2.1.O’yin taktikasi
Stol tennisida о’yin taktikasi deb, aniq ritm va suratdagi zarbalar seriyasini
maqsadli qo’llash,
shuningdek, aniq sharoitlarda raqibning zarbalariga qarshi
psixologik uslublarini qo’llashm tushunmoq lozim. Texnika bilan taktika o’rtasida
yaqin bogiiqlik mavjud. Qandaydir texnik uslubni qo’llash o’z-o’zidan taktik rejada
ko’rib chiqiladi. Asosiy texnik elementlar,
kombinatsiyalar, ya’ni sharga qator
zarbalar berishdan iborat. Demak, uslublar qancha ko’p bo’lsa, ular yaxshi bajarilsa,
o’ylangan kombinatsiyalarni bajarish shuncha oson bo’ladi.
Tennischining taktik tayyorgarlik darajasi uning texnik mahoratiga, o’yindagi
holatni baholay olish tezligiga, voqealar rivojini oldindan ko’ra olishiga bogliq.
Zamonaviy tennisning eng kuchli vakillari texnik harakatlarning kamroq
boiishim ma’qul ko’radilar va ularni avtomatizm darajasiga olib boradilar. Bu esa
o’yinnmg borishiga va alohida harakatlarning
paydo bolishiga qarab, bir lahzada
taktik qarorni qabul qilish va uni amalga oshirish imkonim beradi. Stol tennisida
boshqa sport turlarida bo’lgani kabi bir nechta taktik usullar mavjud.
Yakka va
juftlik o’yinlar taktikasi bir-biridan farqlanadi. Quyida taktik usullar bilan tanishib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: