S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Iksod kanalar (Ixodidae) 
oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblamb, jinsiy v o ­
yaga yetganlarining kattaligi 4 -5 mm dan 2-3 srn gachaboradi. Tanasi b o ‘g ‘imlarga 
b o ‘linmagan.
Oziqlanish darajasiga k o ‘ra, ulam ing katta-kichikligi, gavdasining shakli va 
rang! o'zgarib turadi. Och kanalar yassi va uzunchoq, oval shaklida, ranglari esa 
och sariq, sariq-qo‘n g ‘ir, qoramtir va hatto qora tusli bo'ladi. Qon so'rib to'y gan
u rg 'o ch i kanalar esa kulrang va och sariq tusga kiradi.
Tanasining ustki qismi xitin qoplag'ichi bilan qoplangan. M azkur qoplag‘ich 
erkagimng tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo'lib, u dorzal qalqon-
158


cha deyiladi. U rg ‘ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab turadi. 
Shunga qarab, erkak kanalami urg'ochilaridan farq qilish mumkin.
Iksod kanalaming gavdasi ikki qismdan: xartumli “boshcha” - gnatosom a va 
haqiqiy tana - idiosomalardan iborat. Gnatosoma haqiqiy tanaga terminal tutashgan 
va oldingi tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga gipostom, 
xelitseralar va boshqa b o 'g 'im li pedipalpalar kiradi. Gipostom pastki j a g ‘dan ibo­
rat b o i i b , xartum asosining o ‘rta qismidan oldinga qarab yo'nalgan. Uning yuzasi 
orqaga qayrilgan tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o ‘tkir tomoni xelitse­
ralar bilan birga xo'jayin tanasini teshishda ishtirok etadi. Xelitseralar gipostom ­
ning uchida joylashgan. Xelitseralar yordamida kana o ‘z xo'jayinining terisida ja- 
rohat hosil qiladi. Pedipalpalar sezish organlari vazifasini bajaradi. K analar u bilan 
xo'jayinining teri ustini paypaslab, xartumini qadaydigan joyni tanlaydi.
Idiosomada 4 juft olti b o 'g'im li oyoqlar joylashgan. Har bir oyog'ining oxirgi 
b o ‘g ‘imida qayrilgan bir juft o ‘tkir tim o g ‘i bor, ularning asosida esa so'rish yostiq- 
chasi joylashgan. Qorin tomonida uchinchi juft oy og ‘i bilan bir qatorda ko'n d alan g
jinsiy teshigi joylashgan bo'ladi. To'rtinchi juft oyoqlarining asosidan har ikki to­
monga stigma - nafas olish teshigi ochiladi.
K o 'pg in a iksod kanalarda ko'zlari b o ia d i. Shuningdek, ularda maxsus hid bilish 
va eshitish organlari ham mavjua.
Iksod kanalarining individual rivojlanishi bir necha davrdan iborat: tuxum, 
lichinka. nimfa va imago. Har bir rivojlanish davridagi kanalar morfologik tuzilishi 
va biologik xususiyatlariga k o 'ra tubdan farq qiladi.
Kanalar ayrim jinslidir. Ular tuxum qo'y ib ko'payadi. Bitta u rg ‘ochi kana
3 - 4 mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo'yadi. Tuxumlari mayda, k o ‘pincha 
oval shaklida va sariq tusli b o ‘ladi. Iksod kanalaming tuxum q o ‘yish faolligi va 
urg'ochilarining qon so'rishi tashqi muhit omillari bilan bevosita b o g ii q . Faqat 
qon bilan oziqlangandan keyingina tuxum qo'yadi.
U rg'ochi kana urug'lanib, xo'jayin qonini so'rib to'ygandan keyin yerga tushib, 
tuxumlarini tuproqqa qo'yadi. Iksod kanalarining urg'ochilari hayotida bir marta 
tuxum qo'yadi va keyin halok bo'ladi. Tuxum dan ju d a mayda olti oyoqli lichinka- 
lar chiqadi. U xo'jayiniga yopishib, qonini so'rib tullaydi va tashqi ko'rinishi ona 
kanaga o'xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga yetmagan lichinka hamda 
nimfaning jinsiy teshigi, iichinkalaming esa nafas olish organlari bo'lm aydi, ular 
butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa tanasining ikki yon tomo- 
nidagi 4 juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan tugovchi traxeya orqali 
nafas oladi. Nimfalar m a ’lum vaqtdan keyin oziqlanib to'ygach, yana tullaydi va
159


jinsiy voyaga yetgan kanalarga aylanadi. Rivojlanish sikli turii kanalarda bir necha 
oydan 3 - 4 yilgacha davom etadi.
Kanalar lichinka va nimfa davrlarida ko'pincha mayda kemiruvchilar, 
hasharotxo'rlar, qushlar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Jinsiy voya­
ga yetgan davrida esa yirik hayvonlar, y a ’ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar. it, 
tulki va quyonlarning qoni bilan oziqlanadi. Kanalar har gal tullagandan keyin, 
xo'jayinning qonini so'radi, shu vaqtda kana gavdasini qoplab olgan xitin bir mun- 
cha qattiqlashadi.
Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va iinagolar o ‘tlarga yopishib harakat qila­
di. Ular orqa oyoqlari bilan o'tlarga yopishib oladi va oldingi bir ju ft oyoqlarini yu- 
qoriga k o ‘tarib, tebranib turadi. Kanalar eshitish organlari yordamida o 'z x o ‘jayini 
yaqinlashayotganini sezadi va unga tashlanadi. Bunda u oyoqlari yordamida teriga 
yopishib, xartumi bilan terini teshadi.
Kanalarda o 'z xo'jayinining qonini so'rish muddati, ularning rivojlanishiga 
qarab 3 - 1 0 kun davom etadi. Erkak kanalar urg'ochilariga qaraganda kam roq qon 
so'radi.
Kanalar rivojlanish davrida xilma-xil tabiiy sharoitda yashab qishlashi mumkin. 
Kuzda q o ‘ygan tuxumlari qishlaydi, undan kelgusi yil bahorda lichinka chiqadi. 
Ayrim tur kanalar jinsiy voyaga yetganda. xo'jayini tanasida qishlaydi va shu or- 
ganizm da rivojlanadi. Erkak kanalar urg'ochilariga qaraganda xo'jayini tanasida
uzoq yashaydi. Odatda, erkak kanalar 
bir joydan 
ikkinchi joyga 
o'tib, 
urg'ochi kanalami izlaydi va ularni 
topib urug'lantiradi.
Kanalar rivojlanishi va oziqla- 
nishiga k o 'ra bir, ikki va uch xo'jayinli 
bo'ladi. Bir xo'jayinli kanalar rivoj- 
lanishining hamrna fazalarini yerga 
tushmasdan, faqat o 'z xo'jayini ta­
nasida o'tkazadi.
Bir xo'jayinli kanalarga Boophilus 
calcaratus, H yalom ma scupense va 
boshqalar kiradi (59-rasm).
Ikki xo'jayinli kanalar birinchi 
xo'jayiniga lichinkalik davrida o'tadi. 
Uning tanasida tullab, nim faga ayla-

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin