Rustamova mehribonning



Yüklə 237,15 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü237,15 Kb.
#163272
1   2   3
ATT.BUG`DOY

Dars shiori:


Bilim ol , bilma tinim
Olim bo’l olib ilm.


Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
1.O’quvchilar bilan salomlashish
2.Xona tozaligini tekshirish
3. Davomatni aniqlash
4. Ma’naviyat daqiqasi
II. O‘tilgan mavzularnini mustahkamlash.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarni bilimini quyidagi topshiriqlar orqali tekshiriladi.
1. Topshiriq.Blits savollar.
1.Piyozdoshlar oilasining gul formulasi qanday?
2.Piyozlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati qanday?
3.Piyozlardan nechta turi O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”iga kiritilgan?


2. Topshiriq.Biologik diktant.
1. Piyozlarning xushmanzara turiga ..................kiradi.
2.Bosh piyoz bakteriyalarni o’ldiradigan modda ...............juda boy.
3.Iste’mol qilinadigan piyozlarga ....................kiradi.
3. Topshiriq.Topishmoqning javobini toping.
1.Kesilsa xalqa bo’lar
Ikki ko’z yoshga to’lar.(piyoz)

Javob bergan o‘quvchilar rag‘bat kartochkalari bilan taqdirlanadi.


III. Yangi mavzu.
O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo‘llash.
O‘qituvchi komputer orqali o‘zi tayyorlab kelgan slaydlardan iborat videolavhani namoish etadi.
Yangi mavzuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi so’zlari bilan boshlaymiz:”Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.”
BUG‘DOYDOSHLAR (BOSHOQDOSHLAR) OILASI
Og(2)+2 Ch36 U,
Bu oilaga Yer sharidagi quruqlikning deyarli hamma qismida tarqalgan 10 000 ga yaqin turga mansub bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklari kiradi.
Bug‘doydoshlaming ildizi qo‘shimcha ildizlar yig‘indisidan tashkil topgan popuk ildiz tizimli. Poyasi silindrsimon, tik o‘sadi, bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bug‘doydoshlarga mansub o‘simliklar poyasi poxol yoki somon poya deb ataladi. Barglari oddiy, ikki qator boiib bo‘g‘imlarda o‘rnashgan. Bargi ikki qismdan: poyani o‘rab olgan pastki qism barg qinidan va qayrilgan qayishsimon, nashtarsimon, tuxumsimon yoki bigizsimon shaklli barg yaprog‘idan iborat. Barg yaprog‘ining tagida yoki uning qindan ajralgan yerida kichkina, yupqa, pardasimon o‘simta bo‘ladi. U tilcha deb ataladi. Tilcha yomg‘ir paytida, barg qinining ichiga suv kirishidan saqlaydi (142-rasm).
Gullari mayda, rangsiz, ko‘kimtir, boshoqchalarda joylashgan.Boshoqchalar esa 1-10 yoki undan ko‘p gulli bo‘lib, o‘z navbatida, murakkab boshoq, ro‘vak kabi to‘pgulga yig‘ilgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Har bir boshoqcha ikkita (ostki va ustki) boshoqcha qipig‘i bilan o‘ralgan. Uning ichida ikki gul qipig‘i bilan o‘ralgan changchilar va urug‘chidan iborat gullar o‘mashgan. Gul qipig‘ining boshoqcha o‘qidan chiqqan etli va kattarog‘i ostki gul qipig‘i, uning qarshisidagi gulbanddan chiqqan, kichikroq, nozik va mayini ustki gul qipig‘i deyiladi. Changchilari ko‘pchiligida 3 ta, ba’zan 6 ta. Urug‘chisi bitta, tumshuqchasi 2-3 ta boiib, patsimon shoxlangan. Mevasi quruq, bir urug‘li dondir.
Adiming yuqori va tog‘ning o‘rta qismida joylashgan yalangliklarda bo‘yi 50-150 sm keladigan piyozli arpa o‘sadi. Uni javdar, xarduma, tak-tak, tog‘arpa deb ham atashadi.
0‘zbekistonda oilaning tabiiy holda tak-tak, g‘umay, qo‘ng‘irbosh, ajriq, qamish kabi turlari o‘sadi. 0‘zbekistonda begona o‘t - g‘umayni bilmaydigan odam kam. G‘umay jo‘xori turkumiga oid, bo‘yi 50-150 sm keladigan ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan begona o‘tlardan yana bin chayir ajriqdir. U uzun va sershox ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
P oyonsiz cho‘1 va adirlarda joylashgan qorakoichilik yaylovlarida o‘sadigan yem-xashak o‘simliklardan biri qo‘ng‘irbosh turkumiga mansub o‘simliklardir.
Oziq-ovqatning asosiy manbalaridan biri va qadim zamonlardan beri ekilib kelinadigan o‘simlik bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va oqjo‘xorilar ham bug‘doydoshlar oilasiga mansubdir (143-rasm).
Bug‘doydoshlar oilasidan faqat 2 ta tur 0‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan.

Yüklə 237,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin