(HSHA 83).
Bir mahal: Xah bir mahalda birav uchun aytg’an, xah biravnың ruq’asыg’a javab yыbarg’an (HPM 82).
Andыn sөңrә: Sabzavarda qaza mansabыnы aңa bergәndүrlәr, andыn sөңrә Isfarayыnda qazi bolg’andur (MN 58).
Muddatidurkim: Vә Kirman viloyatida hukumat qыldы vә muddatidurkim, padshah eshigidә amarat devanыda muhr basadur (MN 184).
Ushbu misolda
voqealarning ketma-ket ro’y berishi predikatlar orqali ham shakllangan. Birinchi
denotatning predikati o’tgan zamon fe’l shakli bilan ifodalangan bo’lsa, keyingi
denotatning predikati hozirgi-kelasi zamon fe’l shakli bilan ifodalangan.
3. Sabab-natija mazmuni ifodalangan . Sabab-natija munosabati haqida gapirar ekan, G’.Abdurahmonov bunday
munosabatning yuzaga kelishida faqat bog’lovchilar emas, balki sodda gaplar
tarkibidagi ayrim bo’laklarning semantikasi rol o’ynashini ta’kidlaydi
(Abdurahmonov G’., 1958, 73).
Misollarga murojaat qilaylik:
«Minjohun-najot» qasidasыda hidayat tariyqыn tүzүb-men vә zalalat ahlыg’a najat shahrahыn kөrgүzүb-men (ML
124).
Ushbu misolda
Hidoyat tariyqi – najot shohrohi so’z birikmasi oppozitiv
munosabatni yuzaga keltirmoqda.
Hidoyat tariyqi so’z birikmasining semantikasi
najot shohrohi orqali izohlanmoqda.
Hidoyat tariyqi leksik birikmasining
mazmuni
to’g’ri yo’lga etaklash yo’li yoki qoidasi demakdir.
Najot shohrohi esa najotning katta yo’lidir. Hidoyat tariyqi – najot shohrohi izohlovchi-izohlanmish
munosabati orqali sabab-natija mazmuni kelib chiqqan. Demak, zalolat ahli
uchun najot yo’li bu hidoyat tariyqidir, ya’ni uni o’rganish, undan ogoh bo’lish.
Zalolat ahli hidoyat tariyqini o’rganish orqaligina to’g’ri yo’lga chiqish mumkin.
Ma’lumki, hozirgi o’zbek tilida
ammo grammatik shaklining o’zaro zid
bo’lgan sodda gaplarni bir-biriga bog’lashi tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan.
Lekin eski o’zbek tilida bu shakl bir-biriga zid bo’lmagan sodda gaplar tarkibida
ham qo’llanadi.
Va shakli esa zidlov munosabatli qo’shma gaplar tarkibida ham
kelgan. Bunday holatlar ham mazkur shakllarning sodda gaplarni bog’lashda
asosiy vosita ekanligiga shubha uyg’otadi.
Ammo