S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Kanalar fAcarina) 
ni o'rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. Hozirgi vaqtda 
kanalam ing 30 mingga yaqin turi m a ’lum. Kanalarning aksariyati odam va har xil 
hayvonlarning ektoparazitlari bo'lishi bilan bir qatorda, xilma-xil xavfli kasallik- 
lami ham tarqatadi. Parazitlik hayot sharoiti ulaming tuzilishini o ‘zgarishiga olib 
kelgan. Jumladan, boshko'krak qoringa butunlay qo'shilib ketgan, xelitseralari va 
pedipalpalari sanchib so ‘ruvchi xartumga aylangan va gavdasining oldingi uchida 
b o'rtib chiqib turadigan “boshcha”sini hosil qilgan. Kanalar metamorfoz yo'li bilan 
rivojlanadi, y a ’ni tuxumdan 4 juft o'rniga atigi 3 juft yurish oyoqlari b o ‘lgan lichin- 
ka chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab 4 juft oyoqli nimfa davriga o ‘tadi. Nimfa
1-3 marta p o 's t tashlab, jinsiy yetuk kana - imagoga aylanadi. Kanalar 6 oydan 
25 yilgacha yashaydi. Kanalarning 800 dan ortiq turi o'simliklarda parazitlik qiladi, 
50 dan ortiq turi esa tasmasimon chuvalchanglaming oraliq x o ‘jayini hisoblanadi.
Kanalar odam va hayvonlarning terisiga yopishib qonini so'radi, mexanik jaro- 
natlab yaralar hosil qiladi, zaharli soTaklarini organizmga yuborib zaharlaydi va 
kuchli bezovtalanishga olib keladi. Qichima, y a ’ni qo4ir kanalari esa terida kuehli 
qichishni vujudga keltirib, organizmni dannonsizlantiradi.
Kanalar vujudga keltirgan yaralar orqali har xil mikroblar organizmga kirib, 
boshqa kasalliklami keltirib chiqaradi. Ayniqsa, chorva mollari va parrandalar 
kanalardan k o 'p zarar k o ‘radi, ulam ing mahsuldorligi keskin pasayib kctadi, rivoj- 
lanishdan orqada qoladi, yosh mollar ko'pincha nobud bo'ladi.
Kanalar turkumi vakillari morfologik va biologik xususiyatlariga k o 'ra bir nech- 
ta oilalarga bo'linadi. Chorva mollari, parrandalar va odamlarga ziyon yetkazuvchi 
parazit kanalarga asosan iksod, argaz va qichima (qo'tir) kanalari oilalari kiradi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin