Shunchalik katta samara bilan bajariladi. Masalan, oddiy aralash ovqatianishda
veloergometrda mushak kuchlanshilari koeffitsentining 75 % ini tashkil qilgan
jadallikda mashq 114 daqiqa davomida, uglevodli parxezda - 167 daqiqa, oqsil-
yog’i parxezda esa atigi 57 daqiqa davomida to’xtovsiz mashq qilingan. Birinchi
variantda glikogenning miqdori 100 gr. mushak og’liligiga nisbatan 1,75 gr.ni,
ikkinchisida 3,51 gr.ni, uchinchisida esa atigi 0,63 gr.ni tashkil etganligi
aniqlangan.
Mushaklarda kislorodning miqdori qancha kam bo’lsa, uzun masofaga
yugurish tezligi Shuncha past bo’ladi. Energogen parxez nafaqat sportchilarni ish
qobiliyatini oshirishda, balki sportchilarda mashg’ulotlar va musobaqalar
samaradorligini ta’minlashda ham qo’llaniladi.
Fizikaviy omillar yuqori biologik faolikka ega. Ular sport tibbiyotida
kasalliklarni oldini olish, davolash, organizmni chiniqtirish, qayta tiklanishni
tezlashtirish va ish qobiliyatini oshirishda keng qo’llaniladi. Tibbiy omillar
(quyosh, havo, suv)
bilan birga har xil dushlar va vannalar, maxsus vannalar,
issiqlik va nurlar, kislorod, elektrotoklar, uqalash va hammom turlari qo’llaniladi.
Fizikaviy omillar organizmda qator javob reaksiyalarini vujudga keltiradi
va shu bilan birga organizmning himoya kuchlarini, tashqi muhitning noqulay
ta’siriga qarshiligini oshiradi, charchashni tarkatadi, qayta tiklashni tezlashtiradi.
Fizik omillar ikki guruhga bo’linadi: organizmga umumiy ta’sir qiluvchi
(dushlar,
vannalar, umumiy va suvli massaj, hammomlar)
va mahalliy ta’sir etuvchi
(elektro
muolajalar, vannalar, issiq muolajalar, sigmentar massaj va b.)
vositalar. Mahalliy
ta’sir qiluvchi fizik muolajalar charchagan ayrim mushaklarda o’tkaziladi. Katta
hajmli va jadal mashg’ulotlardan keyin umumiy va mahalliy charchash
oqibatlarini tarqatishda umumiy ta’sir vositalari qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: