Yarim soya — turli-tuman mavjudot va narsalar tanasidagi, shuningdek, ularning tasviridaga yorug‘ va soyalari o‘rtasidagi qismi.
Yashil — rang nomi, to‘q barg rangi.
O‘ O‘zbekiston Xalq rassomi - O‘zbekiston tasviriy san’atini rivojlantirishda ko‘plab xalqqa manzur, yuksak badiiy saviyada asarlar yaratishda ko‘rsatgan katta xizmatlari uchun rassom va haykaltaroshlarga hukumat tomonidan beriladigan unvon.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi — O‘zbekiston san’ati (musiqa, teatr, kino, me’morchilik, tasviriy va amaliy san’at va boshqa)ni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ko‘plab yuqori badiiy saviyadagi san’at asarlarini yaratganligi uchun san’at namoyandalariga hukumat tomonidan beriladigan unvon.
Q Qo‘shimcha ranglar - asosiy ranglar hisoblangan qizil, sariq, zangori, shuningdek, oq va qora ranglardan tashqari barcha ranglar.
Qoralama - qora qalam, retush, ko‘mir, sous, sangina kabi ish qurollari bilan tez va qisqa vaqg davomida bajariladigan xomaki rasm.
H Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi. Bunda odam, hayvon va qushlarning hajmli tasviri turli materiallar yordamida sinaladi. Haykaltaroshliqda ko‘pincha tosh, yog‘och, loy, gips, metall va shu kabi materiallardan foydalaniladi. Uning mayda plastika, terrakota, dastgohli haykaltaroshlik, mahobatli haykaltaroshlik, istirohat bog‘i haykaltaroshligi, dekorativ haykaltaroshlik kabi turlari bor.
Hajmli kompozitsiyalar - haykaltaroshlikda, amaliy san’at va me’morlikda qo‘llaniladi. Buvday kompozitsiyalar uch o‘lchamli bo‘lib, ularni har tomovdan kuzatish mumkin.
Hajm (relef) perspektivasi - har qanday narsalar kishi ko‘zidan uzoqlashgan sari faqat o‘lcham, rang jihatdan emas, balki relef perspekgivasiga duch keladilar. Bunda predmetlar o‘z hajmini yo‘qotib, yupqa bo‘lib ko‘rinadi.
Haykal - haykaltaroshlik mahsuli bo‘lib, ular loy, tosh, yog‘och, temir, mum kabi materiallardan hajmli qilib ishlanadi. Haykallarni yumaloq va relefli turlari bo‘ladi.