34
chiqib ketdi,
hamān
so’zi esa semantik o’zgarishga uchrab, ravish so’z
turkumiga o’tgan.
Fors tilidan o’zlashgan yuqoridagi olmoshlar eski o’zbek tilida yarim
kalkalanib,
hamul
variantida (
ham+ul
) ham qo’llangan:
Qoyar erdi hamul
vādiy sarы yүz// Qыlыb qat’ allыda tag’ olsa, gar tүz
(Nav.Xamsa).
Bu olmoshlar ham keyinchalik iste’moldan chiqib ketdi.
So’roq olmoshlari
.
Eski o’zbek tilida
kim, ne, qay
so’roq olmoshlari mustaqil
qo’llangan, boshqa so’roq olmoshlari
ne
va
qay
olmoshlariga tarixan yuklama, so’z
yasovchi va so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qo’shilgan shakllarda qo’llangan, lekin
bunday so’z va qo’shimchalar o’zining morfematik ma’nolarini yo’qotgan hamda
so’roq olmoshlarining turli modal shakllarini hosil qilgan xolos, aslida olmosh yasash
uchun xizmat qilgan emas.
Kim
so’roq olmoshi kishilarga nisbatan qo’llangan:
Ulүsh alg’an k i m va ul
ulushni tog’rag’an k i m (SH tar.)
.
Kim
so’roq olmoshi otlar kabi ko’plik affiksining
–lәr
variantini qabul
qilgan:
Arz qыlalы k i m l ә r vaqe’dur (Navoiy MQ)
.
K i m l ә r bilәn bazm
әylәb (Muqimiy)
.
Ne
olmoshi eski o’zbek tilida keng qo’llangan va uning semantik qirralari
ham ko’p bo’lgan:
belgining miqdorini aniqlash ma’nosida qo’llangan:
Ne imkānkim qarar
olg’ay kөңlүmә
(Navoiy).
Ul shāh bashыda ne balā fitna bar erdi
(Lutfiy).
sof belgini bildiradi:
Xān dedi: bu ne hikāyat bolg’ay// Ne hikāyat, ne
rivāyat bolg’ay?
(SHN).
ritorik so’roq gaplarda so’z ma’nosini kuchaytiradi:
Bu ne kөzdүr, bu ne
kirpүk, bu ne qash// Ki chыqtы din va imāndыn xalāyыq
(Atoiy).
sabab-so’roq ma’nosini bildiradi:
Kөzүң ne balā qarā bolubtur
(Navoiy).
Bilmәn ne jarima bilә Hiriydin ixrāj qыldы
(Bobur).
Ne
olmoshi to’liqsiz fe’llar birga qo’llana olgan va fe’l tarkibiga o’tgan:
Yүz salām aydыm ne bolg’ay
(Nodira).
Biziң sarы kelmes-sәn ne boldы
(Navoiy).
Ne
olmoshi ko’plik affiksini, tushum, chiqish kelishigi affikslarini olgan va
ularda kelishik affikslari funksional bo’lgan, jo’nalish kelishigi affiksi esa
olmosh tarkibida kristallashib qolgan. Qaratqich va o’rin-payt kelishigida
qo’llanishi masalasi ochiq qoladi.
Dostları ilə paylaş: