Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


VII–BOB. ShAHAR ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA TEXNIK–IQTISODIY HISOBLAR



Yüklə 172,95 Kb.
səhifə19/24
tarix07.01.2024
ölçüsü172,95 Kb.
#208583
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va unin

VII–BOB. ShAHAR ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA TEXNIK–IQTISODIY HISOBLAR
  1. MA’RUZA




MAVZU: Elektr ta’minoti tizimida texnik–iqtisodiy hisoblar
Reja:


  1. Elektr ta’minoti tizimida texnik–iqtisodiy hisoblar
  2. Texnik–iqtisodiy hisoblash usuli


  3. Kapital harajatlarning qoplanish muddatini aniqlash


Elektr ta’minoti tizimida texnik–iqtisodiy hisoblar

Texnik iqtisodiy hisoblash quyidagi hollarda qo‘llaniladi:


  • Elektr ta’minlash sxemasini tanlashda;


  • Podstansiyada transformatorlar soni, quvvati va ishlash rejimini asoslashda;


  • Korxonaning tashqi va ichki elektr ta’minlash tizimlarida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan optimal kuchlanishni aniqlashda;


  • Reaktiv quvvatni kamaytirish usullarini va buning uchun qo‘llanuvchi vositalarni o‘rnatish joylarini aniqlashda;


  • Avtomatika va ishonchlilikni oshirish vositalarini qo‘llashda;


  • O‘tkazgich va kabellarning kesim yuzalarini asoslashda va boshqa shunga o‘xshash hollarda.


Texnik–iqtisodiy hisoblarda variantlarni bir–biri bilan solishtirish shartlari bajarilishi kerak. Bu shartlar quyidagilardir:


texnikaviy shart: bu shartga asosan solishtirilayotgan variantlarning hammasi ekspluatatsiya xavfsizligi va PUE da ko‘rsatilgan boshqa umumiy talablarga javob berishi kerak hamda bir–birini o‘rnini bosadigan bo‘lishi kerak;
iqtisodiy shart: bir–biri bilan solishtirilayotgan variantlarni hisoblashda hamma variant uchun bir xil narhlar qo‘llanilishi kerak va bir xilda ko‘rsatgichlar aniqlanishi kerak.
Har bir variant uchun kapital va ekspluatatsiya harajatlari aniqlanib, shu ko‘rsatkichga ko‘ra optimal variant tanlanadi. Agar variantlar har xil ishonchlilikka ega bo‘lsa, har bir variantda hosil bo‘luvchi zararning matematik kutilmasi aniqlanib, keltirilgan harajatlarni aniqlashda e’tiborga olinadi.
Harajatlarni aniqlashda elektr ta’minlash tizimidagi elementlarning yiriklashtirilgan narh ko‘rsatkichlaridan (UPS–ukrupnyonnыe pokazateli stoimosti) foydalaniladi (ya’ni, 1 km liniya uchun bir dona transformator uchun va bitta tarqatish qurilmasi yacheykasi uchun).

Yüklə 172,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin