Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Yuklama shiddati 
- harakatlarning sur’ati va tezligi, tezlanishlar, yutq 
tezligi ko’rsatkichlari. 
Jismoniy mashqlarni bajarishda hajm va shiddat orasidagi nisbat teskari 
proporsional bog’liqlik bilan ifodalanadi: hajm qancha ko’p bo’lsa, uning shiddati 
shuncha kam bo’ladi, va aksincha. 


Mushak ishi hususiyatiga ko’ra yuklamalar standart va o’zgaruvchan 
bo’ladi. 
Yuklama ta’siri 
- bu organizmning bajarilgan ishga YUQT ko’rsatkichlari 
va toliqishning tashqi belgilari (teri rangi, terlash, nafas olish, diqqat, o’zini his 
qilish) bilan reaksiyasidir. Yuklamalarni me’yorlashning metodik asosini 
organizmning jismoniy mashqlar ta’siriga moslashishi va yuklamalarni muntazam 
hamda izchil oshirib borish sharoitlarida mashqlanganliknging rivojlanishi 
qonuniyatlari tashkil etadi. 
Jismoniy yuklamalar o’z parametrlari (hajmi, shiddati va dam olish oralig’i) 
bo’yicha optimal bo’lishi hamda mashqlantiruvchi samaraga ega bo’lishi kerak. 
Etarli bo’lmagan yuklamalar samarali emas va vaqtning yo’qotilishiga olib boradi, 
o’ta ko’p yuklamalar esa organizmga zarar keltiradi. Jismoniy yuklamaning asta-
soniyain oshirib borilishi YUQT ning funksional imkoniyatlarini oshirish uchun 
zarur talab hisoblanadi va mashqlantiruvchi yuklamaning ostonasiga mos kelishi 
kerak: kamida minutiga 130 zarba, o’rtacha minutiga 130-160 zarba va katta - 
minutiga 161-175 zarba. 
O’zgartirishlar, ya’ni takrorlashlar soni; mashqlarning umumiy soni, bir xil 
mashqning bajarilish tezligini; harakat amplitudasini oshirish yoki kamaytirish; 
tashqi og’irliklar o’lchamlarini o’zgartirib turish; mashqlarni yengillashtirilgan va 
qiyinlashtirilgan sharoitlarda bajarish (tepalikka va pastga qarab, yo’lkada yoki 
qumda yugurish), d.h. ni o’zgartirish (yarim o’tirgan holatda yuqoriga sakrash, 
masofa uzunligini o’zgartirish), qo’llaniladigan metodlarni ( ravon, o’yin, 
musobaqa va h.k. almashtirib turish), mashqlar orasidagi dam olish oraliqlarini 
oshirish yoki kamaytirish, shuningdek, dam olish xususiyatini o’zgartirish orqali 
yuklamani boshqarish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin