Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


 Tennischilarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

3.4. Tennischilarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish
Sport o’yinlaridagi irodaviy sifatlar qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, 
maqsadga intiluvchanlik, sabr-bardosh, o’z kuchiga ishonch, jasurlik va dadillik 
bo’lib, asosan o’quv-mashq jarayonining bevosita o’zida, muayyan sport turining 
turlicha talablarini bajarish vaqtida rivojlanadi. 
Tennischilar oldiga qo’ygan maqsadga erishishni ta’minlovchi eng muhim 
sifatlardan biri qat’iyatlilikdir. 
Maqsadning aniq qo’yilishi va unga erishish istagi mashq mashg’ulotlari va 
musobaqalardagi qiyinchiliklarni engib o’tishga yordam beradi. Bu sifatni 
rivojlantirish uchun mashq jarayonida yuqori jadallikdagi mashqlarni qo’llash 
zarur. 
Tashabbuskorlikni rivojlantirish uchun o’yinlarda tennischilardan hujumkor 
о’yin olib borishini talab qilish tavsiya etiladi. Mashqlarni bajarish vaqtida 
tennischilar faol bo’lishlari, ko’plab aldamchi harakatlar 
(fintlar
)ni qo’llashlari, 
hujumlar va qarshi hujumlarni rivojlantirishlari lozim va h.k. 


Maqsadga intiluvchanlik sifatini sportchi stol tennisiga san’at sifatida 
chuqur qiziqish bilan qaragan va sport yutuqlariga shaxsan qiziqqan sharoitda 
tarbiyalash mumkin. 
Murabbiy tennischi bilan uning tayyorgarligining barcha ijobiy va salbiy 
tomonlarini muhokama qilishi; xatolarni tuzatish ustida ishlash bosqichlari va 
texnika hamda taktikani takomillashtirish yo’llarini belgilab berishi lozim. 
Tennischi mashq topshiriqlariga majburiyat sifatida emas,balki ijodiy 
harakatlar manbai sifatida yondashishiga erishish lozim. Sportchi murabbiyning 
eslatmalarini kutib o’tirmasdan, o’zi mustaqil tayyorgarlik bilan shug’ullanishi, 
buning uchun o’ziga eng mos keladigan mashqlarni tanlab olishi; o’zi yoqtirgan 
usullarni takomilga etkazishi lozim. Sparinglar bilan mashq qiluvchi 
tennischilarga ularning har birining harakatidagi leytmotiv nimada ekanligini 
doimo eslatib turish kerak. Mashq qiluvchilar bu harakatlarni oldga qo’yilgan 
maqsadga mos ravishda bajarishlari kerak. 
O’z kuchiga ishonch mukammal texnika,taktika va yuqori darajadagi 
jismoniy tayyorgarlik shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir qancha 
himoya usullarini va biror bir texnik usulni yaxshi egallagan tennischi o’zining 
kuchiga va istalgan paytda raqibga muvaffaqiyatli qarshilik ko’rsata olish 
imkoniyati borligiga ishona boshlaydi. 
Mag’lubiyat sportchida ishonchsizlik paydo qilmasligi kerak, uni agar o’yin 
paytida ayrim kamchiliklarga yo’l qo’ymaganida shak-shubhasiz g’olib chiqqan 
bo’lishiga ishontirish lozim. Mag’lubiyatdan so’ng tennischini o’zi mag’lubiyatga 
uchragan raqibidagi xususiyatlar bor boshqa tennischilar mashq o’yilarida 
o’ynashga majbur qilish kerak. 
o’zini qo’lga ola bilish. Bu o’rinda so’z qiyin va kutilmagan holatlarda 
o’zini yo’qotib qo’ymaslik, o’zining xulq-atvorini boshqarish, ruhiyatdagi yuqori 
zo’riqish sharoitlarida vaziyatni nazorat qila bilish qobiliyati haqida boradi. 
Harakatlarning aniq rejasi mavjudligi, voqealar rivojining barcha ehtimoliy 
jihatlarini hisobga olish, sport qonuniyatlarini bilish bu sifatning namoyon 
bo’lishiga yordam beradi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin