S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
тарихий грамматика

Kerәk bolsam aңa men, kendya kelsүn 
(Xisrav va SHirin). 
Kendү 
olmoshi 
өz 
olmoshi bilan ham qo’llanadi: 
Өzi kendү yekrәk 
(yomonroq) bilүr erdi 
(Tafsir). 
Kendү 
olmoshi eski o’zbek tilidayoq iste’moldan chiqqan va bu olmosh 
kәndi (kendi) 
shaklida hozirgi turk tilida saklanib qolgan. 
Eski o’zbek tilida 
өz 
olmoshi bilan birga, fors tilidan o’zlashgan 
xud 
olmoshi ham iste’molda bo’lgan: 
Teңri taālā xud kәrәm bilә gunāhыңыzdыn өtti 
(Navoiy). 
Mirzāxān xud shāhbegimniң tuqqan nabirasi 
(Bobur).
Ko’rsatish olmoshlari

Eski o’zbek tili yozma manbalarida 
bu, bul, ul, oshal, 
oshul, shul, ushbu, hamul, 
ba’zan 
u, ush, shu, shubu, hamun, hamin 
kabi ko’rsatish 


32 
olmoshlari tuzilishi jihatidan sodda hamda murakkab formalardan tashkil topgan. 
Sodda ko’rsatish olmoshlari: 
bu, ul(u), ush 
formalaridan iborat. 
bul, shul, 
(shu), 
ushbu, shubu, oshal, oshul, oshu, hamul 
so’zlari ko’rsatish olmoshlarining 
murakkab formalarini tashkil qiladi. H
amun, hamin, hamiyn 
ko’rsatish olmoshlari 
fors tillaridan o’zlashgan. Ko’rsatilgan davrlarga oid yozma manbalarda har 
qaysi ko’rsatish olmoshining iste’mol doirasi, leksik-semantik hamda 
grammatik xususiyatlari turlicha bo’lgan. 
Bu 
ko’rsatish olmoshi keng ko’lamda qo’llangan, nutq paytida mavjud 
bo’lgan yaqin masofadagi kishi, narsa, hodisalarni ko’rsatadi: b
u benava 
(Lutfiy)

b u rasadnы 
(BN)

Olmoshlar uch xil semantik vazifa bajargan: 
1.
Deyktik vazifa, ya’ni sof ko’rsatish ma’nosini anglatgan: 
Bu baytnы 
oqubdur 
(Navoiy, MN). 
2.
Anaforik vazifa, ya’ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni ko’rsatadi: 
Bu ham yaxshы bardы
(Boburnoma). 
3.
Preprativ vazifa, ya’nikeyin tilga olinadigan predmet va shaxslarni 
ko’rsatadi: 
Meni tanыmaydur, sөrүptүrkim, bular qaysы sultāndur 
(Boburnoma).
 
Bu 
ko’rsatish olmoshi kelishiklar bilan turlanganda va ko’plik affiksini 
olganda, uning tuzilishida turli fonetik o’zgarishlar yuz beradi. Bosh 
kelishikdan boshqa kelishiklar bilan turlanganda, so’z boshidagi 
b
undoshi 

ga 
o’tadi: 
bunы-munы, bunuң-munuң 
va h.k. SHuningdek, jo’nalish, o’rin-payt, 
chiqish kelishiklarida negiz va kelishik hamda ko’plik affiksi o’rtasida 
interkalyar «
n
» undoshi orttirilishi mumkin. Kelishiklar bilan turlanganda «
n
» 
undoshining orttirilishi doimiy (statik) bo’lsa, ko’plik shaklida u doimiy emas. 
Misollar: 
Bular dag’ы Sayyidgә kirmish 
(SHayb.). 
Og’lanlarnың atlarы munlar 
turur 
(SH.tar.). 
Mundыn artuq
qыlma zār
(Lutfiy). 
So’z boshida «
b
»ning «
m
»ga o’tishi ham doimiy emas:
 Barcha xalq bunы 
eshitib...
(SH.tar.). 
Bu 
olmoshi XVIII-XIX asrlarda 
bul 
variantida ham qo’llangan. Uning 
tafsiloti quyiroqda beriladi. 
Ul 
olmoshi so’zlovchiga masofa jihatdan uzoqroq bo’lgan predmet va 
uning belgisini ko’rsatish uchun qo’llangan va bu jihatdan 
bu 
olmoshi bilan 
zidlanishni (oppozitsiyani) hosil qilgan: 
G’amza birlә tөkti qanыm ul sanam 
(Lutfiy). 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin