Soyalar ikki xil boMadi; shaxsiy va tushuvchi soyaiar. Shaxsiy
soya deb narsaning o‘z tanasida
joylashgan soyasiga aytilsa, biron
narsadan boshqasiga yoki tekislikka tushgan soyaga - tushuvchi soya
deb yuritiladi.
Narsalarni qanday yorug‘lik manbai yoritayotganini aniqlash
muhimdir. Aslida yorug‘lik manbai tabiiy va sun’iy boiadi.
Y orug‘Iik m an bai tu rlari.
Tabiiy y o rug iik manbai narsalarga nisbatan juda uzoq bo‘lgani
uchun uning nurlari narsalarga deyarli parallel yo'nalgan bo‘ladi.
Shuning uchun rasm chizayotganda bunga rioya qilish muhimdir.
T u rli y orug‘lik m anbaidagi tasvirlar.
182
www.ziyouz.com kutubxonasi
Quyosh nurlari tush paytida narsalarga
tikroq tushishi natijasida
soyalar ancha qisqa, ertalab yoki kechki payt nurlar og‘ganligi uchun
ular uzunroq boMadi. Shuningdek,
narsalarga quyosh nurlari chap, o ‘ng,
old va orqa tomonlardan tushishi mumkin. Sun’iy yorug‘Iik nurlari
hamma tomonga ma’lum radius bo‘ylab tarqaladi deb qabul qilingan.
Narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik tarzda tasvirlash
uchun ulaming qay holatda turganligini aniqlash bilan bir qatorda yorug‘
va soya qonunlarini puxta bilish va ularni amalda qo'llash yuzasidan
ma’lum ishlar olib borish kerak boMadi.
Ma’lumki, narsalar yoritilganda ulaming tanasidagi yorug‘ va
soyalarning xarakteri narsalaming shakliga ko‘ra (masalan,
silindrik,
konussimon va to‘g‘ri to'rtburchak
shaklidagi narsalarda) har xil b oiadi.
Narsalaming
hajmini
tasvirlashda
ulaming tuzilishiga ko‘ra qalam yuritish
maqsadga muvofiq boiadi.
Shuningdek, narsalaming yorug‘-
soyalarini tasvirlashda qalamni qattiq
bosmaslik kerak. Yomg‘-soya qoida-
larini
puxta
o‘zlashtirish
uchun
mashqlarni tavsiya etamiz. Tekis yuzani
hamda
shar,
silindr,
konus
kabi
shakldagi yuzalami shtrixlash y o ila ri ko‘rsatiladi va ochdan to‘q
tusga
o ‘tish mashqlari bajariladi.
Bu mashqlardan so‘ng, alohida narsalami har xil holatda qo‘yib
yom g‘ va soyalarini tasvirlash mashqlarini bajarishga oiiladi. Shu
maqsadda to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega b o igan kitob, taburetka,
quticha kabilarning rasmini chizish foydalidir. Bunday narsalaming
rasmini chizishda perspektiva hamda yorug‘-soya
haqidagi nazariy
bilimlar amalda sinab ko‘riladi va mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: