yerdә yardыlar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqыlsaңыz (QR). Vosita kelishigi . YUqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga
oid bo’lgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab
turadi:
Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Anы kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu? Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida
ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan
bo’lib, ma’nosi ham toraygan. Misollar:
Faryad etәrәm tүshkәli men yalg’uzun andыn// hech oldы tanыm, qaldы hamin yalg’uz үn andыn (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnatы (Atoiy). Vosita kelishigi formasidagi so’zlarning bir qismi ravish kategoriyasiga
o’tgan. Ravish kategoriyasiga o’tish, asosan, payt bildiruvchi so’zlar doirasida
bo’lgan:
qыshыn, yazыn, erten, kechin , tunun kabi. Bu so’zlar tarkibidagi
–ыn,- in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi bo’lib
, keyinchalik so’zning tarkibiy qismiga
aylangan va bunday so’zlar ravish sifatida shakllangan.
Savol va topshiriqlar: 1.
Qaratqich kelishigi qo’shimchalarini sanang.
2.
Jo’nalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan qanday
qo’shimchalari mavjud?
3.
Kelishik qo’shimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing.
4.
Vosita kelishigi qanday hosil qilingan?
Tanch tushunchalar: Kelishik kategoriyasi – aslida otning fe’lga tobeligini ta’minlaydigan
so’z formalari jami.