Rta мaxsus ta’lim vazirligi


-mavzu: Amir Temur davlatining tashkil topishi. Ichki va tashqi siyosati. (2 soat)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə47/123
tarix18.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#156894
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Rta мaxsus ta’lim vazirligi

26-mavzu: Amir Temur davlatining tashkil topishi. Ichki va tashqi siyosati. (2 soat)


Reja:

  1. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrdagi ijtimoiy siyosiy ahvol.

  2. Amir Temurning siyosiy maydonga kirib kelishi.

  3. Loy Jangi.

  4. Amir Temur - Movarounnahrning yagona hukmdori.

  5. Amir Temurning harbiy yurishlari.

XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnaxrda feodal tarqokqligi g‘oyatda kuchayib, sinfiy kurash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda mamlakatda yagona uyushgan davlatning yuqligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini o‘rta asr muarrixlaridan Riyosuddin Xondamir o‘zining «Xabnb us-siyar» nomli asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Amirzoda Abdullo binni amir qozag‘on (1346—1358) vafotidan so‘ng Turkiston axvolidan haraju maraj (boshboshdoqlik) yo‘l topib, har shaharda mustaqil shoxlikka intilishlar maydonga keladi. Har qasabada bir uyatsiz davlat iqbol xavosi bilan qo‘zg‘olishga oyoq bosdi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda ichkilik, ayshu-Ishratga berildi. Amir Xoji Barlos... Kesh shahrida Hukumat bayrog‘ini ko‘tardi. Amir Boyazid Jaloir Xo‘jandda davlat masnadi (taxti) ga ultirdi. Uljoytu Sulduz Balxda mamlakat hukmronligining visoliga kungul bog‘ladi. Muhammad Xoja Yazdiy Shiburg‘onda o‘zini hoqimi mutlaq xayol qildi. Badaxshon shoxi, u Kuxistonda istiqlol kamarini beliga bog‘lab, boshqalarga itoat qilishdan bosh tortdi. Amir Xusayn binni Amir Milal binni Amir qozag‘on va Amir Hizr Yasovuriy Hisori Shodmon chegarasida askar to‘plab har lahzada viloyatlarga Chopqun yasab harob qilar edi".


Nizomiddin Shomiyning so‘ziga qaraganda, mamlakatda hoqimlar o‘rtasida doimo nizolar va g‘alayonlar bo‘lib turar, davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Sulduz amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat qilardilar. Bir necha bor Movarounnaxr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mo‘g‘uliston amirlarining vayronagarchilik yurishlariga qarshi kurashboshlanib ketadi. Mug‘ullar istibdodi va zulmga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Mana shunday ichki o‘zaro urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqt ichida jahon imperiyasini vujudga keltirgan soxibqiron Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni quymoqda edi.
Temur 1336 yilda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xo‘jailg‘or qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning otasi Amir Tarag‘ay (Turgay) va amakisi Amir Xo‘ja barlos qabila biylari va yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chog‘laridanoq harbiy ishga nihoyatda qiziqardi. U tezda moxir suvoriy va qahramon jangchi sifatida butun Qashqadaryo vodiysida shuxrat qozonadi. Uning atrofida barlos qabilasidan chiqqan jangchi yoshlar to‘plana boshlaydi. Temur qul ostidagi navkarlari bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi, janglarda chiniqadi.
1360 va 1361- yillarda Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur Movarounnaxrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni buysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashdaryovodiysiga bostirib kiradi. O‘sha vaqtlarda Qashqadaryo viloyatining hoqimi Amir Xo‘ji barlos dushmanga qarshi kurashish o‘rniga, Xurosonga qochadi.
Temur amakisining viloyatini qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur xizmatiga o‘tib, Kesh viloyatiga amir bo‘lib tayinlanishga muvaffaq bo‘ladi. Mo‘g‘uliston xoni ug‘li Ilyosxo‘jani Movarounnaxrning hoqimi qilib yuboradi. Ammo Temur unga xizmat qilishni istamaydi. U Movarounnaxr amirlaridan Xusayn bilan ittifoq to‘zadi. Temur Husaynning singlisi O‘ljaoy Turkon Og‘aga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlanadi. Temur avval boshboshdoq amirlarga qarshi ichki, so‘ngra esa mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. Seistondagi urushlarda qo‘li va oyog‘idan yarador bo‘lib, bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.
1363- yilda Amudaryoning chap soxilida Qundo‘z shahri yonida mo‘g‘ullar bilan birinchi jang bo‘lib, unda Temur g‘alaba qozonadi. Ana shundan so‘ng mo‘g‘ullarni to‘xtovsiz ta’qib etish boshlanadi. To‘g‘ri, ular Movarounnaxrni osongina berib quyishni istamas edilar. Tug‘luq Temur vafotidan keyin Movarounnaxrdan haydalgan Ilyosxo‘ja 1365- yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryoga tomon yo‘lga chiqadi. Husayn bilan Temur jangga tayyorlanadilar. Ular o‘rtasidagi jang Chinoz bilan Toshkent oralig‘ida bo‘ladi. Tarixda u «Janggi loy» nomi bilan shuxrat topadi. Jangda Temur bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Chunki jangda Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, zafar topayotgan bir paytda Husayn o‘z askarlari bilan jang maydonini tark etadi. Temur esa chekinishga majbur bo‘ladi. Loy jangidagi mag‘lubiyat dushmanga Movarounnaxrga, xususan uning markaziy shahari Samarqandga tomon yo‘l ochib beradi. Mo‘g‘ullar Movarounnaxrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-tarojni yana davom ettiradilar. Bunday og‘ir bir siyosiy vaziyatda hokimiyatsiz qolgan mamlakat aholisi , garchi o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa ham, lekin u ona yurt mudofaasini o‘z qo‘llariga olishga va mo‘g‘ullar hujumini qaytarishga kirishadi. O‘z g‘alabalari bilan sarimast Ilyosxo‘ja boshliq mo‘g‘ullar jabrdiyda xalqning qaqshatqich zarbasiga uchraydi. Uzoq davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligiga qarshi ko‘tardilgan bu xalq harakati tarixda «sarbadorlar» harakati nomi bilan shuhrat topgan edi.
Sarbadorlar harakati dastavval, 1337 -yilda Xurosonda, Eronning shimolida boshlanadi. Sarbadorlar maqsadga erishish uchun ozodlik yo‘lida dorga osilishga ham tayyormiz degan shior ostida mo‘g‘ul bosqinchilari va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi kurash olib boradilar. Xurosonning g‘arbiy qismida ular mo‘g‘ullar hukmronligini tor-mor qilib, mustaqil Sarbadorlar davlati barpo etadilar. Bu davlatning markazi Sabzavor shahrida bo‘lib, u 1337- yildan to 1381- yilgacha qariyb 45 yil hukm suradi. Sar­badorlar asosan dehqonlar, hunarmandlar, shayxlar vaqullardan iborat edi. Ularning hukumati asosan demokratik tartibga qo‘rilgan bo‘lib, unda tabaqalar deyarli bir-biridan farq qilmagan. Masalan, qullar to‘la ozod etilmagan bo‘lsa ham, ular boshqalar bilan bir qatorda sanalganlar.
Sarbadorlar harakati XIV asrning 60- yillarida Movarounnaxrda mo‘g‘ul xonlarning hujumi munosabati bilan kuchayib ketadi. Samarqand bunday harakatning markaziga aylanadn. Qo‘zg‘olonga Mavlonozoda, Abu Bakr Kuluyi Naddof va mergan XO‘rda ki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo‘g‘ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxo‘ja dastlab Samarqandni, so‘ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng Sarbadorlar ichki dushman katta yer va mulk egalariga qarshi kurash olib boradilar. Ularning uy-joylari vayron etilib, mol-mulklari talon-taroj qilinadi. Shu tariqa Samarqandda Sarbadorlar hokimiyati o‘rnatiladi. Ular butun qish davomida Samarqandni o‘zlari idora qilib turadilar. Sar­badorlar boshliq samarqandliklarning mo‘g‘ullar xoni Ilyosxo‘ja ustidan g‘alabasi to‘g‘risidagi xabar Husayn bilan Temurga ham borib yetadi. Temur qishni qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazadi. Bahor kelishi bilan ular Samarqandga yo‘l oladilar. Ular Samarqand yaqinida joylashgan Konigil mavzeida tuxtaydilar. Har ikkala amirlar sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g‘alabalaridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Sarbadorlar amirlarni «yaxshi» niyatda ekanliklariga ishonadilar. Ularga izzat-hurmat ko‘rsatadilar. Biroq ertasi kuni sar­badorlarning boshliqlari Husayn bilan Temur qarorgoxiga borganlarida, ular xiyonatkorona qatl etiladi. Temurning oraga tushishi bilan faqat Mavlonozoda o‘limdan qutilib qoladi. Shu tariqa xoinlik yo‘li bilan Sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnaxrda Amir Xusaynning hukmronligi tiklanadi. Ammo ko‘p o‘tmay Husayn bilan Temur o‘rtasidagi munosabat yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Husayn Balx shahriga qaytib uni mustahkamlashgakirishadi. Temur esa Kesh va qarshi viloyatlarining hukmdori bo‘lib qoladi va o‘zining sobiq ittifoqdoshi, hamda qayinog‘asi Amir Husaynga qarshi pinhona harakat qila boshlaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin