75
keltirib chiqara olmaydi, lekin
bu
leksemasi mazkur misolda
yomon
leksemasining substituti sifatida kelgan bo’lib, kontekstual jihatdangina shu
leksemaning semantikasini o’ziga olgan. Demak, bunday
zidlikni nisbiy zidlik
deb atash mumkin. Mazkur gapni quyidagi ko’chimda ifodalaganda maqsad
oydinlashadi. Qiyoslang:
Hushi barыda yaxshы abyatlar aytыb erdi, amma
junun vaqtыda yaman baytlarыn kөp oqur erdi yәki yaxshы bayt aytmas erdi.
2. Semantik jihatdan zid bo’lmagan qo’shma gaplar tarkibida
.
Bunday
gaplarda
ammo
bog’lovchisi semantikasida zidlik tushunchasi bo’lmaydi, balki
bog’lovchilik funksiyasi saqlanib qolgan holda, ammo so’zida ta’kid ma’nosi
ham
birga anglashiladi, lekin ot va uning substituti oppozitsiyasi ikki gap
semantikasining bir-biriga aloqadorligini ta’minlaydi.
Dag’ы Istahrnы bina
qыldы, amma kөprәk avqat anda bolur erdi
(TMA 185).
SHakliy tomondan
qaraganda, zidlov bog’lovchi ishtirok etgan, demak,
zidlov munosabat
shakllanishi kerak, lekin bu misolda zidlash munosabati yo’q. Denotatlar
Istahrni
- anda
oppozitsiyasi orqali bog’lanmoqda. Mazmunan ketma-ket ro’y bergan ikki
denotativ voqea teng mavqeda, payt munosabati ifodalangan. Mazkur gapning
ikkinchi komponenti predikatida bo’lishlilik semasi aks etgan bo’lsa,
«
Damovadni bino qildi, ammo anda gahi bo’lur erdi
(TMA 185)» misolida
predikatda garchand bo’lishlilik shakli reallashgan bo’lsa-da, mazmunan
bo’lishsizlikni ifoda qiladi. Bir qarashda ammo bog’lovchisi o’zaro zid mazmun
munosabatidagi gaplarni bog’lagandek ko’rinadi, lekin qo’shma gapning umumiy
mazmunida bir komponent mazmuni ikkinchi
komponent mazmunini inkor
etayotgani yo’q, ya’ni
Damovadni bino qilgan
ligi, unda
gahi bo’lishiga
qarshi
qo’yilayotgani yo’q, boshqacha aytganda, ikkinchi gap birinchi gap mazmuniga
zid emas, lekin gapda ziddiyati bo’lmagan
Damovad – anda
ot va olmosh
(substitut) oppozitsiyasi mavjud.
Savol va topshiriqlar:
1.
Qo’shma gaplar bilan yoyiq sodda gaplar o’rtasidagi farqni tushuntirib
bering.
2.
Eski o’zbek tilida bog’langan qo’shma gaplar qanday bog’lovchilar
yordamida bog’langan?
3.
Bog’langan qo’shma gaplarga 10ta misol yozing.
17-ma’ruza
Ergash gapli qo’shma gaplar
Reja:
1.
Ergash gapli qo’shma gaplar haqida nazariy ma’lumot.
2.
Ergash gapli qo’shma gaplar tasnifi.
Adabiyotlar:
76
1.
Abdurahmonov G’. Tarixiy sintaksis.-T., 1974.
2.
Щerbak A.M. Grammatika starouzbekskogo yazыka.-M.-L.,1962.
3.
Serebrinnikov
B.A.,
Gadjieva
N.Z.
Sravnitelno-istoricheskaya
grammatika
tyurkskix yazыkovyu Fonetika, morfologiya, sintaksis.-M.,
1986.
Ma’lumki, ergashgan qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar
o’zaro hokim-tobelik munosabati orqali bog’lanadi. Ergash gap bosh gapga tobe
bog’lanib, bosh gapdagi biror bo’lakni izohlab keladi. Bosh va ergash gap
grammatik hamda mazmunan jips bog’lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va
umumiy bir fikrni ifodalaydi. Ular o’zaro fe’lning amaliy shakllarining
qo’llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh, ravishdosh va shart
fe’li), yordamchi so’zlar orqali munosabatga kirishishi aytiladi (Abdurahmonov
G’., 1996, 185). Ergashgan qo’shma gaplarning guruhlanishi ergash gapning
bosh gapdagi qaysi bo’lakni izohlab kelishiga qarab belgilanadi.
SHuni aytish
kerakki, ergash gaplarning tasnifida tilshunoslar o’rtasida umumiylik bor. O’zbek
tilshunosligida ergash gaplar mazmuniy – shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1)
ega, 2) kesim, 3) to’ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) ravish, 6) o’lchov- daraja, 7)
chog’ishtirish-o’xshatish, 8) sabab, 9) maqsad, 10) payt, 11) o’rin, 12) shart, 13)
to’siqsiz, 14) natija ergash gaplar (G’ulomov A., Asqarova M., 1987, 187).
N.Mahmudov ham ergashgan qo’shma gaplar semantikasini ayni shu tasnif
asosida tahlil etadi (Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo’jaeva S.,
1992, 243). G’.Abdurahmonov esa ularni quyidagi turlarga ajratadi: 1)
aniqlovchi, 2) to’ldiruvchi, 3) ega, 4) kesim, 5) payt, 6) sabab, 7) shart, 8)
maqsad, 9) to’siqsiz, 10) natija, 11) ravish, 12) qiyos, 13) umumlashtiruvchi-izoh
ergash gaplar (Abdurahmonov G’., 1996, 191-216). Uning bu tasnifida
yuqoridagi
barcha
qo’shma gaplar aks etgan bo’lsa-da, qiyos va
umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz maydalashtirilib yuborilgan. Masalan,
umumlashtiruvchi-izoh ergash gapli qo’shma gaplar tabiati haqida to’xtalar ekan,
u shunday yozadi: «Ergash gaplarning shunday turlari borki,
ular bosh gapga
analitik-sintetik yo’l bilan bog’lanadi. Bu holda bosh va ergash gap o’zaro nisbiy
olmoshlar orqali birikib, ergash gapning kesimi shart mayli orqali ifodalanadi.
Demak, bunday ergash gaplar bosh gapga asosan leksik vositalar va shart mayli
orqali bog’lanadi. Bu bog’lanish ikki tomonlama bo’lib, bog’lovchi leksik
vositalar ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qo’llanadi» (Abdurahmonov
G’., 1996, 216).
Eski o’zbek tilida ham ergash gapli qo’shma gaplarning yuqoridagi turlari
qayd qilinadi. Quyida ularni ko’rib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: