Ma’lumki, kuzatish bu
narsaga qarab uning shakli, rangi, tuzilishi,
0
‘lchami va boMaklaming nisbati, ularning fazoviy holati va hokazolami
aniqlay olish tushuniladi.
Narsaning mazmunli obrazi ongimizda his qilish asosida
shakllanadi. Bu obrazning negizida kuzatilayotgan
narsaning tashqi
belgi asoslari bilan ifodalash imkoniyatlari mavjud. Kuzatishning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri - o‘rganish, bilish va tushunishdir. Kuzatish
bevosita kishilarning ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq. Rasm chizishda
chizuvchi naturani sinchiklab o‘rganadi va tahlil qiladi.
Uning
tuzilishining xarakterii belgilarini aniqlashga harakat qiladi va fikrni
tasviriy holda tasvirianadigan narsalaming tuzilishi, bo‘laklarining
o‘zaro bogMiqligi, fazoviy holatini ko‘z
oldiga yaxlit keltirib
ifodalashini sintez deb ataladi. Demak, narsani chizish jarayoni
kuzatish, uni atroflicha tahlil qilish va tasvirlashdan iboratdir. Narsa
rasmini to‘g ‘ri va ishonarli tai-zda tasvirlash uchun ulami kuzata bilishni
o'rganish zarur. Yozish va o'qishni o ‘rgatgandek,
qunt va chidam bilan
muntazam mashq qilgan kishi to‘g ‘ri rasm chizislini ham o‘rgana oladi.
Kuzatish, borliqni turlicha o‘rganish jarayoni va uch oMchamli
hajmli buyumlami ikki oicham li qog‘oz betida tasvirlashning
murakkabligi fazoviy holat haqidagi
tushuncha va tasavvurlarni
shakllantiradi. Tasvirlash jarayonini 4 bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi
bosqichda, narsani tashqi ko‘rinishida joylashgan umumiy
belgilari - abrisi ko‘rsatiladi. Narsalar shakli ba’zi bir chiziqlar yoki
geometrik shakllar tarzida belgilanadi. Ikkinchi bosqichda,
narsani va
unga yaqin b o ig an obyektlarini ta’riflovchi belgilari ko‘rsatiladi, ya’ni
o'ziga xos belgilar. Uchinchi bosqichda, faqatgina narsaning o ‘ziga
shaxsan tegishli
belgilari ko‘rsatiladi. To‘rtinchi bosqichda, tasvir
laming yaxlitligi va boiaklarining o‘zaro bogiiqligini umumlash-
tirishiga qaratiladi. Shunday qilib,
narsaning asosiy mazmunini
ko‘rsatish uchun, umumiy, o‘ziga xosligi va o'ziga xos xususiyatli
belgilarini va tomonlarini topish lozim ekan. Borliqni har tomonlama
o‘rganib, chizuvchi barchaga tushunarii tarzda uning obrazini yaratadi.
168
www.ziyouz.com kutubxonasi