1) 4 s da 2000 J ish bajaradigan dvigatelning quvati qanchaga teng (W)?
A) 0,02. B) 800. C) 500. D) 8000.
2) Oqimga qarshi suzayotgan bolaning suvga nisbatan tezligi 1,5 m/s, suvning qirg'oqqa nisbatan tezligi 0,5 m /s bo'lsa, bolaning qirg'oqqa nisbatan tezligi qanday (m/s) bo'ladi?
A) 2,5. B) 2. C) 1,5. D) 1.
3) Qandaydir balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tashlangan jism, shamol bo'lmaganda, yerga 4 m /s tezlik bilan tushadi. Agar g'arbdan 3 m /s tezlikda shamol esayotgan bo'lsa, jism yerga necha m /s tezlik bilan tushadi?
A ) 1. B) 2. C) 5. D) 7.
4)Velosipedchi va yo'lovchi bir nuqtadan bir tomonga harakat boshlagandan 1minut
o'tgach ular orasidagi masofa 240 m ni tashkil qildi. Ular qarama qarshi tomonga harakat boshlagandan 2 minut o'tgach esa masofa 720 m ga teng bo'ldi.Yo'lovchining tezligi velosipedchinikidan necha marta kichik?
A) 5. B) 6. C) 4. D) 3,5.
5) jism yo'lning 1/4 qismini v tezlik bilan, qolgan qismini esa 2v tezlik oilan o'tgan bo'lsa, uning shu yo'ldagi o'rtacha tezligi qanday bo'lgan?
A) v. B) 1,5v. С) l,6v. D) 2v.
6) 36 km /h boshlang'ich tezlikka ega bo'lgan tramvay tekis tezlanuvchan harakat qilib,
10 s da 150 m yo'l o'tdi. Yo'l oxirida u qanday tezlikka ega bo'lgan?
A) 40 m/s. B) 20 m/s.C) 46 km/h. D) 30 m/s.
7)Moddiy nuqta tezligining vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni v=4t (m/s) ko'rinishga ega. Uning 5-sekundda o'tgan yo'li qanday (m)?
A ) 32. B) 4. C) 16. D) 18.
8)Jism harakatining 3-sekundida 62,5 m yo‘l yurgan bo'lsa, u qanday tezlanish bilan harakat qilgan (m /s2)?
A) 25. B) 10. C) 7,5. D) 5. E) 2,5.
9)Radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta, massasi Yer massasidan 4 marta katta bo'lgan sayyorada og'irlik kuchi Yerdagidan qanday farq qiladi?
A) 2 marta katta.В) 4 marta katta. С)4 marta kichik. D) farq qilmaydi.
10)Beshta bir xil m massali yuk og'irlik kuchi maydonida pastga F=2mg
qo'shimcha kuch bilan tortilmoqda 3- va 4- yuklar orasidagi ipning tarangliK kuchi
qanday?
4mg/5. B) 12mg/5.С) 9mg/5. D) 2mg/5.
11) Yerga tik tushayotgan jismning tezlanishi 0,8g ga teng bo'lsa, jismga ta’sir etayotgan qarshilik kuchining og'irlik kuchiga nisbati qanday bo'ladi?
A) 0,2. B) 0,4. C) 0,8 . D) 1.
12)Gorizontal joylashgan stol ustiga qo'yilgan brusokka 2 m/s boshlang'ich tezlik berilganda, u 1s da to'xtadi. Brusok qanday yo'l o'tgan (m)?
A) 0,25. B) 0,5. C) 0,75. D) 1. E) 2.
13)Gorizontal muz ustida inersiyasi bilan sirpanayotgan shaybaning tezlanishi
0,3 m/s² bo'lsa, ishqalanish koeffitsienti qanday? g=10 m/s2.
A) 0,6. B) 0,3. С) 0,27. . D) 0,03
14) tushayotgan 2 kg massali tosh impulsining dastlabki 5 m masofadagi o'zgarishi qanday bo'ladi (kg-m/s)? Toshning boshlang'ich tezligi nolga teng.
A) 5. B) 10. C) 20. D) 40.
15) Tinch turgan jismga 5 s davomida 1 N kuch ta’sir qilgan bo'lsa, jism impulsining o'zgarishi necha kg•m/s?
A) 0 B) 2. C) 4. D) 5.
16) Jismlar 0,1 s davomida 20 N kuch bilan o'zaro ta’sirlashishsa, ularning impulslarining o'zgarishi qanday (kg•m/s) bo'l adi?
A) 20. B) 2,0. C) 0,20. D) 0,020.
17) Agar jismning kinetik energiyasi 1 J, impulsi 1 kg•m/s bo'lsa, uning massasi qanday (kg)?
A) 0,25. B) 0,5. C) 1. D) 2.
18)Massasi 8 kg bo'lgan jism qandaydir balandlikdan 4 s davomida boshlang'ich tezliksiz erkin tushib, Yerga urildi. Og'irlik kuchining bajargan ishi qanday
(kJ). A) 6,4. B) 32. C) 64. D) 12,8.
19) Massasi 200 kg va uzunligi 5 m bo'lgan, gorizontal holda Yerda yotgan rels bo'lagini tik holatga keltirish uchun qanday (kJ) ish bajarish kerak?
A) 10. B) 2,5. C) 0. D) 5.
20) Elastik jismning deformatsiyasi 4 marta kamaysa,uning potensial energiyasi qanday o'zgaradi?
A) 4 marta kamayadi. B) 4 marta ortadi.C) 16 marta kamayadi. D) o'zgarmaydi.
21) 20 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan, massasi100 g bo'lgan jismning 2 s dan keyingi potensial energiyasi qanaay (J) bo'ladi?
A) 40. B) 25. C) 10. D) 20.
22)Bikrligi k=100 kN/m, massasi m=400 g bo'lgan prujina h=5 m balandlikdan Yerga tushadi. Yerga urilish vaqtida prujina o'qi vertikal qolsa, u necha cm siqiladi?
A) 8. B) 4. C) 2. D) 0,5.
23) Prujinasi 4 cm ga siqilgan to'pponchadan otilgan o'qning kinetik energiyasi 0,08 J bo'lsa, prujinaningbikirligi necha N/m ga teng?
A) 32. B) 50. C) 128. D) 100.
24)800 g massali yuk ta’sirida prujina 2 cm cho‘zildi. Prujinaning bikrligi qanday (N/m)?
A) 4000. B) 400. C) 40. D) 16.
25) Boshlang'ich tezliksiz erkin tushayotgan jismning biror balandlikdagi tezligi 20 m/s bo'lsa, undan 25 m pastda joylashgan nuqtadagi tezligi qanday (m/s) bo'ladi?
A) 20. B) 30. С) 25. D) 35.
26) Yuqoriga tik otilgan jismning h= 15 m balandlikdagi kinetik energiyasi shu balandlikdagi potensial energiyasining uchdan bir qismiga teng. Jism qanday
boshlang'ich tezlik bilan otilgan?
A) 15. B) 10. С) 20. D) 50.
27) Agar prujinani 1 cm ga siqish uchun 30 kN kuch zarur bo'lsa, 5 s da 4 cm ga siqish uchun qanday o'rtacha quvvat (W) talab qilinadi?
A) 360. B) 460. С) 500. D) 480.
28) Qarshilik kuchi 20 kN bo'lganda 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan mashina motorining quvvati 400 kW bo'lsa, FIK necha foiz bo'ladi?
A) 20. B) 25. C) 40. D) 80.
29) Erkin tushayotgan 1 kg massali jismning tezligi 5 m masofada 2 dan 10 m/s gacha oshdi. Havoning qarshilik kuchini yengishda necha joul ish bajarilgan?
(g=10 m/s2) A) 25. В) 4. С) 2. D) 48.
30) Yuk osilgan prujinani ikki buklab, yana shu yuk osilsa, uning absolut uzayishi qanday o'zgaradi?
A) 4 marta ortadi. B) 4 marta kamayadi.
C) o'zgarmaydi. D) 2 marta kamayadi
Dostları ilə paylaş: |