63
Sintaksis
Reja:
1.
Tarixiy sintaksis haqida ma’lumot.
2.
So’z birikmasi.
3.
Gap bo’laklari.
Qadimgi turkiy til va so’nggi davrlar tilining sintaktik tuzilishi bilan hozirgi
zamon tili sintaktik tuzilishini qiyoslar ekanmiz, o’zbek
tili sintaksisida ham
jiddiy o’zgarishlar bo’lganini ko’rish mumkin. SHunisi xarakterliki, sintaksisdagi
o’zgarishlar ko’pincha morfologiya va leksikada bo’lgan o’zgarishlar tufayli ro’y
bergan. Masalan, vosita kelishigining iste’moldan chiqishi so’zlarning boshqaruv
munosabatini
o’zgartiradi
va
hol
doirasini
kengaytiradi.
Sintaksis taraqqiyotidagi ikkinchi omil- boshqa tillarning ta’siridir. Tarixda
o’zbek tiliga ayniqsa fors-tojik tilining ta’siri sezilarli bo’lgan. Bu tilning ta’siri
bilan yangi so’z birikmalari, ergash gaplar vujudga keldi.
Ma’lumki, so’z birikmalari ikkiga bo’linadi: tobe birikmalar, teng birikmalar.
Teng birikmalarda so’zlar o’zaro
teng munosabatga kirishsa, tobe birikmalarda
so’zlar o’zaro tobe-hokim munosabati orqali bog’lanadi.
Tobe birikma tarkibidagi bosh va ergash so’zlar
qanday vositalar bilan
bog’lanishiga qarab, uch turga bo’linadi: boshqaruv, moslashuv, bitishuv.
Boshqaruv
munosabatida ergash so’z bosh so’zning talabi bilan biror
grammatik formada shakllanadi. Boshqaruvning ikki turi mavjud:
kelishikli
boshqaruv va ko’makchili boshqaruv. Kelishikli boshqaruvda bosh so’z va
ergash so’z o’zaro tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi yordamida
bog’lanadi. Ko’makchili boshqaruvda bosh so’z bilan ergash so’z ko’makchilar
yordamida munosabatga kirishadi:
Vәhm bilә uyg’anыb, kāhinlәrni tilәb, bu
tүshniң tә’birini tilәdi (Navoiy NM). Vә bir az fursatdыn soңra mәliki Rāyān ham
ālamdыn chыqtы (Navoiy NM).
Moslashuvli birikmada
bosh so’z bilan ergash so’z shaxs-sonda o’zaro mos
bo’ladi. Ular o’zaro qaratqich kelishigi yordamida bog’lanadi: ...
ul navāhiniң
cheriki bilә..(BN). Meniң g’animim qorg’anda edi (BN).
Bitishuv
munosabatiga kirgan so’zlar faqat ohang yordami bilan bog’lanadi.
Bunday munosabat sifat bilan ot, son bilan ot, olmosh bilan ot o’rtasida bo’ladi:
Bu tүshүkni teshib, ul suvni ichәdүrlәr (BN). Ottыz-qыrq bәrg shāxыnың үchidә
bir yerdin-oq irikrәk pәnjә uradur (BN).
Izofa.
Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Izofa arab
va fors tillariga xos bo’lib, turkiy tillardagi moslashuvli birikmaning o’zidir.
O’zbek tili leksikasining juda katta qismini arab va fors so’zlari
tashkil etgani
uchun bu tillardan izofiy birikmalar ham juda ko’plab o’zlashgan. Misollar:
Haki
pay, abi hayvan (Lutfiy), g’unchayi xandan, bulbuli bostan (Xorazmiy), shayxul
Dostları ilə paylaş: