Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


V. BOB. IXTISOSLIKDAGI JISMONIY SIFATLARNI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

V. BOB. IXTISOSLIKDAGI JISMONIY SIFATLARNI
RIVOJLANTIRISH
5.1. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish mashqlarini tuzish
Har bir ixtisoslikda sportchi tayyorlashda jismoniy sifatlar URM va MJT da 
predmetlarsiz, predmetlar bilan, snaryadlarda, boshqa sport turlaridan mashqlarda 
tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilik va harakatlar koordinatsiyasi 
rivojlantiriladi. 
Predmetlarsiz URM 
- asosiy turish va dastlabki holat; . qo’llar va elka 
kamari uchun; , bo’yin, oyoqlar va tana uchun mashqlar; juftlik va guruhli 
mashqlar, egiluvchanlikni rivojlantirish uchun, cho’zilish, nafas olish uchun 
mashqlar. 
Predmetlar bilan URM- 
to’ldirma to’plar; shtanga bilan mashqlar; 
arg’amchi bilan mashqlar. 
Snaryadlarda mashqlar: 
: gimnastika devorchasi, turnik, trenajer; tayanib 
sakrashlar, ot ustidan sakrashlar; arqonga tirmashib chiqish, yakkacho’p, gimnast. 
o’rindig’i, muvozanat mashqlari, turgan joyida va harakatda muvozanat. 
Engil atletika mashqlari 
- past va yuqori startdan yugurish, keskin 
ko’tarilishlar va tushishlarda qadamlar sur’atini o’zgartirib yugurish; kross; 
uzunlikka, balandlikka sakrash, turgan joyidan va yugurib kelib uch hatlab 
sakrash; disk, granata, toshlar uloqtirish. 
Plavanie 
- istalgan usulda suzish texnikasi elementlari. 
Sport o’yinlari: 
qo’l to’pi, basketbol, mini-futbol , chim ustida xokkey 
о’yini texnikasi va taktikasi. 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT)- 
Ixtisoslikning o’ziga xos 
xususiyatini aks ettiruvchi va quyidagilarni rivojlantitruvchi URM: 
kuch 
sifatlari: og’irliklar bilan mashqlar, to’ldirma to’plar, gantellar, qum 
to’ldirilgan qoplar, shtanga bilan mashqlar. 
Rivojlantirish metodlari: kichik og’irlik bilan toliqqungacha takroriy va 
maksimal tezlikda; 
tezkorlik: 
qisqa masofalarga takroriy yugurish, tepalikka va pastga 


yugurish, arg’amchi bilan mashqlar. 
Rivojlantirish metodlari: mashqni engillashtirilgan Sharoitlarda 30 soniya 
gacha maksimal shiddatda (YUQT daqiqaga 190-200 zarba) tez bajarish, 8-10 
daqiqadan so’ng takrorlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin