S. F. Abdirasilov


Geometrik jismlardan iborat natyurmortni bosqichii tasvirlash



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Geometrik jismlardan iborat natyurmortni bosqichii tasvirlash.
Rasm chizishda qo‘llaniladigan qurollar
Tasvirlash uchun maxsus ish qurollaridan qanday foydalana olish 
kerak. Ish qurollari quyidagilar: qog‘oz, turli qattiq va yumshoqlikdagi 
grafit qalamlar, o‘chirg‘ich, ko‘mir tayoqchalar, akvarel va guash 
bo‘yoqlar, yumshoq dumaloq va yapaloq shakldagi mo‘yqalamlar, rasm 
taxtasi (planshet).
Rasm chizishda qog‘oz asosiy material hisoblanadi. Qog‘oz, 
albatta, oppoq, yetarli darajada qalin va pishiq boiishi kerak. Ulardan 
eng yaxshisi «vatman» deb ataluvchi qog'ozdir. Akvarel bo‘yogÍda 
ishlash uchun vatman qalin va yuzasi g‘adir-budur boiishi kerak, 
agarda yupqa va bo‘sh qog‘oz b o isa, u suvni tez shimib olib, ivib 
ketadi, natijada bo‘yoq yoyilib ketadi. «Yarim vatman» nomli qog‘ozni 
ham q o ila sh mumkin. Hozirgi kunda foydalanayotgan ko‘plab qog‘oz 
turlari mavjud. Lekin, qog‘oz paydo boigunga qadar odamlar yog‘och 
yaproqlariga, sopol gishtlarga va g‘orlarning devor toshlariga ham 
yozishgan. Masalan, Misrda papirus yaproqlariga ham yozishgan.
169
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qadimgi Pergam davlatida hayvoniar terisi qog'oz vazifasini bajargan. 
Uni «pergament» deyilgan. Lekin bunday «qog‘oz»lar juda ham qimmat 
bo'igan, chunki bitta kitob uchun kamida bir necha yuz mol terisi 
ishiatilgan.
Q og'oz II asrda xitoyliklar tomonidan kashf etilgan. Hozirgi 
qog‘ozlar esa maxsus qog‘oz fabrikalarida ishlab chiqariladi.
O ddiy q o ra qalam . Hozirgi kunda oddiy qora qalamning juda 
ko‘p turlari mavjud. 0 ‘rtacha yumshoq qalamlardan tortib juda ham 
qattiq qalam turlari mavjud. Bular; «T», «2T», «N», «2N», «M», «2M», 
«3M» yoki V, T, 2T, M, 2M, N, 2N, NV, V, 2V va boshqalar. 
Tariximizga nazar tashlaydigan b o isak , ibtidoiy davrda odamlar 
g‘orlarda, tog‘u - toshlarga turli xil tasvirlarni ishlab qoldirishgan. Ular 
biron-bir qattiqroq narsalar bilan g‘orIar devorlarini timab, turli xil 
shakllarni yasashgan.
Ammo rivojlanish jarayonida tasvirlashda turli xil asbob-uskunalar 
takomillashib bordi. Oddiy qora qalamlar ham shular jumlasidan. XVI 
asrda Angliyada grafit konida topilgan tayoqchalar rasm chizishda 
qoMlanilganda, ular qog‘oz yuzasida juda ham nafis va chiroyli chiziqlar 
tushira olish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Shu kundagi qora 
oddiy qalamlar XVII asming oxirida fransuz olimi N.Kante tomonidan 
kashf etiigan bo‘lib, ulami yog‘och moslamaga yopishtirib ishlatish 
taklif etilgan.
«T» harfi bilan belgilangan qalamlar «tvyordiy» - qattiq degan 
ma’noni 
anglatadi. 
Bunday 
qalamlar bilan 
gipsli 
rozetkalami 
tasvirlashda qoilaniladi. «M» belgisi «myagkiy» yumshoq degan 
ma’noni bildirib xomaki rasm yoki kompozitsiya eskizlari tayyorlashda 
foydalaniladi.
0 ‘ch irg ‘ich. Rasm chizishda yordamchi va ortiqcha chiziq hamda 
shtrixlami o ‘chirish uchun yumshoq o‘chirg‘ichlar ishlatiladi. Yum.shoq 
o‘chirg‘ichning sifati qog‘oz yuzasidagi qalam izlarini ohista o‘chirish 
bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda chiqarilayotgan o‘chirg‘ichlaming 
turlari ko‘p. Tasvir chizganda ko‘proq ko‘kimtir va oq tusdagi 
ishlatiladi. QizgMsh tusdagi o‘chirg‘ichning tarkibida «qum oyna» 
pai'chalari bo‘lib qog‘ozni titib yuboradi. 
Keraksiz chiziqlai'ni 
o'chirishda o ‘chirg‘ichni qattiq bosmaslik, iloji boricha o‘chirg‘ichdan 
kamroq foydalanishga odatlanish lozim. Oq tusdagi o ‘chirg‘ich qattiq 
bo‘lsa, yumshatish uchun uni 2-3 kun mobaynida kerosin yoki benzin 
ichiga solib qo'yish kerak. So‘ng qaynagan issiq suvga solinsa, 
o‘chirg‘ich yumshoq holatga ega bo‘ladi. Ish jarayonida o‘chirg‘ichni
170
www.ziyouz.com kutubxonasi


doim qo‘lda saqlash noto‘g‘ri, chunki qo‘l terlashi oqibatida o ‘chirg‘ich 
namlanadi va rasmni o‘chirishda qog‘oz titiladi. Chiziqlarni o‘chirishda 
qog‘ozga qattiq bosmaslik va akvarel bo‘yoq bilan ishlashga 
tayyorlashda iloji boricha o‘chirg‘ichdan kamroq foydalanish maqsadga 
muvofiq.
Ko‘m ir tayoqchalar. Ko‘mir tayoqchalari xomaki tasvirlar 
chizishda ko‘proq ishlatiladi. Ko'm ir tayoqchalarini uy sharoitida ham 
tayyorlasa bo'ladi. Misol uchun ko‘mir tayoqchalarini tayyorlashning 
oddiy usuli quyidagicha, buning uchun uzum tokini yoki atir gul 
novdasini qizarib pishgan novdasidan uzunligi 10-12 sm va diametri 5-8 
mm bo‘lganlari tanlab olinadi va o‘choqdagi olovda qizdirib 
tayyorlanadi. Bu qalamchalar yumshoq, tez sinadigan va uvalanadigan 
bo‘lib qog‘oz yuzida yaltiramaydigan qora chiziq izlar qoldiradi. Qora 
chiziqlar o'chmasligi uchun ozgina shakami eritib qog‘ozdagi tasvirga 
yengil puflanadi.
Akvarel bo‘yog‘i suvda osongina eriydi va uning tarkibiga bo‘yoq 
moddasi (o‘simlik yoki minerallaming mayin qilib yanchilgan kukuni) 
va bog'lovchi modda - olcha yelimi glitserin va ozroq asal kiradi. 
Qadim zamonlardan akvarel bo‘yog‘i o ‘zining nafisligi va ranglaming 
tiniqligi, yorqin ko‘rinishi bilan ajralib turgan. Bir rangning ustidan 
ikkinchisi surtilganda aw algi rang sezilib turadi va 
yangi rang 
qo‘shilishi natijasida u jozibali bo‘la boradi.
Guash bo‘yoqlari ham suvda yaxshi eriydi, ammo akvarel bo‘yog‘i 
singari tiniqlikka ega emas. Guash bo'yoqlari ishlatilganda (bir rangning 
ustidan 
boshqasi 
berilganda) 
avvalgi 
surtilgan 
rang 
butunlay 
ko‘rinmaydi. Guash bo‘yog‘i tez qurish xususiyatiga ega, ammo 
quyoshda ko‘proq tursa, uning rangi xiralashib qoladi.
M o‘yqalam . Bo‘yoq bilan ishlash uchun mayin mo'ynali yumaloq 
shakldagi mo‘yqalamlardan foydalanish kerak. Ular yumaloq va yassi 
shaklda bo'lib, olmaxon, bo‘rsiq, suvsar, quyon, tuya kabi hayvonlar- 
ning mo‘ynalaridan tayyorlanadi. Sifatli mo‘yqalam ho‘llanganda qillari 
bir joyga yig‘ilib, konussimon holatga keladi. Yumaloq mo‘yqalamlar 
bilan akvarel bo‘yog‘ida foydalaniladi, yassi shakldagilar esa guash 
bilan ishlashda qoilaniladi.
Qalam asosan uch barmoq bilan ushlanadi. Uni erkin ushlashga 
qo‘lni o ‘rgatish kerak. Qalamni qattiq yoki ohista bosish orqali har xil 
chiziqlarni chizish mumkin. Tasvir chizganda qalamni yengil ushlash 
kerak. Qalam uchi tasvir chizishga tayyorlanganda, uning grafit qismi 5-
171
www.ziyouz.com kutubxonasi


6 mm, yog‘och qismini esa 15-20 mm qilib yo‘nish lozim. Bu esa tasvir 
chizayotganda chiziqlaming aniq ravshan ko‘rinishiga yordam beradi.
Rasm chizishni dastlabki m ashqlari
Dastlabki amaliy mashqlar rasm chizish malakalarini hosil qilish 
maqsadida bajariladi. To‘g‘ri chiziqlar yurgizish boshlovchi rassomga 
bir oz qiyin kechadi. Bunday mashqlar orqali qoMning tekis harakat 
qíHshiga intilmoq zarur. Savodli rasm chizish uchun nazariy bilimiar, 
malaka va ko‘nikmalarni egallab borish bilan birga qisqa vaqtii 
mashqlami tez-tez bajarib turish talabalarda o‘ziga ishonch hosil qiladi.
Birlnchi 

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin