Loy yokiplastilindan o ‘yinchoqlar yasash usullari Tayyorlangan yaxlit loy yoki plastilin b o iag i olinadi. Toychoqning
haqiqiy suratiga ko‘ra uning o‘yinchoq nusxasini yasash uchun qanday
qismlar kerak boiishini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlanadi va
ulaming
0
‘lchamiga ko‘ra loy yoki plastilin bo‘lakchalari tayyorlanadi.
So‘ng har bir ajratilgan bo‘lakchaga tanlangan o‘yinchoqning qismlariga
xos shakllar berib chiqiladi. Shundan keyin yasalayotgan o‘yinchoqqa
dastlabki shakl beriladi. Bunda tana va umumiy qismlar dastlabki
yig‘ilish holatiga keltiriladi. Barcha tayyor qismlar o‘z o ‘rniga o‘matib
chiqiladi. Ulangan joylar yaxshilab silliqlanib umumiy tanaga biriktirib
yuboriladi. Keyin tayyor o ‘yinchoqning sirti suvda namlangan latta yoki
barmoq bilan silliqlab chiqiladi. Endi tayyor o‘yinchoqqa steklar
yordamida badiiy ishlov beriladi.
Agarda o‘yinchoq loydan ishlangan boisa, soyada yaxshilab
quritilib gaz duxovkasida, mufel pechida yoki o‘choqda (qishloq
joylarida) pishiriladi. So‘ng guash b o 'y o g id a badiiy bezak berish
mumkin. Odatda pishirilgan sopol o‘yinchoqlar sirtiga qo‘shimcha
badiiy bezak ishlanmaydi. Agarda yasalgan o‘yinchoqlar bezalishi lozim
bo isa, soyada qurigandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri guash b o 'y og ida
badiiy bezak beriladi.
Boshqa miliiy o'yinchoqlar; qo'zichoq, xo‘roz, tuya, boialoq,
ho‘kiz, bulbul, to‘ti kabilar ham deyarli shu tartibda bajariladi. Faqatgina
ayrim bosqichlar bir oz farq qilishi mumkin, bu jihatlami berilgan
rasmlardan oson payqab olish mumkin.
Loy yoki plastilindan odam qomatini yasash Odam qomatini o‘yinga tushayotgan raqqosalar ko‘rinishida loydan
ishlashni amaliy tartibda ko‘rib chiqiladi. Buning uchun loydan tana,
qoi-oyoq, bosh qismlar uchun boiaklar ajratib olinadi va ulaming har
biriga kerakli shakl beriladi. So‘ng bo iaklar o ‘z joylariga o ‘matilib,
ulangan joylar stekning tekis tomoni bilan silliqlanadi. Keyin
0
‘yinchilarning kiyimlaridagi xarakterli tomonlarini ishlashga o‘tish
mumkin. Bu o‘rinda o‘quvchilar ishni bajarishda ijodiy yondashishlari
talab etiladi.
227
www.ziyouz.com kutubxonasi