57
1.
Bir
so’ziga payt, makon, va shunga o’xshash ma’nolarni bildiruvchi
so’zlarni qo’shish bilan:
Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerdә muqim
etkүsidүr (SHN).
2.
Har
belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni
qo’shish bilan:
Har kun salamg’a barur erdim (Tafsir). Har yerdә barsaңыz
qullug’da bolur-siz (BN).
3.
Ul, bu, oshal
kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni
qo’shish bilan:
Kөңlүm ul yān tartadur (Lutfiy). Bu qыsh qār bisyār ulug’ tushub
erdi (BN).
4.
Hech, qay
olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni
qo’shish bilan:
Hech zamānda hech kim eshitkәn vә kөrgәn yoqtur (SH.tar.).
Eski o’zbek tilidagi ravishlarni ham ma’no jihatdan quyidagicha tasnif qilish
mumkin:
1.
Holat ravishlari:
āhista, ravān, āsān, āgāh, tүrkchә, āshыqāna.
2.
Payt ravishlari:
tүnlә, hargiz, nāgāh, hamisha, damādam, dambadam, har dam,
har lahza, avval, hālā.
3.
O’rin ravishlari:
har sarы, bu yer, bunda, anda.
4.
Daraja-miqdor ravishlari:
az, kөp, bүrgүtchә, menchә, ulug’cha, g’āyat,
bag’āyat.
5.
CHegaralov ravishlari:
haftag’acha, kөkkәchә, G’aznыg’acha, axshāmg’acha,
xususan, bataxsis.
6.
O’xshatish ravishlari:
lāladek, burung’ыdek, ыnang’udek, yegүtek, paritek.
Juft ravishlar.
Eski o’zbek tilidagi juft ravishlarning ko’pchilik qismi ot
turkumidagi so’zlarning ravishga ko’chishidan hosil bo’lgan:
Yana tun-kun
bardыlar (Tafsir). Qazar erdi arыg’nы kecha-kunduz (Navoiy,FSH).
Savol va topshiriqlar:
1.
Eron tillaridan o’zlashgan ravishlarga misol yozing.
2.
Arab tilidan o’zlashgan ravishlarga misol yozing.
3.
Ravish yasovchi qo’shimchalarni sanang.
4.
Ravishning ma’no turlarini sanab bering va manbalardan misollar
keltiring.
Dostları ilə paylaş: