Rumiy Jaloliddin (1207, Balx — 1273, Koʻnya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi boʻlgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyijodiy ish bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. R. Makka yoʻlida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning daʼvati bilan Koʻnya (Kichik Osiyo) ga kelgan. R. Halab, Damashq va Bagʻdod madrasalarida oʻqigan, mudarrislik qilgan.
R. shaxsiyati kamolotida shoir va shayx Shamsi Tabriziyning oʻrni katta. U 3 yil R.ga dare beradi: falsafa, xususan, sufiylik taʼlimotini oʻrgatadi. Shoirning oʻzi ham bir baytida "Agar Attor menga ruh baxsh etgan boʻlsa, Shamsi Tabriziy tilsim kalitini tutqazdi", degan. 1244-yil R. ustozini nihoyatda hurmat qilgani uchun oʻz gʻazallarida "Shamsi Tabriziy", "Shamsi" taxalluslarini qoʻllay boshlagan. Shoir gʻazallarining "Shamsi Tabriziy devoni" nomi bilan shuhrat qozonishining boisi ham shunda [42 ming baytli "Devoni Kabir" ("Ulugʻ devon")ning ikkinchi nomi "Devoni Shamsi Tabriziy"].
R. ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi.
R.dan sheʼrlar devoni, "Makotib", "Ichindagi ichindadir" ("Fihi mo fihi") hamda "Masnaviyi maʼnaviy" kitoblari meros boʻlib qolgan. "Ichindagi ichindadir" nasriy asar boʻlib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutklarining majmuasidir. "Makotib" esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan boʻlgan turli yozishmalari — maktublaridan iborat. Har 2 asarda muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiytaʼlimiy mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari oʻz ifodasini topgan. Shoir devoni turli janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod sheʼrlarni oʻz ichiga olgan.
R. sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida yeru koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulugʻlaydi. R.ning mashhur asari "Masnaviyi maʼnaviy"dir. Asarda Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar badiiy yoʻsinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi ogʻzidan yozib olib, taxlildan oʻtkazgan. Chalabiy vafotidan soʻng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qurʼoni karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu hikmatlarni oʻz ichiga olgan bu kitob oʻz vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Chunki R. masnaviyda oʻzigacha boʻlgan Sharqu Gʻarb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, islomiy farzlarni sodda bir uslubda, sheʼriy yoʻl bilan badiiy ifodalagan. Agar R. "Har ertalab bemorlar shifo tilab Iso alayhissalom eshigiga borishgani", "Lochinning oʻrdaklarni sahroga chiqargani", "Zarvon ahli qissasi", "Majnun Layli koʻyida yurgan itni oʻpib, erkalagani", "Boʻyoqchining xumiga tushgan shaqalning tovuslik daʼvo etgani", "Xorut va Morut qissasi" singari qissa va hikoyalarida paygʻambarlar hayotidan turli moʻʼjizalar keltirib, islomiytasavvufiy gʻoyalarni targʻib etgan boʻlsa, boshqa turkum hikoyalarida bevosita insonning kundalik turmushi, ilmmaʼrifat kasb etishi, hunar oʻrganish yoʻlidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan.R. ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta taʼsir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy oʻsish, oʻzgarishda ekani, eskining yoʻqolib, yangining paydo boʻlishi — "dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi"dan iboratligi toʻgʻrisidagi qarashlari, nemis faylasufi Gegelning eʼtiroficha, uning dialektik metodni yaratishiga yordam bergan.
R. asarlari koʻpchilik forsigoʻy va turkigoʻy shoirlar ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan, masnaviyxonlik xalqimiz oʻrtasida keng tarqalgan. Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida R.ning "Masnaviyi maʼnaviy" asari saqlanadi. Istikdol yillarida R. hayoti va ijodiga kiziqish yanada kuchaydi. Sh. Shomuhamedov, A. Mahkam va boshqa shoirning turli janrdagi sheʼrlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilishdi. Shoir Jamol Kamol "Masnaviyi maʼnaviy" tarjimasini nihoyasiga yetkazdi, 6 kitobdan iborat bu yirik asarning 4 jildi bosilib chiqdi (2002, 2003). "Ichindagi ichindadir" asari ham oʻzbek oʻquvchilarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy Masnaviy” asari yetti asr mobaynida g’arbu-sharq olimlari o’rtasida turli bahsu munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda. Jahon mutafakkirlari tomonidan Rumiyga bashariyat shoiri deb tasnif berilishi, uning “Masnaviy” asari esa Qur’ondan keyin turuvchi kitob, tasavvuf qomusi, ma’naviyat dengizi yoki dunyo kitobi deb baholanishiyoq bu asarning qadri va nufuzi nechog’ligidan dalolatdir.Sovet davrida mistik shoir deb qoralangan va o’rganilmagan Jaloliddin Rumiy ijodiga, xususan uning “Ma’naviy masnaviy” asariga bugun O’zbekistonda jiddiy munosabat shakllanmoqda. Masnaviyning she’riy va sharhiy tarjimasi ham nashrdan chiqqan.Rumiy she’riyati sharq she’riyatining eng yuksak cho’qqisi hisoblanadi. Rumiyga o’xshab inson qalbini tadqiq qilgan, inson ruhiyati, insonning ma’naviy kuchini she’riyatda ifodalagan shoir g’arbu-sharqda kam topilishini aytishadi mutaxassislar.Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul:“Rumiy she’riyatining o’ziga xos bir jihati shundan iboratki, siz birinchi navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va insonning ilohiyligini Rumiy judayam teran tarzda ochib beradi. Rumiy she’riyatining quyoshi - Ishq. Insonni bir haqiqat, yoki insonni bir Ishq atrofida birlashtirish bolsa agar, Rumiyning she’riyati shu ishni amalgam oshira oladi. Biz aytamiz, komil inson bo’lish uchun tasavvufni bilish kerak, dinni bilish kerak, falsafani bilish kerak, tarixni va hokazo. Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan. Insonni Rumiy she’riyati adashishlardan, yuzakiliklardan, sayozliklardan, har turli mahdudliklardan xalos qiladi. Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa, xuddi shuncha zamonaviy she’riyat.”
Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy” kulliyoti to’liq 6 daftardan, aniqrog’i 54 ming misradan iborat bo’lib, u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.Xo’sh, Rumiy “Masnaviy”sida nima ifodalanganki, yetti asrdan ortiq vaqt o’tsa ham, u haqdagi mulohazayu munozaralar hamon tugallanmay davom etmoqda?
“Man bandai Qur’onam agar jon doram,
Man xoki rahi Muhammadi muxtoram.
Gar naql kunad juz in kas az guftoram,
Bezoram az o’, va zin suxan bezoram.”
U kishi aytadilarki: “Masnaviyi mo do’koni vahdat ast, g’ayri vohid har chi bini on bat ast” degan. Masalan, “Bizning Masnaviymiz bu vahdat do’koni, agar sen shu do’konda vahdatdan boshqa narsani ko’rsang, bilginki u butparastlikdir. Demak bu do’konda vahdatdan boshqa hech narsa yo’q. Ya’ni, “Masnaviy” boshdan-oyoq xudoning yagonaligi va iymon masalalarini atroflicha inkishof etadi, kashf etadi. U qaysi rivoyatga murojaat qilmasin, vahdat g’oyasiga kelib taqaladi. Uning nazarida “Masnaviy”ning o’zak masalasi – iymon masalasi”, - deydi shoir Asqar Mahkam.Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan, Eron, Turkiya, Pokistonu Hindistonda masnaviyshunoslik maktablari mavjud. Sho'ro inqilobigacha bo’lgan O’zbekiston hududida ham masnaviyshunoslik keng rivojlangani, Rumiyning bu kitobi har bir ilmli xonadonda Qur’ondan keyingi muqaddas kitob singari asralgani aytiladi. Masnaviyni hech kim o’zbek shoiri Boborahim Mashrabchalik sharhlolgan emas, deb hisoblaydi shoir va tarjimon Asqar Mahkam.“Eslaylik Mashrabning “Mabdai nur” kitobini. Biz juda ko’p buyuk shorihlarni bilamiz, masalan, Turkiyalik Abdulboqi Gulpunarli, Eronda Badiuzzamon Furuzonfar, Said Ja’fari Shahidiy va hokazo juda ko’p masnaviyshunoslar bor. Lekin hech kim “Masnaviy”ni Mashrabchalik sharhlamagan. Chunki Mashrab o’zi valiyulloh shoir bo’lganligi uchun, o’sha “Mabdai nur”da “Masnaviy”ni she’riy yo’l bilan sharhlaydi. Va bevosita ikkinchi Masnaviyni yaratadi-ki, uning nomini Nurning ibtidosi, yoki nurning asosi, boshlanishi, mabdasi deb ataydi. Mashrabning xizmati shundan iboratki, u Masnaviyni shunchaki turli xil falsafiy maktablar, oqimlar, turli mashablar nuqtai nazaridan emas, balki chin valiy sifatida, yoki komil bir inson sifatida o’zining qarashlarini bildiradi. Va “Masnaviy”ning ba’zi bir baytlarini hatto tarjima qilib ham bergan”, -deydi Asqar Mahkam.
Adabiyotlar:
Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s.
Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.
Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006