S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
тарихий грамматика

Tayanch tushunchalar: 
 
Ravish – 
harakatning (holatning) belgisini ifodalovchi so’z turkumi. 
YAsama ravishlar – 
boshqa so’z turkumlaridan turli vositalarda ravish 
yasalishidir. 
Ravishning ma’no turlari – 
ravishning holat, payt, o’rin, daraja-miqdor, 
chegaralov, o’xshatish ma’nolarini ifodalashidir. 
 
YOrdamchi so’z turkumlari. 
 


58 
Reja: 
1.
Eski o’zbek tilida ko’makchilar. 
2.
Bog’lovchilar. 
3.
YUklamalar.
4.
Modal so’zlar. 
Ko’makchilar. 
Eski o’zbek tilida qo’llanishda bo’lgan ko’makchilar xuddi 
hozirgi o’zbek tilidagidek, ikki guruhga bo’linadi: 
a)
sof ko’makchilar; b) 
funksional ko’makchilar. 
Sof ko’makchilar.
Eski o’zbek tilida quyidagi sof ko’makchilar iste’molda 
bo’lgan: 
yochүn.
Bu ko’makchi bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llangan. Quyidagi 
ma’nolarni ifodalaydi: 
a) atalganlikni bildiradi:
Bu hikāyat el үchүndүr barы// bu rivayat el 
үchүndүr barы (SHN); 
b) sababni bildiradi: 
Hindustandыn өzgә yerdә bolmas үchүn munы taqrыb 
bilә zikr qыldыm (BN); 
v) maqsadni bildiradi: 
Ilm tahsili үchүn shahrg’a kelibtүr (Navoiy,MN). 
Birlә (birlәn // bilә // bilәn). 
Bu ko’makchi dastlab 
birlә 
formasida qo’llangan 
bo’lib, qolgan formalari keyinchalik vujudga kelgan. Quyidagi ma’nolarni 
bildiradi: 
a)
 
birgalik ma’nosini: 
Besh yүz er birlә atlanur boldы (QR). 
b) vosita ma’nosini:
 Butlarыna nayzanың uchi birlәn sanchdыlar (SH.tar.) 
v) holat, sabab ma’nosini: 
Yetmish yыl boldы ne’mat birlә umr kechүrdүm 
(QR) 
g) payt ma’nosini: 
Bir manzilga tunlә birlә yettilәr (Tafsir). 
Kibi/kәbi. 
Bu ko’makchi o’xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi: 
Qыlay 
Majnun kibi kөңlүmni xāli (Navoiy FSH). Өzgә xānlar kibi majlis qurmas (SHN). 
Bikin. 
Bu ko’makchi XIV-XV asrlarga oid yodgorliklarda uchraydi. 
YUqoridagi ko’makchi kabi o’xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi: 
Tөkүlgәy āxiri andыn qan yer үzrә suv bikin qanыm (Lutfiy). 
Yaңlыg’ (yaңlыq). 
Bu ko’makchi ham o’xshatish, qiyoslash ma’nolarin 
ifodalaydi: 
G’uncha yaңlыg’ chāk bolmag’an giribān qalmadы (Sakkokiy). 
Uzrә (uzә). 
Asosan she’riy asarlarda qo’llangan. Ish-harakatning biror narsa-
predmet ustida, yuzasida bo’lishini ko’rsatadi:
Sunbul gul uzә saya salыbdur-mu 
yāxud// har yan achыlыbdur-mu yүzүң uzә kulāla? (Munis). 
Ichre 
ko’makchisi ish-harakatning biror narsa-predmet ichida sodir bo’lishini 
ko’rsatadi: 
CHāra budur ki, kөhisār ichrә// vatan etkәy qarang’u g’ar ichrә 
(Navoiy SS). 
Sarы 
ko’makchisining yozma manbalarda aks etishi XIII-XIV asrlardan 
boshlab kuzatiladi. Bu ko’makchi ish-harakatning yo’nalishini ko’rsatadi: 
Anың-
dek urdi yүz shahzāda sarы//ki sarsar savsanы āzāda sarы (Navoiy FSH). 


59 
Taba, tabaru.
Bu ko’makchi XV asrgacha iste’molda bo’lgan, ish-
harakatning yo’nalishini bildiradi: 
Falastin taba barur boldыlar ersә, yolda 
ajāyibātlar kөrdilәr (QR). 
Tegi 
ko’makchisi XV asrgacha bo’lgan yodgorliklarda uchraydi, ish-
harakatning payt yoki o’ringa nisbatan chegarasini bildiradi: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin