII.N Abdullayev. “ San'at tarixi” ikki tomlik 1 tom . Toshkent-“O‘qituvchi” nashiryoti -1987.
VIII. R Djalilova.“Kompozitsiya ”. o‘quv uslubiy qo‘llanma. Farg‘ona 2012.
IX. I. G‘ofurov.Konfutsiy. suhbat va mulohazalar.Toshkent.2014.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin