Hamul besh-on kүndә abtar devānanы bozaxānada yana bir өzidek abtar boynыnы chapыb өldүrdi (Navoiy, XM). 2.
Ish-harakat ob’ektini bildiradi:
Vazыrg’a bu xabar yetishti (Navoiy, TMA). 3.
Ish-harakatning o’rnini bildiradi:
Vә ul hazratnың mubarak murqadi Jam vilayatыda Xarjud qasabasыdadur (Navoiy, MN). 4.
Ish-harakat yoki belgining paytini bildiradi:
Vә Yalashnың zamani besh yыldыn juzviy өksүkdүr (Navoiy, TMA). Tarkibiga ko’ra ega
sodda va
murakkab turlarga bo’linadi. Sodda ega bir so’z
shakli bilan ifodalanadi:
Sahāvat insāniyat bag’ыnың bārvar shajaridur (Navoiy, MQ). Miri majlisdag’ы ahli majlisqa muttafыq boldы (Navoiy, MN). Murakkab ega bir necha so’zlar birikmasidan iborat bo’ladi:
Bu she’rg’a hazrat Mahdumi Nuran javab aytыbturlar (Navoiy, MN). Kesim gap tarkibida muhim o’rin tutadigan bosh bo’lakdir, shuning uchun
ham u sodda gaplarda eganing qo’llanishiga nisbatan muqimdir (Kesim haqidagi
yangicha qarashlar yuqorida aytib o’tilgani uchun qaytarib o’tirmaymiz). Kesim
ham xuddi ega kabi sodda va murakkab turlarga bo’linadi.
Sodda kesim bir so’z shakli bilan ifodalanadi. Sodda kesimlar qaysi so’z
turkumi bilan ifodalanishiga qarab
sodda fe’l kesim va
sodda ot kesim larga
bo’linadi. Sodda fe’l kesimlar fe’l, uning sifatdosh va ravishdosh shakllari bilan
ifodalanadi:
Va saltanatыnың zamānыn ham muxtalif bitibtүrlәr (Navoiy,TMA). Dostlar dostlar vafāsыn asrag’aylar (Navoiy, NM). Sodda ot kesim lar fe’ldan boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
Yalg’an aytquchы g’aflatdadur (Navoiy, MQ). Ul ham Andыjandыndur (Navoiy, MN). Murakkab kesim lar bir necha so’zlardan iborat bo’ladi. Ular ham sodda
kesimlar kabi murakkab fe’l kesim va murakkab ot kesimlarga bo’linadi.
Murakkab fe’l kesim adabiyotlarda
sostavli kesim deb ham yuritiladi.
Murakkab fe’l kesimlar asosan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan iborat bo’ladi:
Ul dag’ы bashqara almadы (Navoiy, TMA). Bundan tashqari, mustaqil
fe’l+to’liqsiz fe’l qo’shilmasidan ham murakkab fe’l kesimlar hosil qilingan:
Sekiz mың shāh va shāhzāda xыdmatыn qыlur erdi (Navoiy, TMA). Murakkab ot kesimlar ot+fe’l va ot+bog’lama qo’shilmalaridan iborat bo’ladi:
Va SHāmda alarg’a kөp muridlar payda boldыlar (Navoiy, Nas.muh.). Jami’ darveshlәr hāzыr erdilәr (Navoiy, Nas.muh.). Eski o’zbek tilida ham xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, ot kesimlar tarkibida
-tur, -men,-siz,-biz kabi qo’shimcha- bog’lamalar,
erdi, ermish, bol, barur va fors-
tojik tilidagi
hast bog’lamsidan nusxa ko’chirish asosida vujudga kelgan
bor so’z
bog’lamalari keng qo’llangan.
To’ldiruvchi. To’ldiruvchi gapning uzviy bo’laklaridan bo’lgan ikkinchi
darajali bo’lakdir. To’ldiruvchi uchun asosan ot va olmosh turkumi ifoda ashyosi
bo’lib xizmat qiladi. U
vositasiz va
vositali kabi ikki turga bo’linadi.
66
Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanadi. Ular
quyidagicha ifoda ashyosiga ega bo’ladi:
1.
Ot bilan ifodalangan:
Bu zalimlar mүlkni barbad bergүchidүrlәr (Navoiy, MQ). 2.
Otlashgan sifat bilan:
Aqыl bu tarыqnы shiar qыlmas va yaxshы-yamannы haq yaratqandыn artuq-өksүk bilmәs (Navoiy, MQ). 3.
Olmosh bilan: