–g’ay/-gәy//-
qay/-kәy,-maqda/-mәkdә
affiksli formalariga qo’shiladi. Qisqargan tuslovchilar
–
di/-dы//-ti/-tы
affiksli affiksli, shart formadagi fe’llarga va
–g’u/-gү//-qu/-kү
affiksli formalarga qo’shiladi.
SHuni aytish lozimki, to’la tuslovchilar qadimgi turkiy yodgorliklarda
–di/-
dы//-ti/-tы
affiksli formadan keyin ham qo’llangan. Masalan,
basdыmыz,
buzdыmыz (KT).
Bu holat eski o’zbek tilining dastlabki yodgorliklarida ham
qo’llangan:
Eshittimiz taqы bildimiz tedilәr (QR).
SHaxs-son affikslari tarixan kishilik olmoshlarining rivojlanishidan paydo
bo’lgan. Buni M.Koshg’ariyning ma’lumotidan ham bilsa bo’ladi. XI asrda
o’g’uzlar, qipchoqlarning ayrimlari o’tgan zamon ma’nosini ifodalash uchun
–
duq/-dүk/-tuq/-tүk
affiksini ishlatib, ular oldidan kishilik olmoshlarini qo’llash
ularning qaysi shaxsda ekanligini bildirgan:
Men ya qurduq (men yoy qurdum), biz
ya qurduq, ol keldүk (u keldi), olar evgә kirdүk (ular uyga kirdilar).
Keyinchalik kishilik olmoshlari fe’ldan keyin ham keltiriladigan bo’lgan:
men barduq men (men bordim), sen barduq sen (sen bording)
kabi. Bunda shaxs-
son ma’nosini ifodalash uchun kishilik olmoshlarini ikki marta keltirishga zarurat
bo’lmay qolgan. SHuning uchun fe’l oldidan kelgan kishilik olmoshlari ko’pincha
tushirib qoldiriladigan bo’lib, keyingisi saqlangan va shaxs-son ko’rsatkichi
sifatida tasavvur qilingan.
Buyruq-istak mayli formalari.
Buyruq-istak mayli formalarida ham buyruq,
ham istak ma’nolari mavjud, ya’ni, I shaxs formalarida istak, II shaxs formalarida
buyruq, III shaxs formalarida esa ham istak, ham buyruq ma’nolari mavjud.
Eski o’zbek tilida buyruq-istak mayli ko’p formali bo’lib, ular quyidagicha
hosil bo’ladi:
I shaxs birlik formalari:
-(a)yыn/-ә)yin.
Bu forma barcha davrlarda keng qo’llangan:
Kүchүm
yetmishchә kөp xidmat qыlayыn (MN). Kimgә izhār әylәyin (Munis).
-(a)y/-(ә)y.
XIV asrdan keyingi yodgorliklarda qo’llanadi:
Gүl keldi yүzүң
davrыdakim, husn satay deb (Lutfiy). Men qashың mehrābыna әltәy duādыn
iydlыq (Atoiy).
-g’ayыn/-gәyin//-g’ayыm/-gәyim.
XV
asrdan
oldingi
yodgorliklarda
uchraydi:
Kimgә degәyim nechүk qыlayыm, bilmәn, men buyla yыraqda, ul
yaqыnraq jāndыn (Sayfi Saroiy). Karam qыlыb, qulaq tutsaң, javab ayg’ayыm
(Sayfi Saroiy).
-(a)yыm/(ә)yim.
XV asrdan oldingi davrlarda qo’llangan bo’lib, keyingi
davrlarda esa ayrim yodgorliklarda ba’zan uchrab qoladi:
Men qarыndashlarыm
birlә keңәshәyim (QR). Seniң үchүn shaharda bir yaxshы imārat qыlayыm (Sayfi
Saroiy).
49
YUqoridagilardan tashqari, «Qissasi Rabg’uziy», «Tafsir», «Xisrav va
SHirin» asarlarida
–g’am/-gәm
affiksi ham I shaxs buyruq-istak mayli formasini
hosil qilgan:
Fazl qыlg’am va aңa artuq bergәm (Tafsir). Birini qurban qыlg’am
(QR).
I shaxs ko’plik formalari.
Buyruq-istak maylining I shaxs ko’pligi quyidagi
affikslar bilan hosil qilingan:
-g’alыm/gәlim,-g’g’alың/-gәliң,-(y)alыm/-(y)әlim.
Bu affikslar XV asrdan
oldingi davr yodnomalarida uchraydi:
Ey rabb, bizgә farman bergil, kөkkә
ag’g’alыm (Tafsir).Siz on qoy keltүrүң, bishүrүң, etini yegәliң (QR). Halыmыz
ezgү bolmaz, netәk qыlalыm (QR).
Bu affiks ba’zan lab unlisi bilan
–alum/-әlүm
formasida ham keladi:
Bu er
ulug’ sөz sөzlәyү turur, ketәlүm tedilәr (QR).
-g’alы/-gәli.
XVI-XVII asr yodnomalarida uchraydi:
Hech yamanlыq aңa
yavutmag’alы// seni telmurtub anы tutmag’alы (SHN). Biz seni tutub bermәgәli
tedilәr (SH.tar.).
-(a)lың/(ә)liң.
XVIII asrgacha bo’lgan yodnomalarda uchraydi:
Asbab
quruңlar,Eran shahrыna baralың (Tafsir). Ne bolsa bolsun, ush bashdыn
kechәliң//Bu surat razыdыn parda achalың (XSH).
-(a)lы/(ә)li
affiksli forma XV-XVII asrlar uchun xarakterli bo’lib, bu davrda
buyruq-istak mayli I shaxs ko’plik ma’nosini ifodalashning asosiy formasi sifatida
yodgorliklarda keng qo’llangan:
Emdi sөzniң aslыg’a shuru’ qыlalы (Navoiy
MQ).Andijang’a chekәli bizlәr lashkar//tүzәli ul sarы āhāңы safar (SHN).
-(a)lыq/(ә)lik.
XIV asrdan boshlab qo’llanadi:
Xasmlыq qыlsa, qыlalыq fani
(SHN). Өzimizni ahvalыmыznы alayыq (SH.turk).
-(a)ylыq/(ә)ylik.
XIX asrdan boshlab keng qo’llana boshlagan:
Berәylik
ikkimiz ham aңa lәshkәr/ bolub jәң әylәsүn sardāri әskәr (Furqat). Ey yaxshыlar,
kelәylik, bir jayg’a yыg’ыlыshaylыq, oynaylыq, kүlәylik, āmān bolaylыq
(Muqimiy).
II shaxs birlik formalari.
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik ma’nosi eski
o’zbek tilida asosan
–g’ыl/-gil//-qыl/-kil
affiksi bilan yasalgan forma orqali
ifodalangan:
Eshitkil emdi ham bir xush hikayat (MN). Barыb ul xannы salamat
tutqыl (MN)
.
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik formasi eski o’zbek tilida
–g’in/-gin//-
qыn/-kin
affiksi bilan ham yasalgan. Bu affiks
–g’ыl/-gil//-qыl/-kil
affiksining
fonetik varianti bo’lib, nisbatan keyingi davrlarda paydo bo’lgan:
Kelgin ke,
firaqың otыda qalmadы halыm (Lutfiy).Men dedim kim, rast aytqыn (BN).
Baqqыn, ekin pishәr-mu aftab kөrmәy (Muqimiy).
Ma’lumki, hozirgi o’zbek tili va boshqa turkiy tillarda buyruq-istak
maylining II shaxs birligi ko’pincha affikssiz qo’llanadi, ya’ni formal jihatdan fe’l
negiziga to’g’ri keladi. Bu holat eski o’zbek tilida ham keng kuzatiladi:
Taqы yuz
mың altun keltүr (QR).Qaraqchы kөzlәriңdin bir qыya baq (Atoiy). Adl qulag’ы-
la eshit halыmы (Muqimiy).
SHe’riy asarlarda buyruq-istak mayli II shaxs birligi affikssiz qo’llanganda,
ba’zan
–u/-ү
unlisi orttiriladi. Bu hol Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro
she’rlarida uchraydi:
Ey saba, avvāra kөңlүm istәyү har yan baru// Vadi-yu tag’-u
50
biyābānlarnы bir-bir axtaru. Axtarurda tapsaң ul kөңlүmki, majnun shivadur//
har nechүk bolsa әdәm sahrāsы sarы bashqaru.
Misollardagi
baru, axtaru,bashqaru
fe’llari
borgin, axtargin, boshqargin
ma’nosini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |