Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


II BOB. STOL TENNISINI O’YNASH TEXNIKASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

II BOB. STOL TENNISINI O’YNASH TEXNIKASI 
Stol tennisi texnikasi turishdan, joy almashtirish va zarbalarni o’z ichiga oladi. 
Texnikani o’rgatishda dastlab, sportchiga raketkani ushlash qoidalarini tanishtirib 
o’tish lozim. 
Raketka ushlash texnikasi 
Raketkani ushlash ko’p tomondan o’yin texnikasini belgilab beradi. 
Ushlashning ikki xil osiyocha 
(«рего» tutish)
va evropacha raketka tutish usullari 
mavjud. Osiyocha usulda raketka vertikal, Evropacha usulda gorizontal holatda 
tutiladi. Osiyocha ushlashda bosh va ko’rsatgich barmoqlar erkin tarzda bir xil kuch 
bilan dastani ushlaydi va raketkani boshqaradi. o’ngdan zarba berilganda, raketkaga 
bosh barmoq kuchi chapdan zarba berganda ko’rsatgich barmoq bilan bosim beradi. 
“Pero” usuli bilan tutilganda, tennischi bir necha texnik usullarni 
o’zlashtiradi, ularni mukammallashtiradi va barcha zonalarda muvaffaqiyatli hujum 
qiladi. Ammo bu usulda ushlash texnik imkoniyatlarni cheklaydi. Bunday ushlashda 


Sharga kuchli aylanma zarba berish qiyin. 
Gorizontal ushlashda ko’proq, raketkaning dastasi uchta barmoq bilan 
ushlanadi. Ko’rsatgich barmoq raketkaning dastasi chekkasi bo’ylab orqa tomondan 
tutadi. Bosh barmoq old tomondan tutadi va o’rta barmoqqa tegib turadi. Evropacha 
ushlashning asosiy afzalliklari: stol yonida ko’proq siljilmasdan o’ng va chapdan, 
hujumkor va himoyaviy zarbalar berish imkoniyatida. 
Joy almashtirish texnikasi 
Dastlabki holat sharni o’yinga kiritganda, uni qabul qilganda va zarbaga 
tayyorlaganda dastlabki holatni to’g’ri tanlash kerak. Chunki oqilona tarzda 
tanlangan holat sportchiga kerakli tezlik bilan zarbani bera olish imkoniyatini beradi. 
Tennischining daslabki holati o’ziga xos bo’ladi, u sportchining bo’yiga, 
qo’llari uzunligiga, raketkani ushlash usullariga о’yin usullarini egallash darajasiga 
bog’liq. Xalqaro toifadagi sportchilarning aksariyati oyoqlar oldinga qo’yilgan 
holatdagi dastlabki joylashishdan foydalanadi. Sharni qabul qilib olish va zarba 
berish paytlarida gavda uchta dastlabki holatdan birini qabul qiladi. Bular: 

yarim burilgan holatda; 

yuzni qaratib turish; 

raqibga elkani qaratib turish holatlari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin