Nazorat qiluvchi o‘lchov asboblari: Avtomatik nazorat qiluvchi va boshqaruvchi ma’lum sinfdagi o‘lchov asboblari
Energiyani o‘lchash asboblari. Ko‘pchilik korxonalar energiya iste’moli hisobini aniqlovchi asosiy o‘lchash tizimini o‘rnatishgan. Bir oy davomida iste’mol qilingan energiyani o‘lchash, uchun qanday iste’mol qilinayotganligini bilish yetarli emas.
Shuning uchun turli zonalardagi va ishlab chiqarish modullarda energiya sarfini o‘lchashda energiya iste’moli haqida ishonchli ma’lumotlar olish uchun turli usullarni qo‘llash talab etiladi. Hozirgi paytda neft, gaz, issiqlik va elektr energiya iste’molini o‘lchash uchun hisoblagichlar ishlatiladi.
Elektr yuklamasi yuqori bo‘lgan ko‘pchilik korxonalarda 3 modifikatsiyali energiyani nazorat kilish va hisoblashning informatsion–o‘lchash tizimi–IISE–3m o‘rnatilgan.
“Alfa” turidagi elektr hisoblagichlar, shaxsiy kompyuterlarga ulanib W’, I, U, W elektr energiya, tok, kuchlanish va quvvatni sutka va yillar davomida o‘lchab xotirasiga, ya’ni perfokartaga yozib boradi.
1. Taftish qilishda ko‘tarib yuradigan o‘lchov asboblari. Korxonalarda o‘lchanadigan asosiy parametrlar quyidagilar:
a). Harorat.
b). Bosim.
v). Gaz aralashmasining pechdagi hajmi.
g). Elektr energiyasi sathi.
d). Yoritilganlik me’yori.
Simob yoki 3000ºS gacha o‘lchaydigan boshqa suyuqliklar ishlatiladi. Termometrlar va termojuftliklar (termoparalar) 100000ºS dan ortiq haroratda ishlatiladi. Pirometrlar to‘g‘ridan–to‘g‘ri kontaksiz haroratni o‘lchashni ta’minlaydi. Bu harakatda bo‘lgan buyumlarning haroratini o‘lchashda muhim bo‘lib, 200000ºS dan yuqori haroratni o‘lchashda ishlatiladi.
2. Oqimni o‘lchash. Odatda gaz oqimi tezligini o‘lchashda Pito trubkasidan foydalaniladi. Pito trubkasining ishlash tartibi statik va harakatdagi suyuqliklar orasidagi differensiyaga, bosimni o‘lchashga asoslangan bo‘lib, bular harakatdagi gazning massasi va tezligi, tezlik bosimini hosil qiladi.
Ы=C*F*(2g’)0,5,
Ы–oqim tezligi,
S–oqim koeffitsienti,
F–oqimning ko‘ndalang kesim yuzi,
‘–tezlik bosimi.
3. Bosimni o‘lchash. Manometr yoki elektron differensiallangan bosim kamerasi: 500 mm. sim. ust gacha bo‘lgan bosimni o‘lchashda qo‘llaniladi. Yuqori bosimlar uchun “Burdon” o‘lchash asboblari qo‘llaniladi.
4. Elektrik o‘lchamlar. Kichik elektr o‘lchamlar kuchlanish, tok, quvvat, yuklash koeffitsienti kabi parametrlarni o‘lchashda ishlatiladi. Aktiv–reaktiv energiya hisoblagichlar 3 va 4 simli, nulli yoki nulsiz va tok transformatorlari bilan birga bo‘ladi.
Energiya auditi (tekshiruvi), energiya samaradorligi. Energetik tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” gi qonunining 13–14–moddalariga asosan o‘tkaziladi.
Majburiy energetik tekshiruvga taalluqli tashkilotlarga yoqilg‘i–energetika manbalari iste’molining yoki har bir turlarining yig‘indisi yiliga 6 ming tonnadan ko‘p, yoki 1 ming tonnadan ko‘p motor yoqilg‘isi tashkil qiladigan tashkilotlar kiradi.
Tashkilotlarda energetik tekshiruvlarning 6 xili mavjud (ishga tushirishdan oldin va foydalanishdan oldin: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari, mahalliy, ekspress tekshiruvlar).
Yoqilg‘i–energetika manbalari iste’molchilarini energetik tekshiruvdan o‘tkazish huquqi quyidagilarga berilgan:
–“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va “O‘zdavneftgaz” inspeksiyasiga.
–Energetik tekshiruvlar o‘tkazuvchi tashkilotlarga (bundan keyin–shu xildagi tekshiruvlarga ruxsatnomasi bo‘lgan energiya auditorlar (tekshiruvchilar) ga.
Inspeksiya nazoratchilari muvofiqlashtirish rejasiga asosan ko‘rsatib o‘tilgan tekshiruv xillaridan faqat bittasini–ekspress tekshiruvini bajarishi mumkin. Qolgan tekshiruv xillarini faqat energiya tekshiruvlari (auditorlari) “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq bajarilishi mumkin.
Energiya auditorlari o‘z faoliyatida O‘zR davlat hokimiyati idoralarining me’yoriy–huquqiy hujjatlariga va O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 noyabr “Energetik tekshiruv va ekspertizalar o‘tkazishga oid faoliyatini litsenziyalash haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 504–sonli qaroriga amal qiladi.
Energetik tekshiruv natijalarida tashkilotlar tomonidan yoqilg‘i–energetik manbalaridan foydalanishda aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan, aniqlangan tejash bo‘yicha mavjud zahiralar, energiyani saqlashga doir tashkiliy va texnik qarorlar taklif qilinib, unda istiqboldagi iqtisodning jismoniy va puldagi ifodasi, hamda ularning sotilish narhi ko‘rsatilishi lozim.
Energiyani tejash va yoqilg‘i energetik manbalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiyalar ishlab turgan uskunaning ekologik xususiyatlarini va texnologik jarayonlarini, xavfsizlik darajasi, xodimlar ishidagi qulayliklarni, mahsulot sifati va xatarsizligini pasaytirmasligi lozim.
Iste’molchining energetik salohiyatiga baho berish, ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olib mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi har bir texnologik uskunaning turli ish rejimlaridagi energiya iste’molini asboblar yordamida o‘lchash; energiya ta’minlashning matematik modelini tuzish; eng ma’qul energetik texnologik jarayonni aniqlash; tarkibiga turli kasb mutaxassislari (elektrik, issiqlik–texnik, mexanik, kimyogar, metallchi va hokazolar) hamda asboblar bazasiga ega ixtisoslashtirilgan tashkilotlar berishi mumkin bo‘lgan energiya tejash salohiyatini har bir sex bo‘yicha va yaxlit korxona bo‘yicha baholash asosida amalga oshiriladi.
Mavjud bo‘lgan ekspertlar bahosiga ko‘ra, hozirgi vaqtda yoqilg‘i–energetik manbalarining iste’moli jahon miqyosida yiliga o‘rtacha 1÷2% muntazam barqaror ortib borayotganligi, hamda uchinchi davlatlardan energiya borasida qaramlikning ortib borayotganligi kuzatilmoqda va u 2020 yil istiqboliga ko‘ra umumiy iste’molning 70% ga yetadi. Energiya iste’molining tez o‘sishi avvalambor jahon miqyosidagi ishlab chiqarishi muntazam ko‘payib borayotganligiga bog‘liq.
Shuning uchun energiya iste’molining dinamikasini ko‘rib chiqishda, uning darajasini tafsiflovchi asosiy ko‘rsatkichning o‘zgarishi bilan nisbatlash lozim.
Evropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya iste’molchilarining energiyadan samarali foydalanish siyosatiga o‘tishga majbur qilgan omillar, bu–bozor mexanizmlari (energiya manbalari narhining oshishi energiya samaradorligi texnologiyalarini joriy qilishga darakchi bo‘lgan), hukumat miqyosida kelishilgan va dasturlashtirilgan.
Ushbu davlatlar tajribasining tahlili shuni ko‘rsatib turibdiki, davlat siyosatisiz va energiya saqlash dasturisiz, energetik menejment tizimini yaratmasdan turib, tanglikdan chiqib bo‘lmaydi.
1970 yillardagi neft tangligidan keyingi 15 yillar mobaynida g‘arbdagi sanoat davlatlarining sezilarli manbalari ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan energiyadan samarali foydalanish siyosati natijasida kishi boshiga energiya iste’mol qilish hajmi barqarorlashgan, o‘sha vaqtda milliy mahsulot hajmi qariyb 30% ga oshgan.
Bu natijalar energiya tejash siyosatini tatbiq qilishning texnik va iqtisodiy jihatdan tashkil qilinganligi tufayli olingan.
Agar ushbu davlatlarning energiya iste’moli 1973 yil darajasida qolganda edi, 1986 yilga kelib energiya iste’moli 24% ga oshgan bo‘lar edi.
Iste’molchilarning II–guruhi ajratilgan: Energiya talablar. Energiya ta’minotiga kam harajat qiluvchi yirik sanoat va iste’molchilar.
Birinchi guruhdagi iste’molchilar–sanoatning asosiy energiyaga talabgor tarmoqlari (pul, alyuminiy eritish, kimyoviy moddalar, sement, qog‘oz ishlab chiqarish va hokazolar) qat’iy xalqaro raqobat sharoitlarida, ular energiyadan samarali foydalanishni ta’minlovchi texnologik jarayonlardan foydalanibgina tirik qolishi mumkin bo‘lgan. Ushbu tarmoqlarda shu ishga undovchi sabablar paydo bo‘lgan va energiyadan samarali foydalanish dasturini amalga oshirish uchun ularning asosiy vositalari bo‘lgan. Shunga qaramay, takomillashtirish jarayonini tezlashtirish va milliy nominatsiyalarning raqobat bardoshligini oshirish uchun ular hukumat tomonidan qo‘llab quvvatlangan.
Boshqa sohalarda, shu qatorda qolgan sanoat tarmoqlarida energiya ta’minoti bilan bog‘liq chiqimlar unchalik katta emas, shu sababli ushbu iste’molchilarni zudlik bilan harakat qilishga majbur qilish uchun hojat yo‘q.
Agar o‘sha narhda iste’molchi to‘lashga qodir bo‘lganda edi, unda ehtimol iste’molchining kamayishi ro‘y bergan bo‘lar edi, bunda xizmatlar soni kam berilgan yoki ishlab chiqarishni boshqa xil kam energiya sarf bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan edi. Iste’molchilarning ushbu guruhiga tegishli mablag‘lar berish va rag‘batlantiruvchi shart–sharoitlar yaratish zarur bo‘lar edi.
Keng doirada ochiq mablag‘lashtirish dasturlari, iste’molchilar xulqini shakllantiruvchi va ularni energiya tejovchi texnologiya va uskunalar tatbiq qilishga chorlovchi hukumat miqyosidagi kelishilgan harakatlar amalga oshirilgan edi.
Afsuski, hozirgi MDH mamlakatlarida energiya mamlakatlarida energiya manbalarini samarasiz ishlab chiqarish saqlanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda yoqilg‘i jahon narhidan past bo‘lgan davrda, iqtisodiyot tizimini o‘zgartirish va uni jonlantirishdagi birinchi alomatlar davrida iqtisodiyotning energetik samaradorligini oshirish MDH mamlakatlari uchun juda muhimdir. Energetika holatiga baho berish shuni ko‘rsatadiki, 2000 yildan so‘ng iqtisodiy o‘sish sur’ati oshsa, MDH mamlakatlarida energiya va elektrga talab rivojlangan sanoat davlatlarining hozirgi darajasiga yetishi mumkin. Energiyani tejash ularning energetika siyosatining muhim o‘zaklaridan biri bo‘lmog‘i lozim, MDH mamlakatlarida juda ulkan energiya tejash salohiyati mavjud va kompleks energiya tejash siyosati va yoqilg‘i–energetika manbalaridan samarali foydalanishni oshirish bo‘yicha belgilangan ayrim dasturlarni ro‘yobga chiqarish MDH a’zolari va uzoq xorijiy davlatlarning xalqaro hamkorligida ustuvor o‘rin tutishi lozim.
Energiya iste’molining samaradorligini baholash va uning istiqbolini belgilash energetik menejmentning 3 ta muhim vazifasini yechish uchun zarurdir:
Ishlab chiqarish va energiya eltuvchilar bilan savdo–sotiq qilish strategiyasini ishlab chiqish;
Iqtisodiyotning barcha sohalarida uzoq muddatli davrlardagi energiya samaradorligi va energiya tejash siyosatini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish.
Energiya samaradorlik siyosati bu iqtisodni, ijtimoiy taraqqiyot va mamlakatning milliy havfsizligini barqarorlashtirish shart–sharoitlaridir.
Misol: O‘tgan tarixga nazar solsak, AQSh da 1974–1986 yillar sanoatining energiyani ko‘p talab qilishi har yili 3,7% pasayib borgan, keyinchalik pasayish sur’ati yiliga 1,2% ni tashkil etgan. 1985–1995 yillarda sovitgich uskunalarning energiya saqlash samaradorligi 3–7 marta, muzlatgichlarniki 4–5 marta ortgan. Tejash miqyoslari to‘g‘risida uylarning ommaviy fluoressentli chiroqlarga o‘tilganligidan ham bilsa bo‘ladi. Ular energiya sarflash borasida 4 marta foydali, xizmat qilish muddati ham boshqa oddiy lampalarnikidan 10 marta uzoq. Ushbu lampalarning o‘rnatilishi AQSh da 1995 yilning o‘zidayoq AQShni o‘z IEM lari quvvatini 9,6 mln kVt ga o‘stirish zaruriyatidan qutqardi.
–1990 yil oxirlarida AQSh da yoritish uchun tahminan 500 mlrd kVt/s yoki mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 20% sarflanar edi. Bunda energiyaning 40% qismi lampalarda, 40% lyuminessent lampalarda va 20% katta quvvatdagi gaz zaryadsizlantirgich lampalariga iste’mol qilinar edi.
Yaponiyada birinchi neft tangligidan so‘ng energiya tejash bo‘yicha choralar ko‘rilgan va u yalpi milliy mahsulot energiya talabining 35% ga pasayishga olib keldi.
Biroq, oxirgi 7 yil ichida energiya ta’minoti o‘rtacha yiliga 3,1% ko‘paygan, shuning uchun Yaponiya hukumati 1993 yil “Energiya saqlash to‘g‘risidagi qonun” ni qayta ko‘rib chiqqan va yangi tahrirda quyidagi yo‘nalishlar o‘z aksini topgan:
Umumiy energiyaning 50% ni iste’mol qiluvchi sanoat sektorlarida tartibga solish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Sanoat korxonalari rahbariyati uchun uslubiy qo‘llanmalar (ular uchun standart va me’yorlarni belgilaydi va energiyadan foydalanish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar beradi);
Yiliga 3000 t.u.t. dan ortiq gaz va issiqlik yoki 12 GVt dan ortiq elektr quvvatini iste’mol qiluvchi har bir sanoat va energetika korxonalariga energetik menejment xizmatini ta’sis qilishni yuklash;
Elektr energiyasidan foydalanish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
Korxona rahbari ma’lum bir miqdorda litsenziyalangan energiya menedjerlarini tayinlash lozim va ularning faoliyatiga energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha choralar ko‘rish, hisobotlar berish kiradi.
Energetik menejment xizmatini tashkil qilish lozim bo‘lgan katta korxonalarda zarur bo‘lgan nazorat uskunalari mavjud bo‘lib, ularning o‘zi energiya menedjerlari ko‘magida energiya auditini o‘tkazishlari lozim, 300 kishidan kam ishlovchisi bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarida energiya auditi bepul o‘tkaziladi. Tekshirishda energiya tejash markazidan 1–2 nazoratchi qatnashadi. Masalan: 1995 yil Yaponiyada tahminan 5600 ta shunday tekshirishlar o‘tkazilgan. O‘rta va katta kompaniyalarda shtatdagi energiya auditi tomonidan o‘tkaziladi. 2 yoki 3 ekspert avval dastlabki tekshiruv o‘tkazadi, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonlari mufassal tekshiruvdan o‘tkaziladi. Energiya tejash borasida aniq choralar taklif qilinadi, kutiladigan foyda va zaruriy mablag‘lar aniqlanadi.
Rossiyada 3 ta auditorlik firmalari: “OR GRES”, “VTI” OAJ va “Intexenergo” MChJ o‘tkazgan tekshirishlar quyidagilarni ko‘rsatadi:
“OR GRES” tomonidan 7–IES va 7–to‘lgan qozonxonasi tekshirilganda quyidagilar aniqlangan: haqiqatdan ham tekshirilgan IES larda energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan asosiy ish dastlabki texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarni me’yordagi darajaga yetkazish yoki texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarni me’yordagi darajada saqlashdan iborat bo‘lgan.
Ikkinchi muhim xulosa–uskunaning ishlatilishida bo‘lgan park manbalarining yemirilganligi (isnos), demak unda yuqori harajatli tadbirlar bajarish maqsadga nomuvofiqligidir.
Uskuna ish rejimlarini optimallashtirishni va nisbatan katta bo‘lmagan kapital harajatlar bilan ishlatish tadbirlariga bog‘liq tadbirlar ro‘yxati alohida tavsifga ega.
Energetik tekshiruvlar yakuni bo‘yicha chiqarilgan hujjatlar katta ahamiyatga ega. Ulardan asosiysi energetik pasportdir va u barcha manfaatdor idoralar bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Ushbu pasport bo‘yicha aniq bajarish muddati va harajatlari ko‘rsatilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu hujjatni barcha bajarishga majburdir.
Moliyalashtirish masalalari hal bo‘lgan, ya’ni bunda energetik tekshiruv harajatlarini tarifga kiritish nazarda tutilmoqda.
Tekshirish natijalari malakali mutaxassislardan iborat uslubiy kengash tomonidan baholanadi.
“2030 yilgacha bo‘lgan davrning energetik strategiyasi” ga asosan davlat siyosatining yuqori ustuvorligi sanoatning energiya samarasini oshirish hisoblanadi. Oxirgi 20 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda energiya samarasining oshirilishi milliy tuzumning energiyaga talabini 21–27% kamayishga olib kelgan, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich oshgan va 2000 yildan keyin ham xorijga nisbatan 3,5–3,7 baravar yuqori bo‘lgan. Energiyani behuda sarflash energiya xavfsizligiga tahdid hisoblanadi, chunki energiya eltuvchilarga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi.
Energetika tangligining oldini olish usullaridan biri, bu–korxonalarda energiya va manbalarni tejash texnologiyalarini keng miqyosda tatbiq qilishni ko‘zlovchi siyosat yuritishdir. Boshqacha aytganda texnika va iqtisodiyotning yanada rivojlanishi yoqilg‘ini energetik manbalardan unumli foydalanishni ta’minlovchi huquqiy, tashkiliy, ilmiy–texnik, ishlab–chiqarish va iqtisodiy choralar va tiklanadigan energiya manbalarini xo‘jalik aylamasiga jalb qilish asosida ro‘y berishi lozim.
2025 yil istiqboliga ko‘ra respublikamizning birlamchi energiyaga talabi 73 mln. t.n.e. ni tashkil etadi. Yoqilg‘i–energetika kompleksi taraqqiyotining optimal variantida yoqilg‘i–energetik manbalariga bo‘lgan ichki ehtiyojni ta’minlovchi istiqboldagi hajmlar 58 mln. t.n.e. darajasida aks etish lozim.
Demak, 2010 yil energetik manbalarga ehtiyoj va ularni optimal ishlab chiqarish orasidagi farq 15 mln. t.n.e. (1 t.n.e.=1,43 t.u.t.) ni tashkil etadi.
Respublikamiz energetika tizimi tomonidan foydali uzatiladigan energiyaning 44% ni sanoat, 25% ni qishloq xo‘jaligi (asosan keng miqyosli sug‘orish ishlarida nasos stansiyalarni ishlatish uchun), 14% ni aholi iste’mol qiladi.
Hozirgi vaqtda issiqlik energiyasining 25% ni “O‘zbekenergo” DAK elektrstansiyalari, 30% ni yirik qozonxonalar, 45% ni quvvati 1 dan 100 Gkal/s gacha bo‘lgan mahalliy isitish va ishlab chiqarish–isitish qozonxonalari (Hokimliklarning kommunal xizmatlariga tegishli) bermoqda, respublika–mizda isitish ta’minotining markazlashtirilgan tizimi ustunlik qiladi va issiqlik iste’molchilarining 80% o‘z ichiga oladi (bu ko‘rsatkich g‘arbdagi mamlakatlarda tahminan 45%ni tashkil qiladi, masalan: Avstriyada–9,5%, Germaniyada–6%, Italiyada–0,5%, Daniya va Finlyandiyada–45%). Respublikamizdagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti yuqori samarali emas, uning asosiy sababi ochiq issiqlik suv ta’minoti tizimidan foydalanish hisoblanadi. Ilgari shu uskuna va materiallar bo‘lganligi va ular oddiy hamda arzon bo‘lganligidan ushbu tizim tanlangan bo‘lgan. 30 yildan ortiq ishlatish tajribasi bu tizimning samarasi va ishonchliligi past ekanligini ko‘rsatdi.
Iste’molchilar tomonidan issiq suv ko‘p to‘kib yuborilayotganligi sababli suv tayyorlagich uskunalar hisobsiz holatda ishlamoqda, suv sifati pasaymoqda, bu ta’minlovchi suvdagi kislorod va uglekislotaning ortishiga olib kelib, quvurlarning, isitish asboblarining ichdan zanglashi va ularning xizmat muddatining kamida 2 martadan ko‘p qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.
Mahalliy isitish qozonxonalarida 11 mingdan ortiq qozonlar ishlatilmoqda, ulardan ko‘pi pasportlashtirilmagan, ma’naviy va jismoniy jihatdan yemirilgan (foydali ish koeffitsienti 75% dan ko‘p emas), takomillashtirilgan yoqgichlar bilan ta’minlanmagan (yonish jarayonining avtomatika vositalari va issiqlik ishlab chiqarishni rostlash vositalari yo‘q).
Respublikamizda barcha sohalarda energiya tejash masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, korxonalar, hokimliklar faoliyatini yagona texnik siyosat jihatdan muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi idora yo‘q, bu energiya tejashning perspektiv muammolari bilan unumli va maqsadli shug‘ullanishga imkon bermoqda.
Iqtisodiyotning yuqorida ko‘rsatilgan sohalarida yaqin orada energetika manbalarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tanglikni qoplashga qodir asosiy salohiyat hamda energetik samaradorlik doirasida tarmoq va hududlarning idoralararo muvofiqlashtirishni, yagona texnik siyosat o‘tkazishni ta’minlaydigan ishlarni boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat yoki davlat–tijorat tuzilmasi shaklidagi idoraning yo‘qligi ko‘rsatilgan.
Elektr stansiyalarda 1 kVt*s elektr energiya ishlab chiqarishga sarflanadigan yoqilg‘ining solishtirma sarfi tahminan 382 grammni tashkil qiladi, ya’ni u oxirgi 10 yillikda 13,5 grammga ko‘paygan. Rivojlangan mamlakatlarda (GTU va PTU dan foydalanadigan mamlakatlarda) 1 kVt*s elektr energiya ishlab–chiqarish uchun 230–235 gramm yoqilg‘i sarflanadi.
Respublikamizda, masalan: 2005 yili tahminan 49,7 mlrd kVt*s elektr energiya ishlab chiqarildi. Umumiy hajmdan 48,7 mlrd kVt*s tarmoqlarga uzatildi, 20% isrof bo‘ldi, shulardan 12% texnik isroflar, tijorat yo‘lida ketadigan isroflar 8–10% ni tashkil etdi yoki elektr stansiyalarning hususiy ehtiyoji uchun ishlatildi.
Dostları ilə paylaş: |