33
oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya’ni kategorial belgilarni qabul
qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara mavjud.
Ush
so’zi hozirgi o’zbek tilidagi
mana
1
so’ziga ekvivalentdir. Ma’lum
bo’ladiki,
mana
so’zi olmosh deb e’tirof
etilmayotgan ekan,
ush
so’zini ham
olmosh deb qarash mumkin emas, lekin bu so’z XIII-XIV asr yodgorliklarda
faol qo’llangan:
Qadah evrүldi ush bostān ichindә
(MN).
Zulfuң dag’ы ul kāfur
ush imān aladur-la
(Lutfiy). Lekin bu so’z
ushbu, oshul, oshal, shul
olmoshlarining hosil bo’lishida qatnashgan.
Ushbu (ush+bu)
olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini ko’rsatadi:
Ushbu dam erүr jānnың futuhi
(MN).
Lekin bu so’z o’zgarishlar yuz bergan,
orttirma
-n
paydo bo’lgan,
b
tovush
-m
sonoriga o’tgan: Lutfiy —
munda
;
YAqiniy —
munuң-dek
.
Oshul
(ush//osh+ul)
ko’rsatish olmoshi XV—XIX
asrlar yozma
manbalarida iste’molda bo’lgan, tinglovchiga oldindan ma’lum shaxs, narsa
hodisalarni ko’rsatadi:
Faryādыm oshul yergә yetibtur (Lutfiy).
Oshul yerdә yattuq
(SH. tar.).
Oshal (ush//osh+ul//al)
olmoshi
oshul
olmoshining variantidir:
Oshal
kүnkim meni yazdān(olloh) yarattы
(MN).
Oshal suvlarnың aralarыnda
oltururlar erdi
(SH.tar.).
Osha, oshu
olmoshlari
ushbu, oshul, oshal
olmoshlarining
qisqargan
shaklidir:
Oshu sөz birlә
(SHN).
Osha үstүndә toң birlә muz bar turur
(O’N).
SHul (ush/osh/sh+ul)
olmoshi
bu, u, oshul, oshal
olmoshlarining
fonetik o’zgargan va qisqargan shaklidir:
SHul erүr aybыm Muqimiy,
mardumi Farg’āna-men
(Muq.).
SHul zamānkim alur Urgәnchni ol/ salur,
albatta, Xurāsān sarы yol
(SHN).
SHul
olmoshi
bu
olmoshining
bul
shaklida shakllanishiga ham sabab
bo’lag, chunki
shul-bul
analogiyasi va oppozitsiyasi
uchun u qulaylik
tug’dirgan. Aksincha,
bu
olmoshi
shul
olmoshiga oppozitsiyada turib,
uning ta’sirida
shu
variantini yuzaga keltirgan.
o’nә, mәnә, muna
so’zlari ham semantik jihatdan olmosh funksiyasiga
yaqin turadi, lekin ular aslida ko’rsatuv undovlaridir.
o’ne qaddu, әnә
Dostları ilə paylaş: