S. F. Abdirasilov


 Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

2.3. Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi
Mazmuni:
Tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi. Umumta’-lim 
maktablarda tasviriy san’at davlat ta’limi standarti va 
uning mohiyati. Maktabda tasviriy san’atdan o‘quvchilar 
bilimiga qo‘yiIadigan minimal talablar. 0 ‘qituvchilarni 
o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. Mustaqillik 
yillarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasidan olib 
borilgan tadqiqotlar.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda 
xalq ta’limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakat- 
lari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Shu 
maqsadda 1992-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun e’lon qilindi. Bu 
hujjatda ko‘rsatilgan reja va tadbirlami amaliyotga joriy etish davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qaraldi.
Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi barcha o‘quv fanlari 
qatori «Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi kqnsepsiyasi» 
ham tayyorlandi va u 0 ‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi kollegiyasining 
5-may 1993-yilgi 5-5-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsep- 
siyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar hisobga 
olingan edi:
-
mustaqil 
0 ‘zbekiston 
sharoitidagi 
o‘zbek 
bolasini 
shakllantirishga bo‘lgan zamonaviy talablar;
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


- ta’lim-tarbiyani milliy madaniyat va san’at asosida amalga 
oshirishni kuchaytirish;
- ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda O‘zbekiston Sharq mamlakati 
ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta’lim mazmuniga tegishli 
o‘zgartirishlar kiritish;
- maktabdagi badiiy ta’limni amalga oshirishda bolalarni 
fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda bo‘lishlikni kuchaytirish, ularni 
yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish;
- maktabda bolalarni tasviriy san’atdan bilim va malakalarni puxta 
egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta’limni 
joriy etish;
-
O‘zbekiston 
maktablarida 
tasviriy san’at ta’limi mazmunini 
dunyo standartlari darajasiga olib 
chiqish.
Bu g‘oyalar so‘zsiz barkamol 
komil insonni shakllantirishga zamin 
bo‘lib, 
unda 
tasviriy 
san’atni 
o‘qitishning yaqin va uzoq yillarda 
rivojlantirishga 
moMjallangan
yo‘nalishlari bayon etildi.
Konsepsiyadan tegishli xulosalar 
chiqargan holda tasviriy san’atdan 
davlat ta’lim standarti va variativ 
dasturlarni 
ishlab 
chiqish 
ishlari 
boshlab yuborildi. Natijada 1-4-sinflar 
uchun 
270 
soatga 
mo‘ljallangan 
«Tasviriy san’at va badiiy mehnat», 1-7- 
sinflar uchun 245 soatga moHjallangan 
«Tasviriy san’at» dasturlari tayyorlandi.
Shuningdek, 
1-8-sinflar 
uchun 
mo‘Ijallangan 560 soatli «Tasviriy 
san’at» dasturi ham ishlab chiqildi. Bu 
dasturlar ko‘p nusxada nashr etilib, 
amaliyotga joriy etildi.
Yangi dastur milliy mustaqillik 
mafkurasi asosida tayyorlangan bo'lib, 
u tasviriy san’at o‘quv predmetining 
maqsad 
va 
vazifalari, 
ta’lim

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin