Eksponat — lotin tilidan olingan bo‘lib, "ko‘rgazmaga qo‘yilgan" degan ma’noni bildiradi. Tasviriy va amaliy san’atda namoyish etilayotgan asar tushuniladi.
Emblema — yunon tilidan olingan bo‘lib, "biror g‘oyani shartli tasvirlash" ma’nosini anglatadi. Masalan, kitob tasviri - ma’naviyat va ta’lim belgisidir.
Eskiz — frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "xomaki tasvir" ma’nosini anglatadi. Rangtasvirda u bo‘lg‘usi asarning kichik o‘lchamdagi xomaki ishlangan namunasi. Unda surat kompozitsiyasi, mazmuni, ranglari, asosiy detallar tasvirlanadi.
Estamp — grafikaga doir mustaqil asar. Ular gravyura uslubida ko‘p nusxada tayyorlanadi va ish muallif — rassomning ko‘rigidan o‘tadi. Zarur bo‘lgan taqdirda, ularga qisman tuzatishlar kiritiladi va ish tagiga rassomning shaxsiy imzosi qo‘yiladi. Estamplar oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin.
Etyud — bu so‘z frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "mashq qilish" ma’nosini anglatadi. Etyud rassomni kelajakda biror asar yaratishida, dastlabki tayyorgarlik bosqichidir. U tasviriy san’atning deyarli barcha janrlarida ishlatiladi. Bir surat uchun ko‘plab etyudlar ishlanishi mumkin.
Etyudnik — rassomning ish qurollari va materiallarini solib yuradigan qutisi. Unda mo‘yqalam, bo‘yoq, qog‘oz, karton va boshqa shu kabilar saqlanadi. Etyudnik rassomga manzara, portret, etyud ishlaganda molbert vazifasini ham o‘taydi.
Etiketka — (yorliq) grafikaning bir turi bo‘lib, ko‘pincha unda sanoatda ishlab chiqilgan mollar haqida ma’lumotlar yozilib, etiketka mahsulot ustiga yopishtirib qo‘yiladi. Namoyishga qo‘yilgan yoki muzeylarda saqlanayotgan tasviriy san’at asarlarinish ham etiketkalari bo‘ladi. Etiketkalarda asarni yaratgan muallifshshg ismi-sharifi, uning nomi, yaratilgan yili, asar qanday materialdan ishlanganligi yozib qo‘yiladi.
Ya Yakuniy bezak — bu atama kitob grafikasiga mansub bo‘lib, uning bob yoki fasllari, qismlarining oxirida beriladigan tasvir. Ular naqshli yoki mazmunli bo‘lishi mumkin.