tushuntirishi sharti bilan barcha mushak guruhlari uchun 2,4,8 sanoqqacha 8-10 ta
engil mashqlar kiritiladi.
Tayyorlov qismini o’tkazishda xar xil d.h. lardan turli yo’nalishga ega
bo’lgan va turli mushak guruhlari uchun mo’ljallangan,
amplitudasi, sur’ati,
bajarilish xususiyati har xil bo’lgan va bitta siklda 2 dan 8 tagacha harakatdan
iborat mashqlarni tanlab olish tavsiya qilinadi.
Asosiy qismning mazmunida:
1) yangi harakatlarni o’rganish; 2)
avval
o’zlashtirilgan harakat ko’nikmalari va malakalarini mustahkamlash hamda
takomillashtirish; 3) ma’naviy, irodaviy va aqliy sifatlarni tarbiyalash; 4) maxsus
ko’nikmalarni shakllantirish.
Asosiy qism mazmunida:
harakatlarga o’rgatish jarayonida murabbiy:
mashg’ulotni olib borish uslubida, o’qitish vositalari va metodlarini tanlashda bir
xillikka yo’l qo’ymasligi, baholashning turli xil metodlaridan foydalanishi kerak.
Adolat va xolislik
mezonlariga amal qilishi, xushmuomalali bo’lishi, xatolarni
individual tuzatishi, hammani va alohida har bir sportchini o’rgatishi;
shug’ullanuvchilarda jismoniy mashqlarni mustaqil bajarish ko’nikmasini
shakllantirishi lozim.
Mashqlarni tanlashda quyidagilar tavsiya qilinadi:
tezkorlikni
rivojlantirish uchun -tez harakatlanishni harakatlar tezligi va
sur’atini keltirib chiqaruvchi mashqlarni tanlab olish (turli xil d.h. larda startlar,
qisqa masofalarga yugurish, “mokisimon yugurish” arg’amchi ustidan sakrashlar,
harakatli va sport o’yinlari, qarshi estafetalar va x.k.);
kuchni
rivojlantirish uchun - predmetlarsiz
va predmetlar bilan URM
(vertikal arqonga tirmashib chiqish, tortilish, yotib tayanib qo’llarni bukib-yozish,
gimnastika snaryadralida mashqlar, gantellar,
trenajerlardan foydalanish,
yakkakurash turlari va h.k.);
chidamlilikni
rivojlantirish uchun har bir mashg’ulotda maxsus
mashqlarni qo’llash va mashg’ulotlar zichligi hamda
shiddatini oshirib borish
(o’rta masofalarga yugurish, kross, harakatli o’yinlar);
Dostları ilə paylaş: