Girodaktilus biologik jahatdan ju d a qiziq. Ular ham
germafrodit b o ii b , bitta u rug‘doni
va tuxumdoni bor,
tirik lichinka tu g ‘adi. Shuning uchun parazit bachadonida
doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo'ladi,
y a ’ni voyaga yetgan chuvalchang bachadonida faqat bitta
tuxum bo'lib, bundan partenogenetik y o 'l bilan bitta em bri
on hosil bo'ladi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichi
da ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchin-
chisi, uchinchisining ichida esa to'rtinchisi shakllanadi. Bu
jarayonning hammasi parazit bachadonida o'tadi.
Shunday
qilib, girodaktilus tirik bola tu g‘adi va bunda bitta parazit
to'rtta yosh chuvalchangni tug‘adi.
Girodaktiluslar karp. zog'ora baliq, toban baliq (karas)
va boshqa baliqlaming terisi, jabralari va suzgich qanot-
lariga yopishib parazitlik qiladi. Ular asosan Ukraina, Be-
lorussiva, O'zbekiston, Krasnodar o'lkasida keng tarqalgan
b o ‘lib, yosh baliqlarni ko'plab nobud qiladi.
Kasallangan
baliqlar terisining rangi o'zgarib dog 'lar paydo bo'ladi. Gi-
rodaktiluslardan yana bir turi — nitsha (Nitzchia sturiorus)
Volga daryosida osyotrsimon baliqlarga katta zarar kelti
radi. Bu parazit sevmga balig'ini iqlimlashtirish jarayonida
Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimon
baliqlarda (baqra balig'ida) parazitlik qilishga o'tgan. Agar
davolash choralari k o ‘rilmasa, kasallangan yosh baliqlar-
ning 90 -95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham baliqlar
bahor va kuz oylarida 5%li osh
tuzi eritmasidan tayyorlan-
gan suvda ch o ‘miltiriladi. Oqmaydigan hovuzlam ing su-
vini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va
qaytadan suv bilan to ‘ldirilib, keyin baliqlar boqiladi.
Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi.
Shulardan biri baqa k o ‘p so ‘r g ‘ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu
parazit voyaga yetganida, baqaning q o vug'ida so ‘r g ‘ichlari
va ilmoqchalari yor-
damida yopishib olib yashaydi. Bahorda baqalar tuxum q o ‘yayotgan paytda baqa
k o ‘p so ‘r g ‘ichlisi ham baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga
chiqib, suvga o ‘zining urug‘langan tuxumlarini tashlaydi. Parazit tuxum idan suv
ga kipriklar bilan qoplangan, k o'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta m ayda il-
moqchali diski bo'lg an lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2
kun suvda suzib
Dostları ilə paylaş: