S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
тарихий грамматика

Tayanch tushunchalar: 
 
Fe’lning funksional formalari – 
fe’lning nutqda qo’llanish shakli. 
Harakat nomi – 
ish-harakatning atamasi bo’lib, otga xos so’z o’zgarish 
xususiyatiga ega bo’lgan va gapda ot bajargan vazifalarni bajarishga mos bo’lgan 
fe’l shakli. 
Sifatdosh – 
predmetning belgisi bo’lgan harakatni, ba’zan ish-harakatni 
to’g’ridan-to’g’ri anglatadigan fe’l shakli. 
Ravishdosh – 
harakatni ikkinchi bir ish-harakat belgisi sifatida anglatadigan, 
gapda hol va ergash gap kesimi bo’lib kelishga moslashgan fe’l shakli. 


47 
Sof fe’l – 
buyruq-istak, shart va ba’zan aniqlik mayllari hamda ularning 
zamonlari ma’nolarini ifodalab, har doim tuslanish tizimi elementi (unsuri) 
sifatida yo’llanadigan, gapda faqat kesim vazifasida kelishiga mos fe’l shakli. 
 
 
Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari 
 
Reja: 
1.
 
Mayl va zamon formalari haqida tushuncha. 
2.
 
Eski o’zbek tilidagi tuslovchi affikslar. 
3.
 
Buyruq-istak mayli formalari. 
4.
 
SHart-istak mayli formalari. 
O’zbek tilida, shu jumladan, turkiy tillardagi mayl va zamon formalari, mayl 
va zamon formalari munosabati munozarali masalalardan hisoblanadi. Turkiy 
tillardagi mayl va zamon formalari uchun maxsus affikslarning yo’qligi bunday 
munozaraga sabab bo’lmoqda. 
Ma’lumki, mayl ish-harakatning voqe’likka munosabatini ifodalab, fe’ldan 
anglashilgan ish-harakatning bajarilish xususiyatini, imkoniyatini, ya’ni, real 
voqelikka, sharoitga bog’langanligini bildiradi. Masalan, 
bordi
fe’li ish-
harakatning real bajarilganligini
ishla
fe’li ish-harakatning bajarilish haqidagi 
buyruqni ifodalaydi. 
Grammatik zamon esa ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytga 
munosabatini ifodalaydi. Demak, mayl kategoriyasi zamon kategoriyasiga 
nisbatan kengdir. Lekin hamma mayl formalarida ham grammatik zamon ma’nosi 
bir xilda mavjud bo’la bermaydi. Masalan, aniqlik maylida har uchala zamon, 
buyruq-istak va shart maylida esa faqat kelasi zamon formalari mavjud bo’ladi. 
O’zbek tilidagi mayl va zamon formalari haqida tuslanish tushunchasisiz fikr 
yuritib bo’lmaydi. SHu munosabat bilan tuslanish tarixi va uning xususiyatiga 
to’xtalamiz. 
Eski o’zbek tilida mayl formalari quyidagi uch turkumga bo’linadi: 
buyruq-
istak, shart-istak, aniqlik. 
Turkiy tillarda fe’l tuslanishi tarixan sifatdosh ( keyinchalik ravishdosh) 
formalari asosida, ya’ni mayl va zamon formalari sifatdosh formalari asosida 
asosida shakllangan (buyruq-istak mayli bundan mustasno). Keyinchalik bunday 
formalar tarkibidagi sifatdosh affikslarining ayrimlari sezilmas darajaga kelib 
qolgan. Masalan, 
-duq/-dүk//-tuq/-tүk 
sifatdosh affikslari 
–di/-dы//-ti/-tы 
affiksiga 
aylangan, ayrimlari esa hozirgi o’zbek tilida juda kammahsul affiksga aylangan. 
Eski o’zbek tilida tuslovchi affikslarning uch tipi qo’llanishda bo’lgan. Bular 
quyidagilar: 
1.
I tip tuslovchilar yoki to’la tuslovchilar: 
Birlik Ko’plik 
I shaxs -men -biz, -miz 
II shaxs -sen -siz 
III shaxs - - 


48 
2.
II tip tuslovchilar yoki qisqargan tuslovchilar: 
I shaxs -m -q/-k 
II shaxs -ң -ңыz/-ңiz/-ңuz/-ңүz/ 
III shaxs (-sы/-si) - - 
3.
III tip tuslovchilar fe’lning buyruq-istak maylida qo’llanadi. 
To’la tuslovchilar sifatdosh va ravishdosh formalariga hamda 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin