Yavlov kanalari (Hyalomma) ham iksod kanalarining eng yirik vakillari hisob-
lanadi. Qonga to'ygan urg'ochi kananing uzunligi 2,5-3 sm ga boradi. M D H da
yaylov kanasining 10 dan ortiq turi tarqalgan. Xialomma u m g 'ig a kiruvchi kanalar
bir. ikki va uch xo'jayin ishtirokida rivojlanadi. Urg'ochilari 4 mingdan 15 ming-
gacha tuxum qo'yadi. Xialomma urug'ining quyidagi turlari veterinariyada muhim
ahamiyatga ega.
Hyalom m a scupence rivojlanish sikli bir xo'jayinda o'tishi bilan boshqa tur-
lardan farq qiladi. Bu kanalar asosan qoramol va qisman ot qoni bilan oziqlana
di. Ular Shimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, O 'rta Povoljye va
Ukrainada tarqalgan. Ular qoramollarga teylerioz, anaplazmoz, otlarga nuttalioz,
cho'chqalarga piroplazmoz kasalliklarining qo'zg'atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana
tanasida brutselloz va o'lat kasali qo'zg'atuvchilari ham bo'lib, undan boshqa hay-
vonlarga va odamga o'tadi.
Hyalomma detritum boshqa yaylov kanalariga qaraganda yirikroa va ikki
xo'jayinli. U rg'ochi kana 5 -7 mingtagacha tuxum qo'yadi va 1-2 oydan so 'n g
ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinka bilan nimfa 10 kungacha qon so'radi. K ana
ning to'liq rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7 - 8 oygacha,
imagolari 6 - 8 oygacha yashashi mumkin. Bu kana Ozarbayjon, Sharqiy Gmziya,
Armaniston, Turkmaniston, Janubiy Qozog'iston, O 'zbekiston va Tojikistonning
cho'l va chala ch o ‘1 mintaqalarida uchraydi. Bu kana qoram ollam ing teylerioz
kasalligini yuqtimvchilaridan biri hisoblanadi.
H yalom m a anatolicum uncha katta bo'lm agan uch xo'jayinli kana, asosan
qoramollarda parazitlik qiladi. Ayrim vaqtlarda ot va boshqa hayvonlarning qonini
so'radi. Imago, nimfa va b a ’zan tuxumlari qishlaydi. 8 -1 0 kungacha yashashi m u m
kin. Bu kana ham Markaziy Osiyo respublikalarida tarqalgan. Asosiy zarari qoram ol
larga teylerioz qo'zg'atuvchisini yuqtiradi va listerioz, isitma qo'zg'atuvchilarini
o 'z tanasida saqlaydi.
164