TASMASIMON CHUVALCHANGLAR (CESTODA) VA
SESTODASIMONLAR (CESTODARIA) SINFLARI
Tasmasimon chuvalchanglarning о 'ziga xos tuzilish belgilari. Odam va hay
vonlarda parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglarning hayot sikllari.
Tasmasimon chuvalchanglar vakillarining odam va mahsuldor hayvonlarda
qo ‘zg ‘atadigan kasalliklari. Sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, ко ‘payishi
va zararlari.
T A S M A S IM O N C H U V A L C H A N G L A R (CESTODA^
sinfi vakillarining
morfologiyasi va biologiyasini o ‘rganishda shveysariyalik zoolog O. Furman o 'z
ishlari bilan fanga (XX asrda) katta hissa qo'shgan. Rossiyada parazit chuval
changlar, shu jum ladan, tasmasimon chuvalchanglar faunasi rus olimlari N.A. Xo-
lodkovskiy va V.A. K.ler tomonidan o'rganilgan. Akademik K.l. Skryabin rahbar-
ligida yozilgan “ Sestodologiya asoslari” k o 'p tomlik asarlari
M D H mamlakatlarida
sestodologiya fanini rivojlantirishda asosiy rol o'ynaydi.
Tasm asim on chuvaichanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo'lib , jin siy v o y a
ga yetganlan ko'piab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odam lar ichagida,
kam dan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ularning tana
si dorzoventral tomonga yassilangan.
Hozirgi vaqtda sestodalarning 3000 dan ortiq turi fanga m a 'lu m bo'lib, odam va
chorva mollari uchun eng xavfli parazitlar hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar
gavdasining uzunligi 1 m m va undan ham kichik bo'igan juda mayda turlari bilan
bir
qatorda ju d a ulkan turlari, masalan, qoramol tasmasimoni, keng tasm asimon
chuvalchanglarning uzunligi 10-15 m va b a ’zan 18-20 m gacha boradi. Kashalot-
laming ichagida parazitlik qiladigan Polygonophorus giganticus turining uzunligi
hatto 30 m gacha, eni esa 4,5 sm cha keladi.
Sestodalar ham boshqa yassi chuvalchanglar singari parenximatoz hayvonlardir.
Ularda ham tana b o 'shlig 'i bo'lm aydi, y a ’ni tanasi parenxima hujayralari bilan
to'lgan.
70
Sestodalaming parazitlik bilan hayot kechirishga ixtisoslashgan k o ‘pgina mos-
lamalari mavjud, y a ’ni boshi (skoleks) va yopishuv organlari o ‘ziga xos tuzilgan.
Gavdasi b o 'g 'im larg a (proglottidlarga) b o ‘lingan. Odatda har bir b o 'g 'im d a
takror-
lanadigan jinsiy organlari bor. Ovqat hazm qilish sistemasi reduksiyalangan va ni-
hoyat rivojlanish sikllari murakkablashgan b o ‘lib, xo'jayin almashtirish y o ‘li bilan
boradi.
Sestodalaming gavdasi uch qismdan, y a ’ni bosh (skoleks), bo'y in va b o 'g 'im li
tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko'rinishda bo'lib,
uning uchida skoleksi va undan keyin esa bo'y in qismi joyiashgan. Skoleksi sesto
dalaming yopishuv organlari hisoblanadi. Unda ixtisoslashgan yopishuv organlari,
so'rg'ichlari, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo'ladi. Umuman, sestodalar skolekslar
yordamida o 'z xo'jayinlarining ichak devorlariga yopishib,
uzun gavdasini tutib
turadi. H am m a jinsiy voyaga yetgan tasmasimon chuvalchanglar o 'z xo'jayinining
oshqozon va ichaklarida yashaydi.
Sestodalaming skolekslari va b o'g'im lari har xil shaklda tuzilgan (25-rasm).
Dostları ilə paylaş: