S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
тарихий грамматика

So’z formasi (shakli)
– leksik ma’no, grammatik ma’no va uni ifodalash 
usullari yig’indisi. 
Kelishik qo’shimchalarining belgili-belgisiz qo’llanishi 
– kelishikning 
qo’shimchaga ega bo’lganligini (aslida 20-yillarda «belgi» termini 
«qo’shimcha» ma’nosini anglatgan) yoki ega bo’lmaganligini bildiradi. 
Sifat 
Reja: 
1.Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti. 
2.Sifat yasalishi. 
3.Sifat darajalari va uning intensiv formalari. 
XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar ham 
umuman turkiy tillardagi, xususan, o’zbek tilidagi sifatlarga xos barcha 
xususiyatlarga ega bo’lib, bulardan asosiylari quyidagilar: 
Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik 
asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy 
sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o’zgachaliklarga egadir: 

tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning to’g’ridan-
to’g’ri ma’nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, tam, maza, hajm, vazn, 
me’yor,sath, miqyos kabi doimiy sifatiy belgilar bilan bog’liq bo’ladi, bu 
doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda bo’lishi mumkin: aq
 
alma, aq kөңүl, achchыq dānәk, achchыq dard 
kabi; 

nisbiy sifatda esa bslgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bo’lgan 
so’zdan anglashiladigan narsa-prsdmet yoki hodisa ma’nosi bilan bog’liq 
bo’lib, uning belgi xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli 
darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi.
Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan morfologik
ko’rsatkichi uncha taraqqiy etmagan so’z turkumi sanaladi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra sifat dastavval mustaqil so’z turkumi 
sifatida mavjud bo’lmagan, u so’ngroq ot turkumidan o’sib chiqqan va 
shakllanib rivojlangan. 
E.V.Sevortyanning ta’kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanish 
jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon 
ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan 
turli davrlarda paydo bo’lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu 
formalarning ayrimlari qadimdayoq kammahsul bo’lgan, ayrimlari esa o’z 
sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada 
kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bo’lgan, ayrimlari 
faqat sifatgagina tegishli bo’lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan 
(Sevortyan 1963, 58). 


21 
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan 
sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo’lib, bu jarayon hanuz davom 
etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib 
chiqmasligi kerak. CHunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan 
keyin bu turkum tarkibiga yangidan qo’shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub 
va yasama so’zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati 
hozircha aniqlangan emas. 
Sifat turkumiga oid so’zlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil 
qiladi. YAsama sifatlar ikki xil yo’l bilan: morfologik (affiksatsiya) va 
sintaktik (kompozitsiya) hosil qilinadi. 
Morfologik usul bilan sifat yasalishi

Morfologik usul bilan sifat yasalishi 
uzoq tarixga ega bo’lgan asosiy usuldir.Sif a t yasalishiga asos bo’lgan o’zak 
morfema ism yoki fe’l turkumiga oid bo’lishiga qarab yasovchi morfemalar ham 
ismlardan yoki fe’llardan sifat yasovchi tarzida ikkiga bo’linadi.
Sifat yasovchi affikslar tarixan ko’p bo’lmagan, ular hozir ham unchalik 
ko’p emas. Tekshirilayotgan davr tilida ular qo’llanish darajasiga ko’ra bir xil 
emas, ba’zilari unumli, ba’zilari esa unumsizdir. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin