S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
тарихий грамматика

1. Qiyoslash munosabati.
Bunday gaplarda ikki denotativ voqea o’zaro 
qiyoslanadi. Mana shu qiyoslanish asosida har ikkala denotativ voqea uchun 
umumiy bo’lgan semantika namoyon bo’ladi. Masalan: 
Haq malыn kүydirgәnni 
devana derlәr vә yaruq kүndә shami kәfuriy yaqqannы aqldыn begana derlәr 
(MQ 111-112).
Birinchidan, ushbu gap tarkibidagi sodda gaplar tenglanish asosida aloqaga 
kirishgan, ya’ni har bir denotativ voqea yakka holda ham qo’llana oladi. Lekin 
ikkinchi tomondan, jips mazmuniy bog’lanish bor. Avvalo, har ikkala gapda bitta 
umumiy semantika-aqlsizlik izohlanmoqda. Birinchi denotativ voqea 
(Haq 
malыn kүydirgәnni devana derlәr)
asosiy voqea, ikkinchi denotativ voqea 
(Yaruq 
kүndә shami kәfuriy yaqqannы aqldыn begana derlәr)
izohlovchi voqea ikkinchi 


73 
denotativ voqeaga qiyoslangan holda uning ma’nosi yanada chuqurroq, kengroq 
izohlanmoqda. 
Haq molini kuydirgan odam kunduzida sham yoqib yurgan kishiga 
o’xshatilmoqda. әz-o’zidan ma’lumki, kunduzi sham yoqishga hech qanday hojat 
yo’q. Kunduzida sham yoqib yurgan kishi, albatta, hammaga kulgi, masxara 
bo’ladi. Haq molini kuydirganlar aynan shunday kishilarga qiyos qilinmoqda. Bu 
gap asosida 
Haq molin kuydirgan yoruq kunda sham’i kofuriy yoqqan bilan 
barobar 
degan mazmun yotadi. 
Qo’shma gaplar tarkibidagi gaplarning semantik bog’lanishida gaplar 
tarkibidagi oppozitiv vositalar muhim rol o’ynaydi

. Bunday oppozitiv vositalar 
har ikkala gap tarkibida kelib havola bo’laklar (Havola bo’laklar haqida qarang: 
Mahmudov N.,Nurmonov A., 1995, 172) kabi bir-birini talab etadi, semantik 
munosabatga kirishadi. 
YUqoridagi misolda denotativ voqealarning semantik bog’lanishida h
aq molin 
kuydirgan - yoruq kunda sham’i kofuriy yoqqan, devona – aqldin begona
oppozitiv vositalarning oppozitiv munosabati muhim vosita sifatida ishtirok 
etmoqda. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin