S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Burgalar (Aphaniptera) 
turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 dan 
ortiq turi uchraydi. Burgalar to ‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasha­
rotlar bo'lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvoniarda (qushlar va 
sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so'rib parazitlik qiladi. Markaziy 
Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
Burgalar mayda ektoparazit b o ii b , tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yo- 
nidan siqilgan bo'lib. to'q sariqdan to jigarranggacha bo'lishi mumkin. Ustidan 
qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan 
xitinlashgan tukchalar bo'ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki 
qismlarini qoplagan bo'ladi. Tukchalar burgaga xo'jayinning jun va patlari orasida 
crkin harakat qilishi uchun imkoniyat varatadi.
Burgalarning ko'zlari va sancnib-so'ruvchi og'iz apparati boshida joylashadi. 
O g 'iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki ja g 'la r uzun ingichka plastinkalar 
shaklida tuzilgan b o ‘lib, terini tesnish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so ;lak bez- 
lari navi va 1 juft kalta pastki ja g ' paypasiagichlari joyiashgan. Yuqori labi o'zgarib, 
toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo'lsa-da, 
pastki lab paypasiagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo'lib, bir-biri- 
ga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari g'ilofini hosil qiladi. 
K o'krak qismida 3 juft oyoqlari bo'lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va 
sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatla- 
nadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. 
Qorin qismi 10 ta b o 'g 'im d a n tashkil topgan bo'lib, orqa qismida jinsiy apparati 
joyiashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar k o'nnadi.
Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin bo'lim ining 
oxirgi qismi y u qonga qayrilgan bo'ladi, shu jo y da murakkab kopulyativ apparati 
joyiashgan. U rg‘ochiiarinirig jinsiy apparati koibasimon, xitinli rezervuar u ru g ‘ 
qabul qiluvchi pufakcha ko rinishida tuzilgan. Urg'ochi burga hayoti davomida 
4 0 0 -5 0 0 tacha iuxum qo'yadi, bir qo'vganda tuxumlar soni 6 -1 0 tagacha bora- 
di. Odatda. burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo'lgan joylarga, y a ’ni 
pol tirqishlariga, to'sham alar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va 
kemiruvchilar iniga qo'yadi.
Tuxum dan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan
15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, 
ayniqsa, harorat va namlikka bog‘liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan.
17‘)


tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz b o i i b , ikki qanotlilar lichinkasiga o ‘xshash 
bo'ladi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichi- 
da g 'um bak k a aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalaming rivojlamshi 
20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G 'um bakdan chiqqan voyaga yetgan davri -
imago - faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko'radi.
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so'radi. Ular asosan (95 %) sutemizuv- 
chilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi 
xo'jayin bilan juda mahkam bog'lanm av, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi 
hayvonga va odamga o'tishi mumkin. Bunday gematofag hayvonlarga 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin