24
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini
bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman
mavjudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi.
Bu daraja sifatlarni to’liq va
to’liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.
To’la takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabag’larы keң-keң
(Navoiy). Ba’zan
bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va
ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi:
Zāhirim avqātы yamandыn-
yaman
(Navoiy).
To’liqsiz takror.
Bunda birinchi bo’g’in
p, m
undoshlari
ishtirokida
takrorlanadi:
ap-achыg’, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil
(Navoiy
ML.).
Sifat oldidan ravish so’zlari keltiriladi:
Bag’ayat biyik kishi
(Navoiy),
asru
keң
(Bobir).
Ta’kidlash zarurki,
-raq/-rәk
affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yo’q emas,
balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir.
Savol va topshiriqlar:
1.
Sifat yasovchi eski o’zbek tiliga xos bo’lgan qo’shimchalarni sanang.
2.
Eski o’zbek tilida orttirma darajadagi sifatlar qanday hosil qilinadi?
3.
Belgining ortiqligi va kuchliligi formalari qanday hosil qilinadi?
4.
Sifat darajalari shakllanishining hozirgi o’zbek tilidan farqli
tomonlarini izohlab bering.
Tayanch tushunchalar:
Dostları ilə paylaş: